5-Mavzu: Ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga olishning umumiy tarxi Reja



Download 75,24 Kb.
bet1/4
Sana16.03.2022
Hajmi75,24 Kb.
#495261
  1   2   3   4
Bog'liq
2 5226542820579349318




5-Mavzu:Ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga olishning umumiy tarxi


Reja:



  1. Ishlab chiqarish xarajatlari xaqida tushuncha

  2. Korxona xarajatlarini turkumlash asoslari

Bozor iqtisodiyoti sharoitida har qanday tijorat subhektining bosh maqsadi bo’lib imkon qadar ko’p foyda olish hisoblanadi. Foyda olingan daromadlar va qilingan xarajatlar o’rtasidagi ijobiy farqdir.


Xarajat qilmasdan turib, mahlumki, daromadga erishib bo’lmaydi. Gap, aslida, daromadga qancha xarajat yoki sarf bilan erishishdadir. Agarda daromadga kam xarajat yoki sarf bilan erishilsa, bu naflidir, chunki u foydaga olib keladi. Aksincha, daromadga ko’p xarajat yoki sarf bilan erishilsa, bu nafsizdir, chunki u zararga olib keladi. Aynan ushbu oddiy nisbat korxonalar moliyaviy xo’jalik faoliyati ko’rsatkichlari tizimida xarajatlarning muhim o’rin tutishini bildiradi. SHu bois ham «Xarajat» yoki «Sarf» tushunchalari iqtisodiy tahlimot va amaliyotda o’ta muhim tushuncha va ko’rsatkich hisoblanadi. Iqtisodiyot nazariyasida xarajat yoki sarf deganda, odatda, mahlum maqsadlarda ishlatilgan resurslarning pul o’lchovida ifodalangan miqdori tushuniladi. Xarajat maqsadi bo’lib biron bir faoliyat, biron bir buyum yoki mahsulot (tovar)ni sotib olish, biron bir talabni qondirish hisoblanadi.
Kishilik jamiyatini, uning bo’linmalarini, yahni har bir xo’jalik birligini, ularda yuz berayotgan jarayonlarni boshqarish xarajatlar to’g’risida real axborotlarni turli darajalarda to’plash, tizimlash va bu axborotlarni tegishli foydalanuvchilarga yetkazib berishni obhektiv zarurat qilib qo’yadi.
Aynan shunday zarurat xarajatlarni axborot berish vosita hisoblangan buxgalteriya hisobining muhim obhekti ekanligidan darak beradi.
Hisob nazariyasi va amaliyotida xarajatlarga korxonalar moliyaviy-xo’jalik faoliyatining muhim ko’rsatkichi sifatida yondashiladi hamda shunga mos ravishdagi tahriflar berilgan. CHunonchi, «Moliyaviy hisobotni tuzish va taqdim etish uchun kontseptual asos»da1 xarajatga quyidagicha tahrif berilgan:
xarajat deganda, umumiy olganda, hisobot davrida korxona aktivlarini kamayishi yoki uning majburiyatlarini ko’payishi tushuniladi.
Biroq barcha sarflar korxonaning aktivlarini kamayishiga yoki majburiyatlarini oshishiga olib kelmaydi. Misol uchun asosiy vositalarni va boshqa moddiy boyliklarni sotib olishga sarflangan pul mablag’lari korxonaning jami aktivlarini kamaytirmaydi, aksincha ularning bir shakldan boshqa shaklga aylanganligini bildiradi. SHuningdek, korxonaning tahsischilariga qaytarib bergan badallari ham korxona uchun xarajat hisoblanmaydi, aksincha, tahsischining o’z mablag’ini qaytarib olishi hisoblanadi.
Xarajatlar korxonalar moliyaviy hisobotlarining, chunonchi buxgalteriya balansi va «Moliyaviy natijalar to’g’risida hisobot»ning muhim elementlari hisoblanadi. Jumladan, buxgalteriya balansida tugallanmagan ishlab chiqarishga sarflangan, kelgusi davrlar uchun qilingan, lekinda hisobdan chiqarilmagan xarajatlar aks ettiriladi. «Moliyaviy natijalar to’g’risida hisobot»da esa korxonaning sof foydasi yoki zararini aniqlash maqsadida haqiqatda hisobdan chiqarilgan xarajatlar aks ettiriladi.



Download 75,24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish