Ishlab chiqarish schyoti va uning ko’rsatkichlarini hisoblash
Ishlab chiqarish schyoti - moddiy va nomoddiy ishlab chiqarish sohalari natijalarini ifodalovchi ko’rsatkichlar (mahsulot va xizmatlarning yalpi ishlab chiqarishi, oraliq iste’moli, qo’shilgan qiymat)ning hosil bo’lishini ifodalaydi. Schyotning ko’rsatkichlari yordamida yalpi ichki mahsulotni ishlab chiqarish usuli orqali hisoblash mumkin. Ishlab chiqarish schyotining umumiy ko’rinishi quyidagicha:
Ishlab chiqarish schyoti
Iqtisodiy sektorlar va tarmoqlarning ishlab chiqarish schyoti
|
Iqtisodiyotning ishlab chiqarish schyoti
|
Foydalanish
|
Resurslar
|
Foydalanish
|
Resurslar
|
2.Oraliq iste’moli
3.Yalpi qo’shilgan qiymat (3=1-2)
|
1.Tovar va xizmatlarning yalpi ishlab chiqarishi, asosiy bahoda
|
5. Oraliq iste’moli
6. Yalpi ichki mahsulot, bozor bahosida
(6=4-5)
|
1. Tovar va xizmatlarning yalpi ishlab chiqarishi, asosiy bahoda.
2. Mahsulot va import uchun soliq.
3.Mahsulot va import uchun subsidiya.
4. Tovar va xizmatlarning yalpi ishlab chiqarishi, bozor bahosida.
(4=1+2-3)
|
Jami:(2+3)
|
Jami:(1)
|
Jami:(4+5)
|
Jami:(4)
|
I.1.Schyotda avvalo ishlab chiqarish natijalari yalpi ishlab chiqarish(YAICH) ko’rsatkichi orqali qayd etiladi. YAICH ko’rsatkichi xalqaro amaliyotda natijaviy ko’rsatkich, deb hisoblanmasada, lekin boshqa makroiqtisodiy ko’rsatkichlarni hisoblashda boshlang’ich asosiy ko’rsatkich hisoblanadi.
MHT da ishlab chiqarish xarakteriga va maqsadiga qarab:
bozorga oid ishlab chiqarish (tovarlar va pulli xizmatlar);
bozorga oid bo’lmagan ishlab chiqarish (nobozor xizmatlar)ga bo’linadi.
I.2. Moddiy tovarlar ishlab chiqaruvchi tarmoqlarda YAICH ko’rsatkichi quyidagi tenglama orqali hisoblanadi:
bu yerda:
Mp - bozor bahosida sotilgan tovar mahsulotlari;
Mi - korxona shaxobchalarining o’zaro bir-biriga beradigan tovar mahsulotlari;
B - barter;
Mh- korxona o’z xizmatchilari uchun mehnat haqi sifatida bergan natural ko’rinishdagi mahsulotlar;
∆TM - sotishga mo’ljallangan tayyor mahsulotlar zaxirasining hisobot davridagi o’zgarishi:
bu yerda :
TMZo va TMZb- zaxiradagi tayyor mahsulotlarning hisobot davri oxiri va boshidagi qiymati;
∆TICH - tugallanmagan ishlab chiqarish hajmlar qiymatining hisobot davrida o’zgarishi, quyidagicha hisoblanadi:
Inflyatsiya yuqori bo’lgan davrda, YAICHni ishlab chiqarish davridagi bahoda baholashni ta’minlash uchun xolding foyda (zarar)ni hisoblash va YAICHdan uni ayirish kerak.
bu yerda:
Xf— xolding foydasi (+) yoki zarari (-)
- zaxiradagi sotishga olingan tovarning zaxiradan olinayotgan vaqtdagi bahosi qiymati;
— zaxiradan sotishga olingan tovarning zaxiraga jo’natilayotgan vaqtdagi baho qiymati.
Do'stlaringiz bilan baham: |