Presentation · May 2019 doi: 10. 13140/RG


Muloqotdagi toʻsiqlarni bartaraf etishga qaratilgan harakatlar



Download 2,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/44
Sana20.03.2022
Hajmi2,02 Mb.
#501952
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   44
Bog'liq
IJTIMOIYPSIXOLOGIYAVAMULOQOT

Muloqotdagi toʻsiqlarni bartaraf etishga qaratilgan harakatlar.
Odamlar bilan psixologik aloqani yoʻlga qoʻyishda muloqotdagi quyidagi 
toʻsiqlarga ehtibor berish va ularni bartaraf etishga qaratilgan zarur choralarni 
koʻrish kerak: boʻlgʻusi muloqotga salbiy munosabat; muloqotning rivojlanishini 
qiyinlashtiruvchi, bunga yoʻl qoʻymaydigan ruhiy holatning mavjudligi; begona 
shaxslarning aralashuvi va boshqalar. Barcha toʻsiqlarni yoʻqotish – psixologik 
aloqa oʻrnatishning zarur bosqichidir. 
Individual tahsir etish.
Kishi psixologik aloqa oʻrnatishni hamsuhbat 
shaxsiga individual tahsir koʻrsatish bilan yakunlashi kerak. Hamsuhbatning oʻzi 
buni kutadi. Ushbu tahsirning maqsadi – undan ishonchli axborot olish. Bunda 
kelajakdagi ishonchli munosabatlarning qandaydir umumiy normalari ishlab 
chiqilishi mumkin. 
Kommunikatsiya jarayonida odamlar haqida axborot olish, ularga baho 
berishda verbal kommunikatsiya – soʻz, ogʻzaki va yozma nutq keng qoʻllaniladi, 
ammo olimlarning tahkidlashlaricha noverbal belgilar – mimika, vizual aloqa (koʻz 
kontakti), muomalaning masofa va vaqt oʻlchamlari, jestlar, tana harakatlarini 
oʻqiy olish samarali muloqotning muhim shartidir [55].


49 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
III bob. 
 
SHAXSLARARO MUNOSABATLARDA NOVERBAL NUTQIY 
KOMMUNIKATIV VOSITALARNING AHAMIYaTI 


50 
3.1. Noverbal nutqiy kommunikativ vositalarning
oʻrganilish tarixi 
Noverbal nutqiy kommunikativ vositalar (tana holatlari va jestlar, tashqi 
koʻrinish, mimika, yuz ifodasi) ning insoniy muloqot jarayonidagi roliga olimlar 
azaldan qiziqib kelganlar. 2000 yil avval TSitseron notiqlarni jestlardan toʻgʻri 
foydalanishga oʻrgatgan. Jestlar boʻyicha birinchi lugʻat Rim notigʻi Kvintalianga 
tegishli. Djon Bolivarning 1664 yilda yozilgan, imo-ishoralar tiliga bagʻishlangan 
«Xirologiya yoki imo-ishoralar tili» va «Xiromaniya yoki qoʻl ritorikasi sanhati» 
nomli asarlari insonning mahnoli imo-ishoralarini oʻrganish borasida yangi qadam 
boʻldi. CHarlg’z Darvinning «Inson va hayvonlar tomonidan emotsiyalarning 
ifodalanishi» nomli shu mavzuga bagʻishlangan asari 1872 yilda chop etilgan. 
XX asrda D. Efron, CH. Morris, M. Krichli, Dj. Fast, A. Piz, T. Bryun, R. 
Berdvistelg’ va boshqalar tomonidan jestlar haqida oʻnlab yirik ishlar chop etildi.
Rossiyada kommunikativ harakatlarning oʻrganilishi 60 –yillardan 
boshlandi. B. Uspenskiy va T. Nikolaevalar, O. Axmatova, I. Gorelova, L. 
Kapnadze, Ye. Krasilg’nikova, G. Olshanskiy, G. Kovaleva, V. Labunskaya, A. 
Leontev, Ye. Petrova va boshqalar noverbal kommunikativ vositalarni oʻrganish 
boʻyicha turli yoʻnalishlarda ish olib borishgan. 
Noverbal kommunikatsiyalarga – belgilarning optik –kinetik tizimi kirib, 
ularga mimika (yuz harakatlari) va pantomimika (qoʻl-oyoq, tana harakatlari) 
kiradi. 
Mimika – inson yuz harakatlarini bir qismi boʻlib, u orqali insonning oʻylari, 
emotsional holati namoyon boʻladi. Yunoncha mimikos – «taqlid etuvchi»
mahnosini anglatadi. CHunki kishining emotsional holatiga taqlidan yuz
muskullarining qisqarishi yuz ifodasini oʻzgartiradi va insonning holati haqida 
darak beradi.
Pantomimika – inson tanasi yoki uning qismlari yordamida ifodalanadigan 
harakatlar tizimidir.
Jestlar - qoʻl harakatlari boʻlib, u orqali insonning ichki holati, biror bir 
obhektga munosabati anglanadi. U yoki bu xalqlarda jestlar turlicha qabul qilinadi. 


51 
Italiyaliklar va frantsuzlar oʻz muloqotlarini jestlarsiz tasavvur eta olmaydilar. 
Oʻzbek xalqida nutqda jestlardan koʻp foydalanish yaxshi odat sifatida qabul 
qilinmaydi. 
Verbal kommunikatsiya muomala jarayonida odamlar haqida axborot olish, 
ularga 
baho 
berishda 
asosiy 
vositalardan 
biridir, 
ammo 
olimlarning 
tahkidlashlaricha noverbal belgilar – mimika, vizual aloqa (koʻz kontakti), 
muomalaning masofa va vaqt oʻlchamlari, jestlar, tana harakatlarini oʻqiy olish 
samarali muloqotning muhim shartidir.
Nima sababdan, noverbal axborotlar muomalada bunchalik muhim oʻrin 
tutadi? 
1.
Inson 70% axborotni vizual – koʻrish kanali orqali qabul qiladi
2.
Noverbal hatti –harakatlar suhbatdoshning haqiqiy his-tuygʻularini 
tushunishga imkon yaratadi. 
3.
Inson haqidagi ilk taassurot noverbal omillar – yurish, yuz ifodasi, 
qarash, oʻzini tutish manerasi, kiyinish va boshqalar orqali hosil boʻladi.
Muloqotning noverbal vositalari quyidagilarga xizmat qiladi:
1)
psixologik aloqani tashkil etish va uni tahminlash, muomala jarayonini 
tartibga solishga; 
2)
soʻz matniga yangi mahno boʻyoqlarini berish, mahnoni kerakli 
yoʻnalishga qaratilishiga; 
3)
emotsiyalarni, bahoni, qabul qilingan rolni, vaziyat mahnosini aks 
ettirishga yordam beradi [140]. 
Noverbal vositalarga har bir madaniyat oʻz izini qoldiradi, shuning uchun 
butun insoniyat uchun umumiy boʻlgan mehyorlar yoʻq. Boshqa mamlakatlarning 
tilini oʻrgangan kabi uning noverbal tilini oʻrganish ham zarurdir. 
Noverbal signallarning qimmati shundaki, ular beixtiyor, ongsiz ravishda 
yuzaga keladi va soʻzdan farqli oʻlaroq, doimo haqiqiy tuygʻularni aks ettiradi. 
Eksprimental tadqiqotlar orqali muomala jarayonida noverbal signallarning 
ahamiyati tadqiqi shuni koʻrsatdiki, biz muomalada gʻoyat katta oʻrin beradigan 


52 
soʻzlar faqat 7 foiz mahnoni, tovush va intonatsiya 38 foiz, tana harakati va jestlar 
esa 55 foiz mahnoni yetkazadi.
Noverbal xatti- harakatlar milliy va madaniy asosga ega. Har bir millat, 
mamlakat kishilari oʻz madaniy, milliy xususiyatlariga mos ravishda yurish turish, 
turli imo - ishoralar, tana harakatlari mimikalardan iborat boʻlgan noverbal hatti- 
harakatlar tizimiga egadir. Birgina keng tarqalgan qoʻl berib soʻrashish jestini har 
xil millat vakillari turli xilda qabul qilishadi. Masalan, Rossiyada guruhdagi bitta 
odam bilan alohida qoʻl berib soʻrashish mumkin boʻlsa, Bolgariyada butun guruh 
bilan soʻrashib chiqishga toʻgʻri keladi. Frantsiya va Italiyada uzatilgan qoʻlingizni 
albatta siqishadi, Angliyada esa choʻzilgan qoʻlingiz havoda muallaq qolib ketishi 
mumkin. Afrika va Yaqin SHarq xalqlarida suhbatdoshga tegib gaplashish 
muloqotning zarur sharti boʻlib hisoblansa, yapon madaniyati muomalada bevosita 
yaqin aloqani maqbul koʻrmaydi. SHuni ehtiborga olish lozimki, har qanday 
mamlakatda shoshqaloqlik bilan qoʻl uzatish mahqullanmaydi [65].
Muomalaning noverbal vositalari quyidagilarga xizmat qiladi:
3
1.
Psixologik aloqani tashkil etish va uni tahminlash, muomala jarayonini 
tartibga solishga; 
2.
Soʻz matniga yangi mahno boʻyoqlarini berish, mahnoni kerakli 
yoʻnalishga qaratilishiga; 
3.
Emotsiyalarni, bahoni, qabul qilingan rolni, vaziyat mahnosini aks 
ettirishga yordam berish. 
3
Шевандрин Н.И. 
Социалная психология в образовании: Учеб. Пособие. Ч. 1. Концептуальные и 
прикладные основы социальной психологии. – М.: Владос,1995. с.: 


53 

Download 2,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish