Presentation · May 2019 doi: 10. 13140/RG


Kasbiy faoliyatda kommunikativ kompetentlilik muammolari



Download 2,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/44
Sana20.03.2022
Hajmi2,02 Mb.
#501952
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   44
Bog'liq
IJTIMOIYPSIXOLOGIYAVAMULOQOT

2.3. Kasbiy faoliyatda kommunikativ kompetentlilik muammolari
«Kompetentsiya» atamasi (com’etentia) yunoncha soʻz boʻlib, qismlar 
muvozanati, tenglik yoki simmetriklik mahnolarini bildiradi. Etimologiyaga koʻra 
kompetentlikning asosiy belgisi – «mos kelmoq», «mos tushmoq»dir.
Ijtimoiy-psixologik kompetentsiya psixodiagnostikasi uning quyidagi 
omillarini baholashni talab etadi: intelektual imkoniyatlar, kommunikativ 
qobiliyatlar, irodaviy xususiyatlar, munosabatlar tizimi, shaxs yoʻnalganligi, 
motivatsiya omillari. 
Ijtimoiy-psixologik kompetentsiya mahlum turdagi faoliyat subhekti 
xarakteristikasi boʻlib, uning mazmuni bevosita mazkur faoliyatning maqsadi va 
tuzilishidan, uning oʻziga xos talablaridan kelib chiqadi. Ijtimoiy-psixologik 
kompetentsiyaning turli komponentlari kasbiy faoliyatning turli sohalarida 
muvaffaqiyatlilikni va muvaf-faqiyatsizlikni hamda faoliyat subhektining mazkur 
faoliyatga, faoliyat predmetiga mosligini belgilab beradi [125]. 
Kasbiy kommunikativ kompetentlik quyidagi shaxs sifatlarini oʻz ichiga 
oladi: 

turli muloqot qatnashchilari bilan emotsional aloqalar oʻrnata olish 
qobiliyati, ular bilan zaruriy chegarada ishonchli munosabatlarni oʻrnatish va uni 
tahminlash; 

suhbatdoshning ichki dunyosini, uning psixologik oʻziga xos tomonlarini, 
ehtiyojlari, hatti-harakat motivlari, psixik holatlarini seza olish va tushunish 
qobiliyati; 

insonlarga nisbatan xushmuomala va doʻstona munosabat, dialog 
qatnashchisini eshitish qobiliyati, suhbatdosh kechinmalariga emotsional 
munosabat bildira olish qobiliyati; 

muloqotning verbal va noverbal vositalaridan foydalanish malaka va 
koʻnikmalarini egallash; 


46 

ziddiyatli vaziyatlarida kommunikativ hatti-harakat strategiyalaridan
samarali foydalana olish, sharoitdan kelib chiqqan holda muomala shaklini 
oʻzgartira olish malakasi; 

hamkorlik, kompromiss va kelishuvlarga qobiliyatlilik; 

ekstremal vaziyatlarda oʻz emotsiyalari, kayfiyatini nazorat qila olish 
qobiliyatining rivojlanganligi; 

oʻziga boʻlgan bahoning adekvatligi; 

yumorni tushunish qobiliyati.
 
Kommunikativ jarayonlar samaradorligini pasaytiruvchi sifatlar: siqiqlik 
(autizm), oʻz kechinmalariga va muammolariga yuqori darajada ehtibor qaratish 
(introvertlik); manmanlik, dimogʻdorlik, janjalkashlik, jizzakilik, agressivlik
emotsional beqarorlik, impulg’sivlik; muloqotning verbal va noverbal vositalarini 
egallash darajasining pastligi [ 89, 119, 140].
Odamlarni oʻziga moyil qilish, ularning ishonchini qozonish qobiliyati 
ishonchli munosabatlar oʻrnatishga, undan operativ ahamiyatli mahlumotlarni 
olishga imkon beradi. Muloqot sohasida ishlovchi mutaxassislar muomala jarayoni 
samaradorligini oshirishga imkon beradigan eng muhim xislatlardan biri boshqa 
odamlarni tinglay olishdir, deb hisoblaydilar. Siz hamsuhbatingizni diqqat bilan 
tinglaganligingizda bu bilan oʻzingizning u aytayotgan gaplarga qiziqishingizni 
namoyish etasiz, unga nisbatan hurmatingizni namoyon etasiz. Bu esa psixologik
aloqa oʻrnatishni yengillashtirishga yordam beradi.
Psixologik aloqa oʻrnatish muloqotning kerakli yoʻnalishida rivojlanishini va 
belgilangan maqsadga erishilishini tahminlovchi sharoitlarni yaratishga qaratilgan, 
maqsadga yoʻnaltirilgan, rejalashtiriladigan faoliyatdir. Psixologik aloqa 
oʻrnatishda muloqot rivojlanishi umumiy jarayonning bir qismini qamrab oluvchi 
bir necha bosqichlarni ajratib koʻrsatish mumkin. Bularga quyidagilar kiradi: 

muloqotni oldindan rejalashtirish; 

aloqa oʻrnatishni osonlashtiruvchi tashqi sharoitlarni yaratish; 

tashqi kommunikativ xislatlarni namoyon etish;


47 

kelishuvlarni toʻplash; 

umumiy va neytral qiziqishlarni izlab topish; 

muomaladagi toʻsiqlarni bartaraf etishga qaratilgan harakatlar; 

individual tahsir etish. 
 

Download 2,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish