dunyo ning
ishlari»ni
o‘qimagan. Shunday ersa-da, ushbu asarni
mutolaa qilishga muhtoj kimsalar onalari hayot kishilardir.
Muhtoj kishilarimiz asar imkoniyatidan foydalana olma-
salar, ular ham «
Iltijo»
sahifasi qahramoniga aylanishadi.
35
Dilga tashrif
Yolg‘iz onaga baxt bering
Karantin kuchaytirilib, ahvol borgan sari yomon lashar
edi. Noila eridan erta ayrilgandan keyin, shundoq ham
uch farzandini bir amallab boqayotgan edi. Qora qozonini
qaynatib turgan ishidan ham karantin sabab judo bo‘ldi.
Uch farzand, uch qorin. O‘zi-ku bir amallab kun o‘tkazar,
ammo mana bu norasida yetimlarning qornini to‘yg‘azish
g‘ami Noilaning butun vujudini tilkalardi. Har kuni,
ovqat olib kelaman, deb qo‘shni ayolning uyiga chiqar va
biroz o‘tirgach noiloj uyiga kirib kelardi. Baxtga qarshi u
kelgandan so‘ng bolalar shirin uyquga ketar edilar, desam
xato bo‘ladi. Chunki ochlikdan tinkalari qurib uxlashga
urinardilar. Noila ochlikdan jajjigina qo rin chalarini ushlab
yotgan farzandlarini ko‘rib ko‘zlaridan shashqator yosh
to‘kib, begunoh yetimlarimda nima ayb, der edi. Noila
Allohdan shu yetimlarning rizqi g‘oyibdan kelsin, deb duo
qilib turganida birdan telefon jiringlab qoldi.
– Allo eshitaman.
– Noila, bu men qo‘shningiz Lobarxonman. Singlim,
sizni hech kimingiz yo‘qligini bilaman. Bu uch yetimning
rizqi sizni bo‘yningizda ekanligini ham. Shuning uchun
sizga yordam bermoqchiman.
– Lobar opa, chindan ham menga yordam ber-
moqchimisiz? – so‘radi Noila yig‘lab.
– Singlim, ko‘z yoshlaringizni, arting. Sizga achin-
ganimdan harakat qildim. Faqat men aytayotgan ish sizga
ma’qul kelarmikin?
– Opa, bu nima deganingiz, bunday vaqtda shaytonga
malay bo‘lishga ham tayyorman.
36
Ibrohim Rixsiboyev
– Bu boshqa gap. Endi singlim, hayot kishi larni ne
ko‘ylarga solmaydi. Faqat chidash, bardosh bizni hayotda
g‘olibga aylantiradi. Men aytayotgan ish tabiiyki sizni
xursand qilmaydi. Lekin no rasidalarni qornini to‘yg‘azish
uchun boshqa cho rangiz yo‘q.
– Shunday, shunday opa roziman. Qanday ish bo‘lsa
ham roziman.
– Bugun tunda menikiga kelasiz tushundingizmi,
qolganini keyin gaplashamiz.
– Ho‘p, ho‘p bo‘ladi, opajon ma’qul, – dedi Noila.
Kech tushishi bilan Noila qo‘shni xonadonga yo‘l oldi.
Ich-ichiga sig‘may Allohga tinimsiz hamdlar ayatardi.
Nahot dilbandlarimga biron luqma topib keltirsam,
yetkazganingga shukur!
Hayajon bilan Lobarxonning darvozasini taqillatdi.
Lobarhon ko‘p kuttirmay darvozani ochdi.
– Keling, kelavering, – dedi opa biroz tushkun kayfiyatda.
Noila uyga kirib qarasa, hovli o‘rtasidagi supada bir erkak
o‘tiribdi. Uni avval hech ko‘rmagan edi.
– Lobarxon opa, anavi kishi kim? – dedi qiziqib.
– Yuring, xonaga kiraylik, bafurja tushuntiraman.
Ular uyga kirishgandan keyin, Lobarxon zo‘rg‘a gap
boshladi:
– Noila qizim, meni to‘g‘ri tushuning. Anavi ko‘rgan
kishingiz sizga yordam bermoqchi ekan.
– Voy, rostdanmi. Nahotki, ichkariga taklif qilmaysizmi?
Qaysi saxovatpesha inson ekan. Bizning zamonda bunday
insonlar yo‘q bo‘lib ketganku, – dedi ishonqiramay.
– To‘g‘ri aytasiz, singlim. Uning ham sizda bir ishi bor,
– dedi Lobarxon qip-qizarib. Bu gaplardan Noila labini
37
Dilga tashrif
tishlab bunday dedi: – opa, men u kishiga hech qanday
yordam berolmayman. Axir, norasidalarimning ilinj to‘la
ko‘zlariga boqib ham yordam berolmayapman-ku. Bu
kishiga qanday yordam beraman?!
– Singlim, meni kechiring. Tashqaridagi kishi, o‘z
yordami evaziga siz bilan tunni o‘tkazmoqchi ekan, – de-
di-yu, xo‘ngrab yubordi. Noila bu so‘zlarni ko‘tarolmay
hushidan ketdi...
Ertasiga ertalab Noilani uyqusidan bolalarining sho-
don kul gusi uyg‘otdi. Farzandlarining ochlik azobidan
ingrab yurishlariga o‘rganib qolganidanmi o‘zini tush
ko‘rayotgandek his qildi. Inson zoti biron narsani orzu
qilsa avval tushida ko‘radi. Noila ham bu debochadan
xursand bo‘lib tashqariga chiqdi. Bolalarining qorni to‘q,
qorin g‘ami yo‘qligidan birmuncha hursand bo‘lib ularni
bag‘riga bosdi. – Bola larim, qani endi sizlarini hayotda
ham shunday baxtiyor ko‘rsam edi, – dedi xo‘rsinib.
– Noila, bu sizning o‘ngingiz, – dedi Lobarxon.
– Siz mening uyimda nima qilayapsiz, chiqib keting, –
dedi Noila jahl bilan.
– Singlim, meni eshiting, sizni xursand qiladigan
gaplarim bor, – dedi Lobar opa uning nozikkina qo‘llaridan
tutgancha.
– Opa, ko‘zimdan yo‘qoling. Bolalarning oldi da siz
bilan gaplasha olmayman. Bunday iflos ishingizdan keyin
qanday qilib mening yuzimga qarayapsiz?!
– Kechagi odam mahallamizning eng faol kishilaridan.
Maktabda dars beradi. Faqat sizni qanday ayol ekan-
ligingizni bilmoq niyatida bu sinov rejasini men bilan
38
Ibrohim Rixsiboyev
birgalikda tuzdi. Bu imtihondan siz o‘zingizda jamlangan
sharmu-hayo tufayli xushdan ketish darajasigacha bor-
dingiz. Meni kechiring-u bu kishi sizni o‘z uslubi bilan
imtihon qildi. Rozi bo‘lsangiz farzandlaringizga otalik
mehrini bermoqchilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |