Chin ishonch
Bugungi kunda chinakamiga ishongan inso
ningiz,
yodingizda tuting, bir kun kelib tobutingizni ko‘taradi.
Ho‘sh oxirat safaringizda kim o‘z ko‘ma gini sizga bera
oladi? Ha anglaganingizdek faqat yolg‘iz Allohdan o‘zga
hech kim sizga yordam bera olmaydi. Endi bandalik
vaqtingizda sizga ko‘mak beruvchi janob Alloh yo‘lida
nima ishlar qila oldingiz?. Shu ikki savol insonni adoyi
tamom qiladi. Allohim, o‘zningga chin dildan ishonadigan
bandalaringni gunohlarini kechirgin.
I
Hayot qiziq. Inson bolasi hamisha o‘qqa-cho‘qqa
yugurib bir teshikka tiqiladi. Shoshmang, o‘sha o‘qqa-
cho‘qqa yelib, yugurib inson nimani izlab yashaydi?
Boylik, mol-u dunyo, huzur-halovat istabmi? Xo‘sh, sanab
o‘tganlarimizni qay birini o‘sha teshikka olib kira oladi?
Haqiqiy taqvo, iymoni mustahkam, amali solih bo‘lib
boyiyotgan odamchi?
II
Odamlar qish kirar chog‘i undan eson-omon chiqib
olish uchun turli-xil ne’matlardan taomlar tayyorlab
yopish payida bo‘ladilar. Endi to‘rt fasl mobaynida barzax
hayotida yashamoqlik uchun nimani g‘amlaydilar?.
Ketma-ket qo‘yilgan savollarning javobini be rish likni
muh taram o‘quvchi sizning hukmingizga qoldirdim.
45
Dilga tashrif
YIGITNING
QALBIDA IYMON
46
Ibrohim Rixsiboyev
ER YIGITGA AYTAR GAPIm
Bismillahir rohmanir rohim.
Bizlarni barcha narsalardan aziz va mukarram qilib
yaratgan haq Taologa hamd-u sanolar bo‘lsin. Hamda uning
Rasuli janobi haq payg‘ambarimiz Rasuli Akram (s.a.v.)ga
ham durud va salovatlar bo‘lsin. Dunyo yaralibdi-ki erkak
kishilar har zamon, har bir davrda katta maqomga ega bo‘lib
kelgan. O‘tgan barcha Payg‘ambarlarimiz, halifalarimiz
barcha-barchalari erkak kishilar bo‘lishgan. Demak biz
erkaklar dilimizdan, ich-ichi mizdan mana shu o‘tgan buyuk
insonlarga munosib bo‘lishimiz kerakligini his qilishimiz
zarur. Tabiiyki, xosatan biz o‘zimizni ularga munosib, deb
o‘ylaymiz. Ammo bu dunyoda qilgan va qilib kelyotgan
makruh ishlarimiz bilan ularga isnod keltirayotganimizni
o‘ylamaymiz. «Isnod» Nega?! Nega?! degan haqli savol
tug‘uladi.
Biz erkak kishi bo‘lganimiz uchun shariat nuqtai
nazaridan oila boshi sanalamiz, ayyollardan qo‘limizdan
har bir ish kelishi va ojiz emasligimiz bilan farq qilamiz.
Ayyollar bizga suyanishi kerak, biz ularga emas.
Bir ayol bo‘y yetgan o‘g‘li bilan, og‘irimini yengil
qilar, deb bozorga tushadi. Ammo beparvo o‘g‘il qo‘l
47
Dilga tashrif
telefonidan bosh ko‘tar maydi. Ona esa o‘g‘liga yomon
ko‘rinmaslik uchun lom-lum demay yuklarni halloslab
ko‘tarib ketaveradi. Buni ko‘rgan yoshgina juvon yugurub
kelib ayolning qo‘llaridan yuklarini olib manziligacha
og‘irini yengil qiladi. Parvoyi palak o‘g‘il esa bunga e’tibor
ham bermadi.
Yoki ota o‘z o‘g‘lini uylantirish uchun to‘y ha rakatiga
tushadi. Biz o‘zbeklarda qiz tomonidan mol kelish odati
bor, musulmonchiligimizda esa buning aksi, yani yigit
kishi barcha vazifalarni o‘z zimmasiga olishi va kelin
tomondan hech narsa qabul qilmasligi kerak. Ammo
bo‘lajak qaynota, nega o‘g‘limga bunday oddiy mebel
jo‘natdi? Sarpo-surug‘i ham haminqadar deb tana qiladi.
Eng achinarlisi, kuyov ham otasining gapi ga qo‘shiladi.
Yana bir misol: Allohning Uyi – masjidlarda, choyxona-
yu «gap»larda og‘zimiz to‘la birov bundog‘ edi, biro‘vni
ko‘rdingizmi bundog‘ bo‘libdi, degan g‘iybat fisqu-fasot
gaplar.
O‘z-o‘zimizdan uyalishimiz kerak. Mana shu qo‘sh-
tirnoq ichidagi erkaklarga so‘z aytish, bosh qotirish bizda
qolgan gap emasmi, albatta, kamina haqni yashirib botil
bo‘lib qolishdan qo‘rqqanim uchun ushbu ishga qo‘l
urdim. Yaratgan Robbim o‘zi hayrli qilsin, amin.
48
Ibrohim Rixsiboyev
Do'stlaringiz bilan baham: |