«Poytaxt exclisive» nashriyoti Toshkent – 2022


vIII bob Yigit odobi bilan azizdir



Download 2,24 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/42
Sana30.03.2022
Hajmi2,24 Mb.
#519466
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   42
Bog'liq
Dilga tashrif- Ibrohim Rixsiboyev@Elektron Kutubxona

vIII bob
Yigit odobi bilan azizdir
Insonning ziynati odobi bilandir. Kishilar oldida obro‘-
e’tiborga ham aynan shu fazilatimiz bilan erisha olamiz. 
Hozir ayrim kishilar mo‘may daromad orqali obro‘- 
e’tiborga erishsa bo‘ladi, deb o‘ylashadi. Vaholanki, inso-
niy odobi bo‘lmagan har qanday kishi zaif va qashshoqdir. 
Odobni insonning himoya ustuniga o‘xshataman. U 
bo‘lmasa ustimizga falokatlar qulab ma’nan parokanda 
odam bo‘lamiz.


61
Dilga tashrif
QISMAT


62
Ibrohim Rixsiboyev
QISmAT
Hikoya
Chingiz AYTmATOV
«Qulayotgan tog‘lar»
asaridan
Yozning issiq kunlari sekin-sekin o‘tib, kuz fasli kirib 
kelayotgan damlar edi. Hammayoqda xazon yaproqlari 
ivirsib to‘kilib yotar, Sarvinoz supur gining bandini qattiq 
ushlab ohista bir chekkadan xazonlarni supurar edi. O‘tgan-
ket gan lar Sarvi nozni ko‘rib, baraka topsin, erinmasdan 
ham ma yoqni supurayapti-ya, – deb duo qilar edi. Birdan 
uning oldiga qora sochli, oppoq yuzli, ko‘zlari ko‘m-ko‘k 
bir qiz kelib: – Opa yaxshimisiz, – dedi sekingina. Sarvinoz 
orqasiga qaradi, qarshisida bir qiz yig‘lamsirab turar edi. 
Sarvinoz uni ishkomning tagida joylashgan o‘rindiqqa olib 
bordi va qizni yupatdi:
– Nega yig‘layapsiz, singlim, bu yaxshimas. Qiz 
bola yig‘lasa, osmon yig‘laydi, nima bo‘ldi o‘zi? – dedi 
kuyunchaklik bilan.
Hammaga va har qaysi davrga tegishli o‘zgarmas bir 
haqiqat mavjud. Qismati nimaligini, peshonasiga nima 
bitilganini oldindan bilishga hech kimning ixtiyori yo‘q – 
kimga nima yozilganini faqat hayotning o‘zi ko‘rastadi, 
bo‘lmasa qismatning qismatligi qoladimi...


63
Dilga tashrif
– Opa, men asli surxondaryolikman. Tosh kentda 
o‘qishni rosa orzu qilar edim. Shu sababli otamni ra’ylariga 
qarshi chiqishga majbur bo‘ldim. Narsalarimni yig‘ib, 
tunda hech kimga aytmasdan qochib ketdim. Avtobusni 
ham poylab o‘tirmadim, chunki ortimdan meni qaytarish 
uchun yetib keli shadi, deb o‘yladim. Yo‘l-yo‘lakay bir 
taksiga chi qib, Toshkentga keldim.
Qiz dona-dona qilib so‘zlardi.
– Qabul imtihonlari boshlanib ketdi. Men imtihonga 
kirayotganimdan juda xursand edim, chunki bu mening eng 
katta orzum edi. Javob varaqlariga o‘zim bilgan javoblarni 
birin-ketin belgilab, topshirdim. Chi qa turib, mana shu 
oliygoh talabasiday erkin nafas ol dim. Ota-onamni yuzini 
yerga qaratmaslikka ishon chim komil edi.
O‘ kun o‘tib test natijalari chiqdi. Men hayajonda ro‘y-
xatdan o‘z familiyamni axtarardim. Qarasam, familiyam 
uchinchi qatorda turgan ekan. Bir qara dim-u, yuragim taka- 
puka bo‘lip ketdi. Ozgina bal yetmabdi, xolos. 
Endi ahvolimga maymunlar yig‘laydi. Hamma ayb 
o‘zimda. Ota-onamning oq fotihasini ham ol may, ularning 
yuzlariga oyoq qo‘yib, qochib ketdim. Mendek farzandni 
yer yutsin.
Qiz shu ahvolda ham, mendek farzandlarga Alloh sabr 
bersin deyishni o‘rniga, yer yutsin, dedi. Bu gaplar xolis 
niyatsizlikdan aytilgan edi. Sarvinoz yuqorida qayd etgan 
fikrlarimizni ong-shuridan o‘tkazdi.
– Singlim, o‘zingizni bundog‘ tanishtirmadingiz ham. 
Ismingiz nima, qaysi oliygohga toshirgan edingiz? Buni 
sal ochiqroq tushuntirmaysizmi, – dedi qizga hayron qarab.


64
Ibrohim Rixsiboyev
– Opa, uzr, gap bilan bo‘lib, ismimni ham ayt mabman, 
ming bor uzr. Mening ismim Rohila, familiyam Saidova. 
Nizomiy nomi 
dagi pedagogika universitetining tarix 
fakultetiga topshirgan edim, afsus orzum sarobga aylandi, 
– dedi o‘kinch bilan.
– Xo‘sh singlim Rohila, birinchidan, ko‘p kuyun mang. 
Ertami-kechmi, baribir orzungiz ro‘yo bini ko‘rasiz. Men 
sizdek yoshlarni ko‘p ko‘r ganman. Sizlar o‘zi shunaqa 
yoshdasizlar, hafsa langiz tezda pir bo‘ladi. Axir hayotda 
ham ma sizdek bo‘laversa, kuchli irodani, sabr-toqatni boy 
berib, hayotdan yutqazib yashayveramiz. Bunday asnoda 
yashashni bas qilmoq kerak. Ertangi kun uchun ishonch 
tuyg‘usini tuyish kerak. O‘ldim, kuydim deb emas rohat-
farog‘atdaman deb yashash kerak. To‘g‘ri, yurakdan 
chiqayotgan dardni, alamni boshqarib bo‘lmaydi. Bunday 
chog‘da aqlga quloq solish kerak. Shaxmat o‘ynini bilasiz, 
to‘g‘rimi? O‘yinda yurish qilganingizda ortga yo‘l bormi, 
albatta yo‘l yo‘q. Siz ham uyingizdan chiqdingizmi, 
endi ortga yo‘l yo‘q. Buni hayot, debdilar. Gaplarim 
yuragingizga og‘ir botgan bo‘lsa uzr, ammo bular haqiqat. 
– Sarvinoz shunchalar kuyunchaklik bilan gapirar ediki, 
uni ko‘rganlar singlisiga maslahat berayotgan opa, deb 
o‘ylashi aniq. Sarvinoz o‘zi ana shunday ayol. Bo‘yniga 
qilich kelsa ham haqiqat yo‘lida qurbon bo‘lishga tayyor. 
Qani endi jamiyatimizda unga o‘xshagan haqiqatparvar 
insonlar ko‘p bo‘lsa.
Rohila Sarvinozning bu gaplaridan dovdirab qoldi.
– Opa, ismingiz nima?.
– Ismim Sarvinoz, o‘zim uy bekasiman.


65
Dilga tashrif
– Sarvinoz opa, men shunchalar baxtiyormanki, hayotda 
menga sizdek mehribon ayolni uchratganidan Rob bimga 
shukronalar bo‘lsin. Oltin ga teng bu so‘zlaringizdan ruhim 
ko‘tarildi. Sofdilligingiz umr bo‘yi sizga yo‘ldosh bo‘lsin, 
– dedi ko‘z yoshlarini artib.
– Rohila, Toshkentda yashash uchun joyingiz bormi? 
– Opa, o‘zi sizdan mana shu atrofda ijaraga odam 
qo‘yuvchi kishilar bormi, deb so‘ramoqchi edim.
– Boshqa joylarni qo‘ying, o‘zim sizga uyimdan xona 
ajratib beraman. Ijara haqiga kelsak, men undan kechdim.
– Axir, opa, meni noqulay vaziyatda qoldirayapsiz. 
Men, men, – deyishi bilan Sarvinoz qizning qo‘lidan tutib, 
uyiga yetakladi.
Ular to‘g‘ri oshxonaga kirishdi. Hamma yoqda o‘yin-
choqlar sochilib yotibdi.
– Uzr, kenjam judayam sho‘x, o‘yinchoqlarini yig‘ib 
o‘tirishga hech o‘rgata olmadim. Har doim o‘yinchoqlarini 
biroz o‘ynaydi-da, yuzimga qarab tirjayib chiqib ketadi. 
Buyoqqa kel, quloqsiz, desam ham kelmaydi, berkinib 
oladi. 
– Mayli, qo‘yavering, bola-da, ular hozir sho‘xlik qilib 
olishmasa, keyin kech bo‘ladi, indamang unga.
Sarvinoz kecha qilgan mantisini isitib, kosalarga 
sol di va muzlatgichdan qatiq olib, Rohi laning oldiga 
qo‘ydi.
– Nimaga ovora bo‘layapsiz, men ketaman hozir.
– Nima, boyagi gaplarimni eshitmabsiz shekilli, men 
bitta gapiraman. Biznikida tura turasiz, hijolat tortmang, – 
deb kosani Rohilaning oldiga surdi.


66
Ibrohim Rixsiboyev
– Unda birinchi o‘zingizdan bo‘lsin, opa.
– Mayli, – Rohila bitta manti olib og‘ziga soldi, – judayam 
shirin bo‘libdi, qo‘lingiz dard ko‘rmasin, opa.
Kutilmaganda eshik taqilladi. – Rohila men eshikka 
qaray, siz o‘zingizni uyingizdagidek bema lol o‘tiring. 
– Kim u? – dedi Sarvinoz.
– Men otangman, eshikni och. 
– Hozir, dada, ketayapman, – Sarvinoz qadamini tezlatdi. 
Sarvinozning dadasi baland bo‘yli, bug‘doyrang, doim shlyapa 
kiyib yuradi. Institutda dekan. Obro‘si rosa baland, dangalligi 
bilan hammaning e’tiborini qozongan inson edi.
– Tezroq, ochmaysanmi qo‘limdagi narsalar tushib 
ketay, dedi, ol manavularni, – Bunyod aka Sarvinozning 
qo‘liga paketlarni tutqazdi. 
– Uyga mehmon keldimi? Anavi oyoq kiyim kimniki? 
– Ha, dada, dedi Sarvinoz va Rohila to‘g‘risida bil-
ganlarini aytib berdi. 
– To‘g‘ri qilibsan qizim, seningdek bag‘ri keng odam 
topilmasa kerak.
– Yo‘q dada, mendan ham saxiy kishilar bor hayotda. 
Men o‘zimni bitta deyolmayman. Agar yaxshi odamlar 
bo‘lganda hayot buncha go‘zal bo‘lmasdi. Bunyod aka 
qizining gaplaridan ta’sirlanib ketdi va peshonasidan o‘pib 
«yasha, qizalog‘im», deb shivirladi.
Ota-bola mehmon o‘tirgan uyga kirib kelishdi.
– Rohila, zerikmasdan o‘tiribsizmi, tanishing bu 
kishi me ning dadam. Ismlari Bun yodbek. Menimcha, 
ular sizga yordam bera olsalar kerak. Rohila sakrab 
o‘rnidan turdi. – Tanishganimdan xursandman, uzr, sizlarni 
bezovta qildim, – dedi biror o‘ng‘aysizlanib. 


67
Dilga tashrif
– Hijolat bo‘lmang, bu uyga kirgan har bir inson biz 
uchun qadrli. Ayniqsa, sevimli qizalog‘imning e’tiboriga 
tushgan odamlar. Sarvinoz siz haqingizda aytib berdi. 
Uydan chiqib ketganingiz yomon albatta, ammo siz 
o‘qishga kirsangiz, bu xatolaringizni yuvishi mumkin.
– Qolib ketdimku axir...
– To‘g‘ri, lekin buning chorasi bor, albatta.
Rohila xursand bo‘lib ketdi.
– Qizingizga o‘xshab juda saxiy ekansiz, umringizdan 
baraka toping.
– Bir do‘stimning o‘g‘li bizning oliygohga hujjat 
topshirgan edi. U imtiyozli ravishda qabul qilindi.
Lekin u Kembrij univer sitetiga ham hujjat topshirgan 
ekan, u yerga ham qabul qilinibdi. U chet elda o‘qishni 
tanladi. Yaqinda uchib ketmoqchi. Bizning oliygohdagi 
uning o‘rni esa bo‘sh, istasang, olib kirib qo‘yishim 
mumkin. Faqatgina yuzimizni yerga qaratmasang 
bo‘ldi.
– Otam eshitsalar juda xursand bo‘ladilar, rahmat, 
Bunyod aka. Men dadamga qo‘ng‘iroq qilib olay, bunday 
quvonchli xabardan boshlari osmonga yetadi, – deb 
telefonini qo‘liga olib tashqariga chiqib ketdi. Bunyodning 
qalbi yumshab ketdi, chunki u ham bir paytlar mana 
shunday keng, katta Toshkenti azimga qishloqdan kelib, 
ovorayi sarson bo‘lgan edi.
Rohila telefon xotirasidan dadasining raqamini izlar 
ekan xayoliga, qo‘y bu ishni, dadan gga aytsang, seni 
sog‘ qo‘ymaydi, bu yerga kelib, seni sharmanda qiladi va 
qishloqdagi duch kelgan molboqarga erga berib yuboradi. 
Unga xabar bermaganing durust, degan fikr keldi.


68
Ibrohim Rixsiboyev
Biroq mezbonlarga o‘zini dadasi bilan telefonda gaplash-
gandek qilib ko‘rsatdi. Uning qattiq-qattiq gaplashganini 
eshitgan Sarvinoz: – Dada, namuncha baqirib gaplashadi, 
bizda bog‘lanish yaxshi-ku axir, – dedi hayron bo‘lib.
– Ey qizalog‘im-ey, qishloqda uzatuv yaxshi emasligi 
sababli telefonda baqirib gapirishga o‘rganib qolishgan. 
Qolaversa, bunaqa yangilikni baqirib aytmasdan qanday 
aytsin. Odamlar necha yillab kira olmagan oliygoh 
talabasiga aylandi-ku, bu – kichik yangilik emas, qiza-
log‘im. 
– To‘g‘ri aytasiz. O‘zimni olijanob dadamdan o‘rgilay! 
Ertasiga ertalab Rohila barvaqt o‘rnidan turib hovli, 
ko‘chalarni supurdi, ariq labidan suv olib, hamma yerga 
suv sepdi.
Chelak, supurgilarni joyiga qo‘yayotganida Sarvinoz 
chiqib qoldi.
Sarvinoz qarasa, Rohila hammayoqni chinni-chiroq 
qilib tozalab qo‘yibdi.
– Singlim, siz nega bunchalik ovora bo‘ldingiz, axir 
mehmonsizku. Mehmonlar xizmatda bo‘lsalar, yaxshimas,– 
dedi xijolat tortib.
– Nega unday deysiz, opajon, axir endi men ham shu 
yerda yashaymanku.
– Xo‘p, bo‘lmasa, men nonushta tayyorlayman.
Shu-shu ular juda inoq bo‘lib ketishdi.
Nihoyat Rohila kutgan damlar yetib keldi.
U auditoriyaga yaqinlashar ekan, ko‘nglidan ajib his-
lar o‘tdi. Balki bu ilk darsning hayajonidir deb o‘yladi 
va asta eshikdan kirdi. Qarasa, ham mayoq qiy-chuv, 
hamma o‘qishga kirganidan xursand. Kimlardir hali 


69
Dilga tashrif
bitirishiga 4 yil bor-u, lekin ishlaydigan joyi tayinligi 
va u ana shu kasbda faol ishlashini aytar edi.
Ba’zilar esa endi to‘lov shartnoma pulini qayerdan 
topishini bilmay yonidagilar bilan hasratlashib o‘tirar edi.
Ba’zilar telefon bilan, bazilar esa pardoz-andoz qilish 
bilan ovora edi.
Bu shovqin domla kelganda ham tinmasa kerak, deb 
o‘yladi Rohila turgan joyida. 
Orqa tomondan bir qiz Rohilani chaqirdi. Ortiga 
o‘grilib qarasa, sinfdoshi Naima ekan, xursand bo‘lib 
yugurgancha oldiga borib o‘tirib oldi. – Voy dugonajon, 
yaxshimisan, seni butun qishloq qidirayapti. Nima, otang 
yoki onang bilan tortishib qoldingmi? Sendan rosa xavotir 
olishayapti.
– Ey yana shu gaplarmi? Jonga tegdi, buni avvalroq 
o‘ylash kerak edi. Mana shunaqa bo‘ladi mening fikrimga 
qarshi chiqish. Qani bir qadrimga yetishsinchi, – dedi 
Rohila jahl bilan.
– Baribir bu tutgan yo‘ling yaxshimas, dugonajon.
– Nega to‘g‘ri bo‘lmas ekan, nima men duch kelgan 
molboqarga tegib, butun umr sigir sog‘ib, mol boqib 
o‘tishim kerakmidi? Hali ko‘rasan, men oliygohni ta mom-
lab olay, har biri mening eshigimni taqillatib kelishmasami, 
ismimni boshqa qo‘yaman.
– Ota-onangni roziligisiz qanday qilib ish boshlaysan. 
Bil madim, lekin senga qoyil qolmadim, – deb qiz or-
qaroqdagi stulga otib ketdi.
Bor, ketsang ketaver, ko‘zim uchib turuvdi sening 
oldinda o‘tirishga o‘yladi Rohila ichida.


70
Ibrohim Rixsiboyev
Oradan uch yil o‘tdi. Rohila fakultetning ishongan tala-
balaridan bo‘lib qoldi. Domlalar uni oliygohni bitirgandan 
so‘ng ishga olib qolishlarini aytishardi. Biroq...
Tunda barglarning shivirlashi Rohilaning qulo g‘iga 
xush yoqdi. Darsni qiziqib, tayyorlab o‘tirgan mahal birdan 
telefoni jiringlab qoldi.
– Allo, kim bu, eshitaman, – dedi sekingina.
– Rohila sizmisiz? – dedi bir yigit. 
– Ha, ammo siz kim bo‘lasiz, tanimayroq turib man. 
– Ha tanimaysiz-da, instutining ishongan tog‘i, dom-
lalarning erkatoyi bo‘lganingizdan keyin. Bizga o‘xshab 
zo‘rg‘a oliygohga ilingan bir bechorani tanimasligingiz 
aniq-ku. 
– Ey, Dilmurod sizmi, qo‘ying shunaqa piching 
gaplaringizni. Axir hayotda qo‘lingizdan nima kelgan 
o‘zi? Oliygohga faqatgina mendek dono talaba munosib. 
Sizning latta chaynarlikdan boshqa qila digan ishingiz 
yo‘q, – Rohila telefonni jahl bilan qo‘yib qo‘ydi. 
G‘azab Dilmurodning butun vujudini qamrab oldi va 
qizni qanday bo‘lmasin ta’zirini berish rejasini tuzishga 
kirishdi.
Telefondagi suhbatni Sarvinoz xonasiga o‘tayotib 
eshitib qoldi. Lekin ayni vaqtda uni bezovta qilish to‘g‘ri 
emasligini bilib indamay o‘tib ketdi.
Tong otdi. Hamma nonushtaga tushdi. Bunyod aka 
gazeta mutolaa qilish bilan band edi. Birdan: – Sarvinoz 
qizim, bugun rahmatli onangni qabrini ziyorat qilgani 
boraman. Shu desang, tushimga kiribdi. Lekin tushda nima 
ro‘y berganini senga ayta olmayman. Bilasan, ko‘rilgan 


71
Dilga tashrif
tushlarni aytib bo‘lmaydi, qizim, – deb qahvasini olib 
xo‘pladi.
Rohila:
– To‘g‘ri aytasiz Bunyod aka, lekin suvga aytsa bo‘ladi, 
– deyishi bilan uchovlon xaholab kulib yuborishdi.
– Ha mayli dada, bo‘lmasa men holvoytar va qatlamani 
harakatini qilay, qo‘shnilarga olib chiqay. Onamning 
ruhlari shod bo‘lsin.
– Men mashinani o‘t oldiray Rohila, kiyimlaringni 
kiyginda tezroq chiq, – dedi Bunyod aka o‘rnidan tu-
rayotib.
Rohila endi palto‘sini kiyayotgan edi Sarvinoz to‘xtatdi:
– Rohila, kecha telefondagi suhbatingizni bexos-
dan eshitib qol dim. Singlim, yigit kishiga bunday muo-
malada bo‘lish yaxshilikka olib kelmaydi. Undan uzr 
so‘rang.
– Opa, siz aralahmang. U tovuq miya yigitdan esa
o‘l sam ham uzr so‘ramayman, – Rohila jahl bilan 
eshik ni ochib chiqib ketdi. Sarvinoz hang-mang bo‘lib 
qolaverdi...
Talabalar darsga tayyorgarlik ko‘rmoqda edilar. Birdan 
Dilmurod o‘rnidan turib:
– Xo‘sh o‘rtoqlar, bugun barchamiz birgalashib darsdan 
so‘ng kofega boramiz. Menimcha hech kim fikrimga qarshi 
bo‘lmasa kerak, – dedi ovozi boricha baqirib. 
Fikr hammaga ma’qul tushdi. Hatto Rohila ham rozi 
bo‘ldi. Talabalar darsdan so‘ng Dilmurod aytgan joyga 
to‘planishdi. Bazmu jamshid avjiga chiqqan paytda 
Dilmurod Rohilani birga qo‘shiq kuylashga chaqirdi. 


72
Ibrohim Rixsiboyev
Rohila hammaning qistovi bilan Dilmurod bilan duet 
kuylashga rozi bo‘ldi.
Ular qo‘shiqni shunchalar jo‘shib kuylashdiki, ko‘r-
ganlar bular bir-birini sevib qolgan deb o‘ylashdi.
Rohilani Dilmurod uyigacha kuzatib qo‘ydi. Ularni 
Sarvinoz birga ko‘rib, hayratdan yoqa ushladi. Rohila 
ki yimlarini almashtirib endi yotmoqchi bo‘lib turganda 
Sarvinoz kirib: 
– Ishqilib bu o‘sha yigit emasmi? – deb so‘radi. 
– Ha, xuddi o‘zi, o‘ylab qarasam yomon yigitga o‘x-
shamaydi, – dedi Rohila hayajonlanib.
– Tag‘in bu yigit sizni o‘yin qilayotgan bo‘lmasin. Axir 
kechagi... 
– Yo‘g‘-e, hecham-da. Samimiyligi ko‘zidan bilinib turibdi. 
O‘zingizga ehtiyot bo‘ling, aldanib qolmang, – dedi Sarvinoz. 
Rohila Dilmurodga shunchalar o‘rganib, sevib qolgan 
ediki u bilan hatto dunyoning narigi chekka siga ketishga 
tayyor edi. Dilmurod buni yaxshi anglardi. U bir kuni 
telefon orqali bunday dedi:
– Rohila, miyyamga bir ajoyib fikir keldi, – dedi.
– Qanday fikr ekan?
– Keling, ikkimiz birga yashaymiz. Sevgilimni bi-
rovlarnikida yashatib qo‘yadigan ahmoq emasman. 
Unga telbalarcha oshiq bo‘lgan Rohila ,,Rozi man’’, deb 
yubordi.
– Hozir uyingizga borib, sizni olib ketaman. Tayyor 
bo‘lib turing, – deb telefon go‘shagini qo‘ydi.
Rohila go‘shakni qo‘ydi-yu kiyim-kechaklarini yig‘ish-
tirishga tushdi.


73
Dilga tashrif
Buni ko‘rgan Sarvinoz Rohilani qo‘llaridan tutib: – 
Qo‘ying, nimalar qilayapsiz. Siz tanlagan yigit qip-qizil 
firibgar, shunday aqlli qiz, nahotki buni sezmayabsiz? – 
dedi yig‘laguday bo‘lib.
Rohila Sarvinozni itarib yubordi. 
– Mening sevgilimni hech kim bunday haqo ratlashiga 
yo‘l qo‘ymayman. Namuncha, menga aql o‘rgataverasiz! 
Maslahatga zor emasman. Bo‘ldi, ketdim. Mendan qu-
tuldingiz.
– Yelkamni chuquri ko‘rsin uyingizni, – Rohila
eshikni taraqlatib yopdi. Tashqarida Rohilani kutib turgan 
Dilmurod yuklarni olib mashinasiga soldi.
Dilmurodning talablari kundan-kunga ortib bordi. Eng 
yomoni, Rohilani oliygohdan ketishga ko‘ndirdi. 
Rohila homilador bo‘ldi. Bir kuni uyga sarxush kelgan 
Dilmurod Rohilanini aldaganini, uni sevmasligini, ota-
onasiga uni kelin deyishga or qilishini aytdi.
– Bolang ham, sen ham menga kerak emassanlar, – dedi 
Rohilani sochidan tortib. O‘ylaymanki, sening ta’biring 
bilan aytganda, senga mendaka «tovuqmiya» xotinning 
keragi yo‘q. To‘rt tomoning qibla, ketaver. Aytmoqchi, uy 
ham xususiy emas. Seni aldagan edim. Huv, o‘shandagi 
gaping uchun o‘ch oldim, xolos. Qani o‘tkir aqlingni ishlatib, 
bolang bilan o‘zingni boqib ko‘r-chi. Balki qishloqqa – oq 
qilgan otang yoniga olib borarsan haromingni!
Dilmurod nafasi qaytib ko‘karib borayotgan xotinini 
itarib yubordi. Rohilaning boshi devorga urilib hushidan 
ketdi. Rohila hushiga kelganda tong otib qolgandi. U 
bo‘lib o‘tgan voqealarni eslab ho‘ngrab-ho‘ngrab yig‘ladi. 


74
Ibrohim Rixsiboyev
Qornidagi bola bundan bezovta bo‘ldi shekilli onasining 
qorniga tepdi. Rohila o‘ziga keldi! Endi nima qiladi, 
qayerga boradi?!

Download 2,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish