1-misol. Korxona bo’yicha mahsulot ishlab chiqarish hajmi va xarajatlari to’g’risida quyidagi ma’lumotlar berilgan:
Mahsulot turlari
|
Mahsulot hajmi, dona
|
Mahsulot tannarxi, ming so’m/dona
|
Bazis davr
|
Joriy davr
|
Bazis davr
|
Joriy davr
|
reja
|
haqiqiy
|
reja
|
haqiqiy
|
A
|
100
|
112
|
114
|
50,0
|
50,4
|
45,6
|
B
|
300
|
310
|
315
|
240,0
|
223,2
|
201,6
|
Yuqoridagi ma’lumotlar asosida korxona bo’yicha har bir mahsulot turi uchun quyidagi ko’rsatkichlarni hisoblaymiz:
mahsulot tannarxi darajasi o’zgarishining nisbiy ko’rsatkichlari:
- mahsulot tannarxini pasaytirish bo’yicha reja topshirig’i indeksi:
A - mahsulot uchun,
yoki 100,8%;
B - mahsulot uchun,
yoki 93,0%;
- mahsulot tannarxini pasaytirish bo’yicha reja bajarilishi indeksi:
A - mahsulot uchun,
yoki 90,5%;
B - mahsulot uchun,
yoki 90,3%;
-mahsulot tannarxining dinamika indeksi:
A - mahsulot uchun,
yoki 91,2%;
B - mahsulot uchun,
yoki 84,0%;
mahsulot tannarxi darajasi o’zgarishining mutlaq ko’rsatkichlari:
mahsulot tannarxining pasayishi natijasida reja bo’yicha tejaladigan summa:
A - mahsulot uchun,
ming so’m;
B - mahsulot uchun,
ming so’m;
mahsulot tannarxining pasayishi natijasida haqiqatda tejalgan summa:
A - mahsulot uchun,
ming so’m;
B - mahsulot uchun:
ming so’m.
Bir turdagi mahsulotlar ishlab chiqaruvchi korxonalar guruhi bo’yicha o’rtacha tannarx dinamikasini o’rganishda quyidagi umumiy indekslar tizimi qo’llanadi: o’zgaruvchan va o’zgarmas tarkibli indekslari hamda tarkibiy siljishlar ta’siri indeksi. Bu indekslarning qo’llanishini quyidagi misol yordamida ko’rib chiqamiz.
Bir turdagi mahsulotlar ishlab chiqaruvchi korxonalar bo’yicha quyidagi ma’lumotlar mavjud:
Korxona
|
Mahsulot tannarxi,
ming so’m/dona
|
Mahsulot miqdori, dona
|
Bazis davr
|
Joriy davr
|
Bazis davr
|
Joriy davr
|
1.
2.
|
40
42
|
50
54
|
2000
2000
|
3150
1050
|
Yechish:
- o’zgaruvchan tarkibli tannarx indeksi teng:
Demak, ikkala korxona bo’yicha joriy davrda ishlab chiqarilgan bir dona mahsulotning o’rtacha tannarxi bazis davrga nisbatan 124,4% ni tashkil etgan yoki 24,4%ga oshgan.
O’rtacha tannarx darajasining o’zgarishi ikkita omil ta’siri hisobiga yuzaga keladi:
a) har bir korxonada ishlab chiqarilgan mahsulot tannarxi darajasining o’zgarishi (birinchi korxonada 25%, ikkinchi korxonada esa 28,6% oshgan) natijasida;
b) ishlab chiqarilgan mahsulot umumiy hajmida korxonalar ulushining o’zgarishi (birinchi korxonaning salmog’i 50 dan 75 % gacha ortgan bo’lsa, ikkinchisiniki esa 50 dan 25% gacha kamaygan) natijasida.
Birinchi omilning ta’sirini baholash uchun o’zgarmas tarkibli tannarx indeksi hisoblanadi:
Demak, har bir korxonada ishlab chiqarilgan mahsulot tannarxi darajasining o’zgarishi natijasida ikkala korxona bo’yicha o’rtacha tannarx darajasi 25,9%ga oshgan.
Tuzilma o’zgarishlari ta’sirini baholash uchun esa quyidagi tarkibiy siljishlar ta’siri indeksi hisoblanadi:
Demak, tarkibiy siljishlar ta’siri hisobiga o’rtacha tannarx darajasi 1,2% pasaygan.
Bu indekslar o’rtasidagi bog’lanishni quyidagicha ifodalash mumkin:
Korxona bo’yicha turli mahsulotlarni ishlab chiqarish hamda sotish xarajatlari darajasi va dinamikasini o’rganish uchun quyidagi ko’rsatkichlar qo’llanadi:
ishlab chiqarilgan mahsulot tannarxi;
bir so’mlik mahsulot ishlab chiqarish xarajatlari.
Mahsulot tannarxini reja yoki bazis davrga nisbatan o’zgarishini tahlil qilish uchun odatda, umumiy (agregat) tannarx indeksi hisoblanadi:
,
bu yerda: - joriy davrda ishlab chiqarilgan mahsulotning haqiqiy tannarxi;
- joriy davrda ishlab chiqarilgan mahsulotning bazis davr tannarxi bo’yicha ishlab chiqarish xarajatlari.
Umumiy tannarx indeksining surati va maxraji o’rtasidagi farq
mahsulot tannarxining bazis davrga nisbatan o’zgarishi natijasida haqiqatda tejalgan (ortiqcha sarflangan) summani ifodalaydi.
Yuqoridagi 1-misol shartlari asosida korxona bo’yicha umumiy tannarx indeksi va haqiqatda tejalgan summani hisoblaymiz:
a) umumiy tannarx indeksi,
yoki 84,5%;
b) haqiqatda tejalgan summa:
Demak, joriy davrda korxona bo’yicha ishlab chiqarilgan mahsulot tannarxi bazis davrga nisbatan 84,5%ni tashkil etadi yoki 15,5% pasaygan, natijada haqiqatda tejalgan summa 12597,6 ming so’mni tashkil etgan.
Bir so’mlik mahsulot ishlab chiqarish xarajatlari ko’rsatkichi mahsulot ishlab chiqarish xarajatlarini mahsulot qiymatiga nisbati sifatida hisoblanadi:
Bu ko’rsatkich dinamikasini o’lchash uchun bir so’mlik mahsulot ishlab chiqarish xarajatlari indeksi hisoblanadi:
Ko’rinib turibdiki, bir so’mlik mahsulot ishlab chiqarish xarajatlarining o’zgarishiga uchta omil ta’sir ko’rsatadi. Bu omillar ta’sirini baholash uchun quyidagi indekslar tizimi qo’llanadi:
ishlab chiqariladigan mahsulot hajmi va assortimentining o’zgarishi indeksi:
;
mahsulot tannarxi o’zgarishining indeksi:
;
ishlab chiqarilgan mahsulot narxi o’zgarishi indeksi:
.
Do'stlaringiz bilan baham: |