2018-yil, Hasanboyda bitildi...
75
Dilga tashrif
TANAZZUL
76
Ibrohim Rixsiboyev
TANAZZUL
Neniki anglagan bo‘lsang barchasi hayot tufayli...
L.N.Tolstoy
I
Havo bulut, xuddi sharors yomg‘ir quyib yubora digandek.
Ak bar ning birdan bugun nashriyotga borishi yodiga tushib
qoldi, – voy xudoyim, endi nima bo‘ladi. Nashriyotga
borishim bilan yomg‘ir yog‘ib ketsachi, degan havotirda uy
telefonidan tahririyatga qo‘ng‘iroq qildi. Ovozi ingichka bir
qiz telefon go‘shagini ko‘tardi: – allo eshitaman.
– Singlim, bu men Akbar bo‘laman, bugun tah ririyatga
hikoyamni olib bormoqchi edim, bilasiz, mashinam yo‘q,
piyoda boray desam qo‘lyozma ho‘l bo‘ladi. Shuning
uchun bugun bora olmayman, – dedi uyalib.
Qiz esa kulib: – Akbar aka, qiziqmisiz, kim sizga
qo‘lyozmani o‘zini ko‘tarib kel, deyapti, fleshkaga yuklab
olsangiz bo‘ladiku, – dedi.
– Esim qursin, fleshkaga yozib, kelsam ham bo‘ladiku,
al bat ta. Uzr singlim, endi biz o‘z davri ga o‘rganib qolgan
yozuv chilardanmizda, – dedi xijolat bo‘lib.
Qiz Akbarning iqroridan o‘zini tutolmay kulib yubordi.
Bugun ajabtovur so‘zlaringiz bilan kayfiyatimni
ko‘tardingiz. Xo‘sh gap bunday, bugun vaqtliroq iloji bo‘lsa
77
Dilga tashrif
hozir keling, chunki muhar rirlarimiz ertaga gazetamizning
navbatdagi sonini bosmaxonaga tushurishadi.
– Ha bo‘ldi, harakat qilaman.
Akbar fleshkaga qo‘lyozmasini yuk la di. So‘ng plashini
kiyib, kattagina qora soya bo nini, olib uydan chiqdi.
Tashqarida yomg‘ir chelaklab yog‘ardi. Akbar taksi
to‘xtatdi. Akbar kamdan kam taksida yuradi. U kirakash
bilan kelishgan pulni berib mashinadan tushdi.
Tahririyat binosining zinalaridan yomg‘ir shildirab
oqardi. Akbar plashi ning etagini ko‘tarib oldi. Yong‘oq
da raxtidan yasalgan eshikni qorovul yigit ochib: – Ha
Akbar aka, shu yomg‘irda ham kelayapsizmi, uyingizda
qaynoq choy ichib o‘tir sangiz bo‘lmaydimi?
– Bugun shu ishimni bitirmasam bo‘lmaydi, – dedi Akbar.
Qorovul yigit Akbarning binoga kirishi uchun paspo‘rt
seriyasini yozib oldi. Ruxsatnoma varaqchasini qo‘liga
tutqaza turib: – Aka menga ishoning, hech bo‘lmasa, shu
yomg‘irda ovvora bo‘lib kelganingiz hurmati, asaringizni
olib qolishadi. Bo‘sh kelmang, – dedi.
Akbar muharrir xonasiga hayajon bilan kirdi.
To‘g‘ridagi stolda muharrir Mavlon Akmal qo‘lyozmalar
tahriri bilan mashg‘ul. Akbarni ko‘rib ensasi qotdi.
– Keling, – dedi og‘ir xo‘rsinib, – yana asar ko‘tarib
keldingizmi. Hech tinib-tinchimagan odamsizda, Akbar aka.
– Sizga qanday qilib tushuntirsam ekan, bugungacha
bunday yaxshi hikoya yozma gan edim. U ijodimda burilish
yasaydi.
– Nima, ijodimda burilish yasaydi, deysizmi, – muharrir
xonani jaranglatib kulib yubordi. O‘zi ni zo‘rg‘a kulgidan
to‘xtatib, – O‘zbekiston xalq yozuvchisi Akbarjon, ijo din-
78
Ibrohim Rixsiboyev
gizda burulish yasgan asarni bir ko‘raychi, – dedi so‘ng
mazah lagancha qo‘lyozmaga ko‘z yugurtirdi.
– Nima, siz men bilan hazillashyapsizmi, bu bola-
larga aytadigan cho‘pchakka ham o‘xsh
may
diku.
Qachon yozuvchilikka loyiq emasligingizni tan olasiz?
Mana bularni ko‘rayapsizmi, sizdan ming marta qalami
o‘tkir ijodkorlarning hikoyalari bular! Meni shular
ham qoniqtira olmayapti. Siz bo‘lsangiz, bu yerda
meni vaqtimni olayapsiz, yaxshisi boshqa ish bilan
shug‘ullaning, – dedi qo‘lyozmasini tutqazar ekan. Bu
gaplardan juda ranjigan Akbar eshikni qattiq yopib
chiqib ketdi.
Tor dahlizning yo‘laklaridan yurib borar, xuddiki ko-
ridor uni yutib yuborgudek edi. Qayerga ketayotganini
o‘zi bilmas, fikri-hayoli muharrirning yurakka nishdek
qadaluvchi gaplarida edi. Ongini band qilgan o‘ylar sabab,
o‘zi bilmay yo‘lakning oxiriga kelib qolibdi. Ro‘parada bir
eski eshik ko‘rindi. Aftidan necha yillardan beri bu yerga
hech kim kirmagan ham, bu yo‘lakdan yurmagan ham.
Akbar bu binoga 5 yildan buyon kelar, biroq shu is va
chang bosib yotgan bo‘limga qadam bosmagan edi. Eski
kitoblarning hidi anqirdi bu yerdan, qiziqib eshikni ochib
xonaga kirdi, xona qorong‘i va chang. Akbar cho‘ntak
chiroqchasini olib yoqdi, xona chiroq nuridan yorishdi.
Ko‘zi tushgan joyda nam va mog‘or bo‘lib qolgan turli
xil hujjatlar, har xil kitob taxlangan javon bor edi. Ularni
birma bir ko‘zdan kechirib chiqar ekan, papkalar orasida
qip-qizil bo‘lib ajralib turgan diplomatga ko‘zi tushdi.
Diplomat o‘ta bejirim edi. Uni qo‘liga olib, ehtiyotkorlik
79
Dilga tashrif
bilan ochdi. Ichida juda eski, mo‘g‘or bosgan qo‘lyozma
bor ekan. Faqatgina ustki muqovasiga 1960-yil noyabr deb
yozib qo‘yilgan ekan. Akbar plashining ichki cho‘ntagiga
qo‘lyozmani solib xonadan chiqdi.
Ketarchog‘i qorovul yigitning oldiga ruxsatno mani
qo‘ydi-yu, lom-lum demadi. Tashqariga chiqgach yomg‘ir
tinga nini ko‘rib, mamnun bo‘ldi.
Loy yo‘laklardan bir amallab uyi tomon ketar ekan butun
hayoli plashining cho‘ntagidagi asarda edi. Darvozaning
tutqichini ushlab endi ichkariga kirayotganda qo‘shni ayol:
– Akbarjon to‘xtang, manabu do‘lmani sizga ilinib chiqgan
edim, sovimasdan yeb oling, – dedi kosani uztarkan.
Akbar qo‘llari qaltiragancha kosani ushladi. Uning avzoyi
buzuqligini ko‘rib qo‘shni ayol hayron bo‘ldi. Tinchlikmi
Akbarjon, kim bilandir tortishib qoldingizmi? – dedi
havotir olib. Akbar ayolga obdon tikilib turdi-da, hech gap
yo‘q, – deb uyiga kirib ketdi.
Ichkariga kiriboq eshik, derazalarni yopdi. Cho‘ntagidan
qo‘lyozmani chiqarib stolga qo‘ydi va asarni muk tushib
o‘qiy boshladi. Kirish so‘zlarining o‘ziyoq qiziqarli edi.
Akbar qo‘lyozmadan bosh ko‘tara olmay qoldi. Ikki kun
bu asar og‘ushida ich-etini allanimalar kemirdi. Qahra mon-
larning ichki kechinmamalari shunday ko‘rsatib be rilgan
ediki, asar muallifning iste’dodiga qoyil qol maslikning
iloji yo‘q edi. Uni qissa yoki roman deb ham bo‘lmasdi.
Asarga bugungi zamon ruhiyatini kiritib, roman holiga
keltirish lozim edi. Bu fikrlar Akbarning butun ongini
egallab oldi. Fursat juda oz, chunki yozuvchi bir asarni
yaratish uchun unga qancha vaqt sarflashi barchga ayon.
80
Ibrohim Rixsiboyev
Ammo bu imkoniyatdan unumli foydalanish Akbarga
olamshumul omad keltirishi mumkin. U barcha ishlarini
yig‘ishtirib, fikrlarni birjoyga jamladi. Butun e’tiborini
asar ustida ishlashga qaratdi. Akbar ishni qahramonlarining
ism-shariflarini o‘zgartirishdan boshladi. Asarda aks et-
gan voqea-hodisalar o‘z holida qoldi. Kunlar oqar da-
ryo day shuvullab o‘tib borardi. Akbarning fikr-u xayoli
olamshumul mashhurlig-u adoqsiz muhlislarning e’ti-
borlarida, yaxshi fikrlarida edi. Asarda insonlarning
dardlari, mavjud muammolar, ularning yechimlari rangin
bo‘yoqlarda juda chiroyli ko‘rsatib berilgan edi. Kitob
nihoyasiga yetdi. Endi uni nashriyotga olib borib, chop
etish lozim. Akbarni nashriyot xodimlari bu asar meniki
emasligini bilib qolishsa-chi, degan xavotir chulg‘ab oldi.
Akbar qo‘lyozmaga uzoq vaqt tikilib turdi. Asar uning
tez orada mashhur bo‘lishi va bunday besteller asarni
yaratgan yozuvchidan kitobxonlar qayta-qayta shunday
asarlarni kutishini o‘ylab yuragi orziqdi. Kun kelib
shunga o‘xshash asar yaratib kitobxonlarga taqdim eta
olar ekanmanmi, deb xavotirga tushdi. O‘zicha hozirgi
vaziyatida tavakkal qilishni, eng to‘g‘ri yo‘l, degan to‘xtam
bilan qo‘lyozmani olib nashriyotga jo‘nadi.
Nashriyot eshigini yurak yutib ochdi. Har bir sohibi
ijodkorda tahririyat eshigiga kirar chog‘i shunday holat yuz
beradi. Uni hayajon ham deb atash mumkin, ayircha qo‘rqinch
deb ham atash mumkin. Xo‘sh, bu hayajon va qo‘rqinch
nima uchun paydo bo‘ladi? «Asarim muharrir qo‘lida xor
bo‘lmasmikin», asarga salbiy baho berilib, chop etish uchun
biron sabab yo‘qligini ro‘kach qilishmasmikin?» kabi
81
Dilga tashrif
xayollar oqibatida. Lekin qahramonimizni aytganlarimizdan
ham og‘irroq qo‘rqinch egallab olgan. Asar o‘ziniki emas,
muharrirning savollariga burro-burro javob bera oladimi?
Qanday javoblar orqali tilini burro qila oladi. Misol uchun
unga oddiy savollar berilsa: Asaringizni yozish fikri qachon
va nima sabab paydo bo‘ldi? Qahramonlaringizning
pro totiplari bormi? Uni yozishdan ko‘zlangan maqsad
nimalardan iborat? Bu savollarga nima deb javob qaytaradi?
Ikki savolgaku javobi yo‘q. Birgina oxirgi savol: – o ‘g‘rilik
natijasida, asosiy maqsadim puch obro-e’tibor, shon-u
shuhratga erishish, deb o‘g‘ri javob bera oladimi?
Bugun u qorovul yigitning hargalgidek qo‘llab quv-
vatlashlariga, daldasiga juda muhtoj. Shu sababdan ham uni
axtara boshladi. Qorovulning xonasida boshqa yigit o‘tirganini
ko‘rgan zahoti hayron bo‘lib, «kechirasiz, bu yerda bir tanishim
ishlar edi. Unga ko‘zingiz tushmadimi», dedi.
– Siz aytayotgan yigit ishdan bo‘shab ketdi, o‘rnida men
ishlayapman, – dedi yangi xodim. Akbar og‘ir xo‘rsinib:
– bu dargohda menga ishongan, dalda bera oladigan
faqatgina shu inson edi, afsus, – dedi.
Bu gaplarga pinagini ham buzmagan qorovul:–
binoga kirmoqchi bo‘lsangiz, shaxsingizni tasdiqlovchi
hujjatingizni ko‘rsating, – dedi.
Akbar ruxsatnomani yozdirib bo‘lgach, nash riyotga kira
olmay turdi, sababi hali ham bir qarorga kelaolmagandi.
Birdan eshikni ochishga qiynalib turgan kotiba qizga
ko‘zi tushdi. Yugurib borib eshikni ochdi. Kotiba qizning
tushlikdan kelayotgani uning qalinroq kiyinganidan bilinar
edi.
82
Ibrohim Rixsiboyev
– Voy Akbar aka, assalomu alaykum.
– Va alaykum assalom yaxshimisiz ishlar bilan qiy-
nalmay yurubsizmi?
– Yaxshi rahmat, ijodingizda nima yangiliklar, o‘sha
kuni hafa bo‘lmay ketdingizmi? Bilasizku, Mavlon Ak-
malovichning qo‘rsligini. Gap kelganda dunyoga keltirgan
onasini ham ayamaydi.
– Yo‘q, hafa bo‘lganim yo‘q.
– Bu boshqa gap, to‘g‘ri qilasiz, – dedi va Akbarning
qo‘lidagi qo‘lyozmaga ishora qildi, yangi asar yozdin-
gizmi?
– Bir asar yozgandim. Singlim, sizga bir iltimosim bor.
– Ha aytavering, qo‘limdan kelsa, bajonidil.
– Mana shuni bo‘limga topshira olmay sizmi?
– Bemalol bera qoling, – kotiba qiz qo‘lyozmani oldi.
Uning ortidan Akbar ishonqiramay qarab qoldi.
Azonlab Akbarning telefoni jiringladi, notanish raqamni
ko‘rgan Akbar ajablandi. Avallari hecham uni bunday
barvaqt bezovta qilishmas edi.
– Alo, eshitaman.
– Akbarjon yahshimisiz, – go‘shakdan Mavlon Ak-
malning ovozi yangradi.
Akbar, tush ko‘rmaypmanmi ishqilib, deb tilini tishladi.
Hayotda shunaqasi ham bo‘larkanmi tavba, Mavlon Ak-
malning o‘zlariku!
– Mavlon aka sizmi?
– Ha men Akbarjon, asaringiz og‘ushiga g‘arq
bo‘lganimdan kechasi ko‘zimga uyqu kelmadi. Uni bir
nafasda o‘qib chiqdim. Kirishib ketganimdan tong qanday
83
Dilga tashrif
otganini ham bilmay qoldim. O‘ylaymanki, nashriyotimiz
bu asarni chop etsa katta obro‘ga juda katta obro‘ga
erishadi. Men sizga ishonishimni har gapimning birida
ta’kidlaganimni yaxshi bilasiz. Endi gap bunday, boshqa
nashiriyotlarga kitobingizni topshirishni xayolingizga
ham keltirmang. Asarni biz chop etamiz. Qalam haqiga
kelsak bugunoq siz bilan shartnoma tuzamiz. – Bu
gap larini Mavlon Akmal bir nafasda aytgani uchun,
Akbarning quloqlari garang, turgan joyida tarashadek
qotib qolgan edi.
– Eshitayapsizmi meni Akbarjon, allo-allo, – deb baqir-
ganidan so‘nggina o‘ziga keldi.
– Ha bo‘ldi, bugunoq boraman!
– Bo‘pti, hali siz bilan ancha ishlarimiz bor, siz bizning
kelajagimizsiz, o‘zingizni ehtiyot qiling, hozircha xayr.
Akbar qaytib o‘rniga yotdi, biroq ko‘ziga uyqu kelmadi.
No nushtani ertaroq qilib, sayrga chiqdi. Ko‘chada hech
kim ko‘rinmaydi, onda-sonda mashinlar o‘tib qolar, hullas
kalom, hayolni bir joyga yig‘ib, o‘ylab olish uchun qulay
fursat.
Mavlon Akmal haqiqatni anglab yetsachi, yoki mening
yolg‘onimga sherik bo‘lib qolsachi. Axir uning asl maqsadi
katta daromad. Men bir amallab kitobni chop ettirib olsam,
keyin ortga yo‘l bo‘lmaydi. Xohlasa ham, xohlamasa
ham mening yolg‘onimni to‘g‘ri qabul qiladi. Hatto bu
sirni go‘rga olib keta oladiganlar xilidan. Asar meniki
emasligini butun dunyo bilsa mening ortimdan u ham
kasod bo‘ladi, eng yomoni qamoqqa ham birga kiramiz.
Men o‘yinni boshlab bo‘ldim. Endi oxiriga qadar turishim
84
Ibrohim Rixsiboyev
kerak, degan fikrni hosil bo‘lishida bomdoddagi sayr juda
qo‘l keldi. Lekin aziz o‘quvchi! Haqiqat shuki, o‘yin
boshlanish arafasida. Shu fursatda ham qahramonimizda bu
yolg‘ondan qaytish imkoniyati bor edi. Anglaganingizdek,
endi u vijdonli, oriyatli Akbar emas.
Nashriyot Akbar bilan shartnoma imzoladi. Asar
paydar-pay o‘n ming nusxada bosildi. Kitob ustida ishlagan
muharrirlardan tortib kitob yetkazib beruvchilar ham
asarni o‘qib chiqdi. Tonggi ko‘rsatuvlar, gazetalar barcha-
barchalari Akbar Qahramonov haqida gapirardi. Akbar
orzusiga yetgandi. Derazasi oldiga bir finjon qaynoq qahva
ko‘tarib borganida ko‘zi deraza ortidagi muxbirlarga tushdi.
Ularga o‘ng qo‘lini ko‘tarib, minnatdorchilik bildirdi. Foto
muxbirlar yosh adibni chiqillatib suratga olishdi. Akbar
ularga intervyu bersammikin yo bermaganim maqulmikan,
deb o‘ylab turganida qo‘l telefoni jiringlab qoldi.
– Eshitaman.
– Akbarjon, bu men – uyushma raisiman. Bugun sizdek
muhtaram adibimiz bilan uchrashuv tashkil qilmoqchi
edik.
Ha bu chin haqiqat, uyushma raisining o‘zi. Qahra-
monimizning ko‘nglida adabiy davralarda unga ko‘zi
tushgan zahoti rais bilan ko‘rishish istagi uyg‘onardi.
Raisning hovlisiga borsa shogirdchalari ichkariga
yo‘latmasdi. Qanday so‘zlar bilan deng: domlaning
qon bosimi ko‘tarilgan, kayfiyatlari yaxshimas, prezi-
dent bilan, vazir bilan, deputat bilan, hokim bilan
ko‘rishishlari zarur. Keyin falon viloyat-tumanga ijodiy
safarlari bor, degan vaj bilan. Bugun shogirdvachchalari
85
Dilga tashrif
emas shaxsan o‘zlari qo‘ng‘iroq qilib turibdilar. Bir
alamimni olib xumorimdan chiqay degan o‘yda:
– bugun bo‘sh vaqtim juda kam, keyinroq bafurja
suhbatlashamiz, – deb telefonini o‘chirdi.
Vo ajab, inson azaldan shunday fe’lga ega edimi,
bilmadim. Avval mulla mingan eshak kabi xokisor
bo‘ladi-da keyin esa muvaffaqiyat cho‘qqisida turib olib
istaganidan o‘chini oladi. Bilmadim, bu hol insonga qachon
odat bo‘laqolgan.
Akbar kitob ortidan havoiy nafsini birma bir qondirdi.
O‘z istagiga aylangan uy-joy, eng oldi mashina, so‘nggi
rusumdagi telefon, bejirim kiyim-kechak va hokazolarga
ega bo‘ldi.
Chin iste’dodga ega adibdan kitobxonlar hamma vaqt
yangi-yangi asarlarni kutishgan. Shu jumladan Akbar
ham o‘g‘irlagan asari bois kitobxonlarning tiliga va diliga
tushgan yozuvchi bo‘lib qoldi. Tushunganingizdek, ki tob-
xonlar undan yana bir yangi roman kutishardi. Avvallari
yozgan mashqlarini taqdim etay desa sir oshkor, etmay
desa ham sir oshkor bo‘ladigan vaziyat qurshovida qoldi.
Barini ochiqlaydigan bo‘lsa qamoqqa olinib, la’natlar
yomg‘iri ostida qoladi. Qancha unutishga urunmasin shu
qo‘rqinchli dam ertami kechmi boshiga keladi.
Kundan-kunga elektron pochta, internetdagi shax-
siy kanal
larining muhokama guruhlarida shunga
o‘xshash savollar kelib tushayabdi: hozirgi vaqtda
qaysi asar ustida ishlayapsiz, yangi asar e’lon qilish
vaqti kelmadimi, nahot boshqa asar yozolmasangiz.
Bu savvollarga javob bera olmasligini Akbar avvaldan
86
Ibrohim Rixsiboyev
bilar, lekin uni shu holga tushmasligim ham mumkinku,
degan puch o‘y ortidagi nafs vijdonini poymol etib
tanazzulga yuzlashtirdi.
Yana mantiqsiz rejalar tuza boshladi. Ehtimol Ernest
Xeminguey kabi o‘zimni otsam yoki Jek London singari
uyqu dorini keragidan ortiq ichib orom holatida jon
berganimdan so‘ng shu ikki buyuk yozuvchilar qatoridan
joy olarman. Tanqidchilar vaqti kelib, ular kabi Akbar
Qahramonov ham ijod qila olmay qolgani uchun o‘z joniga
qasd qildi, deb turli yodnomalar yozib, nomimni abadiyatga
muhrlashar. Qahramonimiz o‘ziga o‘zi gapira ketdi: ey
ahmoq, sen aytayotgan moziydagi adiblarda Xudo bergan
chin iste’dod bor ediku. Sening nimang bor? Talonchilik
orqali egalik huquqiga chiqqan asaringni aytmasa senda
nima bor? – degancha yotoqxonasiga kirib ketdi.
Erta tongda Akbar Qahramonovning yaqinlari ha-
shamatli xonadonidagi katta kutubxonasidan garchi pi-
choqqa ilinarli bo‘lmasa ham bir muncha mashqlari
yozilgan ijod stolidan jasadini topdilar. Ekspertizaning
xulosasiga ko‘ra, u margumushni sharbatga qo‘shib ichgan
ekan.
Uning o‘limidan keyingi amalga oshishi lozim bo‘l-
gan puxta rejalari natija bermadi. Allakimlarning tilidan
irodasizlikda, hayotga bepisand qaragan yengil tabiat inson,
shuning uchun ham o‘z joniga qasd qildi, degan gaplar
chiqa boshladi. Asar esa yosh avlod uchun salbiy ta’sir
o‘tkazishining oldini olish maqsadida kitob do‘konlaridan
yig‘ishtirib olindi. Eski hovlisidagi shaxsiy buyumlari
orasidan kundaliklari topilib, haqiqat oshkor bo‘lgandan
87
Dilga tashrif
so‘ng vaziyat juda yomonlashdi. Kimlardir o‘sha besteller
kitobni olov yoqish maqsadida, kimlardir meva-chevaning
tagiga, yana kimlardir pista po‘choq solgich sifatida
ishlatib yubordilar.
Azizlarim, qaysiki kasbda faoliyat yurutmang, doimo
haqiqatga hassa kabi tayaning. Axir oyni etak bilan
yopib bo‘lmaydi, degan ulug‘larimiz. Puch obro‘-e’tibor
mashhurlik yo‘lida qahramonimiz yurgan yo‘ldan yurmang.
Bu yo‘l sizni shak-shubhasiz tanazzulga olib boradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |