IV bob. Ayrim (namunaviy) texnologik jarayonlarga o‘ziga xos talablar, § 1. Yonuvchi bug‘-gazlar muhitlarni, suyuqliklarni va mayda dispersli qattiq mahsulotlarning uzatilishi (joylarini o‘zgartirilishi). 46. Uzatilayotgan yonuvchi mahsulotlarning ruxsat berilgan tezlik, bosim, harorat qiymatlari, uzatilayotgan moddalarning portlash xavfi bor xususiyatlarini (tavsifini) fizikaviy-kimyoviy xossalarini hisobga holda, jarayonni tayyorlovchi tomonidan belgilanadi.
47. Yonuvchi mahsulotlarni uzatuvchi nasoslar va kompressorlar uchun (nasoslar va kompressorlar guruhi), ularni masofadan o‘chirish, qoidadagidek masofadan boshqaruvchi so‘rish va haydash liniyalarida yoki ajratuvchi qurilmalar o‘rnatish nazarda tugilishi kerak.
Portlash xavfi bor mahsulotli, armatura turidagi, quvurlar uchastkalarini masofadan o‘chirish va ularni o‘rnatish joylari haqidagi qaror, quvurlarning uzunligidan va diametrlaridan kelib chiqqan holda, tashish (transportda) muhitning xususiyatiga bog‘liq holda har bir aniq vaziyatlarning loyihalashtirilishida qabul qilinadi.
48. Quvurlar orqali yonuvchi gazlarning va bug‘larning uzatilishida, uzatiluvchi muhitni kondensatsiyasiga yo‘l qo‘ymaslik choralari yoki transport tizimidan suyuqlikni ishonchli va xavfsiz chiqib ketishini ta’minlovchi choralari, hamda quvurlar va apparatlarda yonuvchi mahsulotlarning kristallanish holatiga yo‘l qo‘ymaslik choralari nazarda tutiladi.
49. Kristallangan mahsulotlarni qizdirish (eritish) uchun ochiq olovdan foydalanishga ruxsat berilmaydi. Qizdirishdan oldin qizdirilayotgan uchastkani bosim manbaidan (manbalaridan) va u bilan o‘zaro bog‘liq transport tizimining (quvurlar, apparatlar) texnologik uchastkalaridan oldindan ishonchli o‘chirish, hamda qizdirilayotgan muhitni o‘zaro bog‘liq obyektlarga dinamik (gidravlik va boshqalar) ta’sir qilish va ularning buzilish imkoniyatlariga yo‘l bermaslik bo‘yicha boshqa choralarni qabul qilish majburiydir.
50. Yonuvchi gazlarni kompressorlar yordamida siqish va uzatish qoidadagidek markazdan qochirma kompressorlar yordamida amalga oshiriladi.
51. Nasoslar va kompressorlar uchun konstruksiyalar va konstruksion materiallar, zichlovchi uskunalarni tanlash uzatiluvchi muhitning xususiyatidan va amaldagi me’yoriy hujjatlar talablaridan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi.
52. Nasoslar va kompressorlar uchun zichlovchi uskunalar germetikligi nazoratining usullari va vositalari, hamda ulardagi zichlovchi suyuqlik bosimi belgilanadi.
53. Uzatiluvchi gaz muhitidan suyuq fazani ajratib olish uchun kompressorning so‘rish liniyasiga separator o‘rnatiladi.
Separator nasoslar bilan blokirovkalanadi va sathni nazorat qiluvchi asboblar, maksimal sath bo‘yicha signalizatsiya va reglamentlangan sathga etilganda undan suyuqlikni chiqarishni ta’minlovchi avtomatizatsiya vositalari bilan ta’minlanadi.
54. Kompressorlarning so‘ruvchi liniyalari, odatda, ortiqcha bosim ostida bo‘lishi kerak. Bu liniyalarning past bosimli vakuumi ostida ishlashida gazda kislorod nazoratini amalga oshirish kerak; namuna olgichlarni o‘rnatilgan joylari va nazorat usullari loyiha tashkilotlari tomonidan aniqlanadi; yonuvchi gazda kislorod oshgan holatda, ya’ni ruxsat berilgan oxirgi qiymatdan baland bo‘lsa, bu liniyalarga kompressor uzatmasini yoki inert gaz berishni o‘chirilishini ta’minlovchi to‘siqlar (blokirovka) nazarda tutiladi.
55. Yonuvchi moddalarni transportda tashish tizimlari uchun quvurlar va apparatlarning ichki yuzalarida smolalanish, polimerizatsiyalanish, polikondensatsiyalanish va shu kabilar, mahsulotlarni qotib qolishi mumkin bo‘lganda, bu qatlamlardan samarali va xavfsiz tozalash uslublari va vositalari nazarda tutiladi, hamda bu vazifa (operatsiya) o‘tkazilishining davriyligi o‘rnatiladi.
56. Quvurlarda pnevmotransport bilan mayda dispersli qattiq yonuvchi mahsulotlarning uzatilishi, hamda tarkibida yonuvchi moddalar bo‘lgan emulsiya va suspenziya uzatish liniyalarida mahsulotlarning harakatini nazorat qilish usullari nazarda tutiladi va quvurlarning tiqilib qolishiga yo‘l qo‘ymaslik choralari ishlab chiqiladi.
57. Suyultirilgan yonuvchi gazlarni, tezda alanga oluvchi va yonuvchi suyuqliklarni haydash uchun ishlatiladigan nasoslar quyidagilar bilan ta’minlanishi kerak:
nasos korpusida uzatiluvchi suyuqlik yo‘qligida yoki qabul qiluvchi va sarflovchi sig‘imlarda uning sathlari ruxsat berilgan oxirgi qiymatlardan og‘ishida nasosning ishga tushishiga yo‘l qo‘ymaydigan yoki ishini to‘xtatadigan to‘siqlar (blokirovkalar) bilan;
qabul qiluvchi va sarflovchi sig‘imlarda parametrlar xavfli qiymatlariga etganida ogohlantiruvchi signalizatsiya vositalari bilan.
58. Cho‘ktirma nasoslar uchun elektrodvigatelni tok bilan ortiqcha yuklanishida ishlashiga yo‘l qo‘ymaydigan blokirovkaning qo‘shimcha vositalari, shuningdek nasoslarni ishlatish (ekspluatatsiya) harorati bo‘yicha inert gazini uzatish (berish) zarur bo‘lsa, nasoslar o‘rnatilgan apparatlarga inert gazi berish to‘xtatilganda ularni ishga tushirish va ishlatishga yo‘l qo‘yilmasligi.
59. Nasos (nasoslar)ni to‘xtatilishidan kelib chiqadigan texnologik jarayonning xavfli og‘ishiga (oldini olish) yo‘l qo‘ymaslik uchun yonuvchi suyuqliklarni boshqa usullarda berish tizimlarining ishonchliligini oshirish bo‘yicha choralar ishlab chiqiladi.
60. Muayyan joydagi hajmda bug‘-gaz aralashmalarining hosil bo‘lishi mumkin bo‘lgan suyuq mahsulotlarning transport tizimlarida, zaruriyat bo‘lganda yopiq tizimlarga yig‘ilib qolgan gaz va bug‘larni chiqarib tashlash uchun uskunalar nazarda tutiladi.
61. Bosim usuli bilan suyultirilgan yonuvchi gazlarni, tez alanga oluvchi suyuqliklarni uzatish inert gazlar yordamida amalga oshiriladi; SG (suyultirilgan gazlar) uchun ularni o‘zlarining gaz fazasi bosimi yordamida uzatishga ruxsat beriladi, TAS (tez alangalanuvchi suyuqliklar) va YoS (yonuvchi suyuqliklar) uchun esa, tegishli asoslanganda - yonuvchi gazlar bilan uzatishga ruxsat etiladi.
62. Qattiq yonuvchi materiallarni uzatilishi, asbob-uskunalar va kommunikatsiyalar ichida portlash xavfi bor aralashmalarning hosil bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaydigan usullar bilan amalga oshirilishi kerak.
Transportda tashish yoki flegmatizatsiya uchun inert gazlaridan foydalanishda, tizimda kislorod miqdorini (tarkibini) nazorat qilish usullari va vositalari nazarda tutiladi, shuningdek kislorodning oxirgi ruxsat berilgan konsentratsiyasiga etganda uzatilishni to‘xtatish choralari nazarda tutiladi.
63. Portlash xavfi bor aralashmalarni hosil bo‘lish imkonini beruvchi mayda dispersli yonuvchi materiallarni uzatilishida asoslangan zaruriyat bo‘lganda, alangani tizimda kengayishini (tarqalishini) oldini olish choralari ishlab chiqiladi.
64. Mayda dispersli qattiq yonuvchi materiallarni uzatilish tizimlari, qabul qiluvchi apparatlarda bu materiallarni eng yuqorigi sathga (darajaga) etganda, ularga mahsulotlarni berishni to‘xtatuvchi yoki ulardan chiqarib tashlash jarayoni (to‘xtatuvchi) tugaganda to‘siqlar (blokirovkalar) bilan ta’minlanadi.
65. Yuzadan yonuvchi changni olib tashlashni, siqilgan havo yoki boshqa siqilgan gaz yordamida amalga oshirilishi mumkin emas, shuningdek portlash xavfi bor chang-havo aralashmasini hosil qiluvchi boshqa usullarni ham qo‘llash kerak emas.