Portlash Yonish xavfi bor kimyo, neft kimyo va neft gazni qayta ishlash korxonalari uchUN PORTlash XAVFSIZLIGINING UMUMIY QOIDALARINI TASDIQlash to‘G‘risida


III bob. Texnologik jarayonlarda portlash xavfsizligini ta’minlashga talablar



Download 1,02 Mb.
bet4/33
Sana16.04.2022
Hajmi1,02 Mb.
#556000
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33
Bog'liq
Ёнғин хавфсизлиги

III bob. Texnologik jarayonlarda portlash xavfsizligini ta’minlashga talablar.
18. Har bir texnologik tizimlar uchun texnologik bloklarda portlash xavfsizligining maksimal kamaytirish bo‘yicha choralar nazarda tutilishi kerak, unga quyidagilar kiradi:
texnologik asbob-uskunalar ichida portlash va yong‘inlarning oldini olish;
texnologik asbob-uskunalarni buzilishlardan himoya qilish va avariya holatlaridagi germetiklikni buzilishida undan atmosferaga yonuvchi moddalarni maksimal darajada otilib chiqishini cheklash;
korxona (ishlab chiqarish) binolari, inshootlar va tashqi qurilmalar hajmida portlash va yong‘inlar sodir bo‘lish imkoniyatlariga yo‘l qo‘ymaslik;
ishlab chiqarish binolari, va tashqi qurilmalar hajmida portlash va yong‘inlarning og‘ir oqibatlarni kamaytirish.
19. Texnologik jarayonlar shunday tashkil etilishi kerakki, undagi parametrlarning reglamentlangan qiymatlarida tizimda portlash imkoniyatlariga yo‘l qo‘ymaslik kerak. Portlash xavfliligini aniqlovchi jarayon parametrlarning reglamentlangan qiymatlari, ularning o‘zgarishiga yo‘l qo‘yiladigan diapazon, jarayonni o‘tkazishni tashkil etish (apparaturali jihozlash va texnologik apparatlar konstruksiyalari, ishlatilayotgan moddalarning fazoviy holati, gidrodinamik rejimlar va boshqalar) jarayonni (tayyorlovchi) ishlab chiquvchi tomonidan parametrlarning kritik qiymatlari yoki jarayonda ishtirok etayotgan moddalar majmui haqidagi ma’lumotlar asosida jarayonni ishlab chiquvchi tomonidan o‘rnatiladi.
20. Xar bir texnologik jarayon uchun parametrlarning kritik qiymatlarining majmui aniqlanadi. Parametrlarning o‘zgarishga ruxsat etilgan diapazoni texnologik jarayonning tavsifini hisobga olgan holda belgilanadi.
21. Boshqaruv tizimining texnologik tavsifi va Avariyaga Qarshi Avtomatik Himoya talab etilgan diapazonda (asboblarning aniqlik toifasi, o‘lchash tizimi inertliligi, o‘lchash diapazoni va boshqalar) jarayon parametrlari qiymatining o‘zgarishligiga mos kelishi kerak.
22. Parametrlarning belgilangan chegaradan tashqariga chiqish usul va vositalari, ishlab chiqarish (korxona)dagi loyiha hujjatlari va texnologik reglamentlarda keltiriladi;
a) Alohida texnologik jarayon yoki uning bosqichlarini portlash-yonish xavfsizligi sharoitida olib borish quyidagicha ta’minlanadi:
portlash-yonish xavfi bor aralashmalar eki mahsulotlar hosil bo‘lishini maksimal kamaytirish yoki yo‘l qo‘ymaslik sharoitlaridan kelib chiqqan holda o‘zaro ta’sirdagi komponentlarni ratsional tanlash;
komponentlarni dozalashni ratsional rejimini tanlash, reglamentlangan qiymatlardan ularning o‘zaro nisbatining og‘ishi imkoniyatlaridan saqlash (oldini olish) va tizimda portlash xavfi bor konsentratsiyalar hosil bo‘lishini oldini olish;
fizikaviy-kimyoviy jarayondan kelib chiqqan holda, ishlab chiqaruvchi (tayyorlovchi) tomonidan belgilangan, zarur bo‘lgan vaqtda texnologik muhitga qo‘shimcha moddalarni inert suyultirgich — flegmatizatorlar, inert suyultirish hosil bo‘lishiga olib keluvchi moddalar yoki portlash-yonish xavfi bor aralashmalarni hosil qilinishiga to‘sqinlik qiluvchi moddalar olib kirish bilan;
jarayonining gidrodinamik tavsifini (muhitning hamda komponentlarning aralashtirish, harakatlanish usullari va rejimi, oqimning bosimi va tezligi) va issiqlik almashish tavsifini (issiqlik bosimi, issiqlik uzatish koeffitsiyenti, issiqlik almashish yuzasi va shu kabilar), apparatlarning geometrik parametrlarini va boshqalarni ratsional tanlash bilan;
portlash xavfi bor aralashmalarni hosil bo‘lishini kamaytiruvchi yoki yo‘l qo‘ymaydigan fazo holatidagi komponentlarni ishlatish bilan;
portlash-yonish xavfini kamaytiruvchi texnologik muhit holatining parametrlari qiymatini (tarkib, bosim, harorat);
ishonchli energiya ta’minotini tanlash bilan.
b) Texnologik tizimning portlash-yonish xavfsizligi quyidagi optimal sharoitlar bilan ta’minlanadi:
loyihalash bosqichida aniqlanadigan minimal imkoniyatlarga ega nisbiy energetik potensiali (Qv) bilan unga kiruvchi texnologik bloklar texnologik tizimni ratsional tanlash bilan;
portlash xavfsizligi darajasini kamaytirishga imkon berilishi bilan alohida texnologik operatsiyalarni jarayonlar yoki bosqichlar qatoriga taqsimlash (bo‘lish) (bir nechta bosqichga komponentlarni aralashtirish, jarayonlarni reaksion va massa almashishga bo‘lish va boshqalar) yoki bir nechta jarayonlarni bitta texnologik operatsiyaga jamlash (birlashtirish) (reaksion reaksion bilan, reaksion massa almashish bilan va boshqalar) bilan;
keyingi operatsiyalarda portlash-yonish xavfi bor muhit kelib chiqishini oldini olish maqsadida texnologik tizimga qo‘shimcha jarayon yoki bosqich kiritish (portlash-yonish xavfi bor aralashma hosil bo‘lish imkonini beruvchi aralashmalardan tozalash yoki keyingi bosqichlarda xavfsizlik (muhitini) darajasini oshirish va boshqalar) bilan.
23. Tarkibiga, davriy harakatdagi, alohida apparatga kiruvchi, uzluksiz harakatdagi texnologik tizim uchun uzluksiz texnologik liniyalardan davriy harakatdagi apparatlarni o‘chirish (yoqish)da reglamentli operatsiyalar olib borishda portlash xavfsizligini ta’minlovchi choralar hamda o‘chirishdan so‘ng ularda olib boriladigan operatsiyalar nazarda tutiladi.
24. Texnologik jarayon olib borilishida reglamentlangan rejimdan og‘ishda portlash-yonish xavfi bor aralashmalar hosil bo‘lishi texnologik qurilmalar (asbob-uskunalar, quvurlar, apparatlar, texnologik ehtimoli bor liniyalar va boshqalar) inert gazlar, flegmalashtiruvchi qo‘shimchalarni uzatish tizimlari bilan yoki portlash xavfi bor aralashmalar hosil bo‘lishini yoki yong‘in chiqish manbai bor bo‘lganda, ularda portlash imkoniyatlarini oldini oluvchi boshqa texnika vositalar bilan ta’minlanadilar. Inert gazlari va flegmalashtiruvchi qo‘shimchalarni uzatish tizimini boshqarishda texnologik jarayonni olib borishdagi o‘ziga xos xususiyatlariga qarab masofadan boshqarish amalga oshiriladi (qo‘lda yoki avtomatik ravishda). O‘z tarkibida I va II toifali portlash xavfi bor texnologik bloklarga ega ishlab chiqarishlar uchun inert muhitlar uzatishni avtomatik boshqarish III toifa texnologik blokli ishlab chiqarishlar uchun avtomatik emas, masofadan boshqarish nazarda tutiladi, QB < 10 da joyi bo‘yicha qo‘lda boshqarishga ruxsat beriladi.
25. Asbob-uskunalarni (apparatlar, quvur qismlari va boshqalar) ishga tushirish yoki to‘xtatishda texnologik tizimlarini portlash xavfsizligini ta’minlash uchun portlash xavfi bor aralashmalar tizimda hosil bo‘lishini oldini olishga maxsus choralar (shu jumladan inert gazlar bilan puflash) nazarda tutiladi.
Loyiha hujjatlarida texnologik o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda ishlab chiqiladi va harakatsiz zonalar hosil bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun ularni inert gazlari bilan puflash usullari, asbob-uskunalarni ishga tushirish va to‘xtatish rejim va tartibi reglamentlanadi.
Puflash samarasini nazorat qilish, chiqib ketayotgan gazlarda kislorod va (yoki) yonuvchi moddalar miqdori bo‘yicha avtomatik rejimda yoki namunalarni davriy olish usuli bilan, puflash jarayonini o‘tkazishning aniq shartlarini hisobga olgan holda, amalga oshiriladi.
26. Har bir texnologik obyekt uchun inert gazlarning va ularni transportda tashish usuli texnologik tizimning ishlash xususiyatlari, bir paytda yuklashni hisobga olgan holda tanlanadi va loyiha bilan aniqlanadi. Inert muhitlarining parametrlari texnologik jarayonni xavfsizligini ta’minlash sharoitlaridan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
27. Texnologik tizimlar ko‘rsatkichlarni va halokat sodir bo‘lish oldi (zarur bo‘lganda — ogohlantiruvchi) signalizatsiyalarni ro‘yxatga olish orqali jarayonni portlash xavfsizligini aniqlovchi parametrlarini nazorat qilish vositalari bilan, hamda avtomatik boshqarish va avariya sodir bo‘lishiga qarshi himoya vositalari bilan ta’minlanadilar.
Avtomatizatsiya tizimlariga va vositalariga talablar ushbu qoidaning VI-bobi bilan belgilanadi.
Agarda u yoki bu parametrlar bo‘yicha avtomatik nazorat va berilgan diapazonda boshqarish mumkin bo‘lmasa, unda jarayonni portlash xavfsizligini ta’minlovchi usullar va vositalar, jarayonni olib borish sharoitlarini hisobga holda, har bir aniq holat uchun belgilanadi.
28. Portlash xavfi bor texnologik jarayonlar uchun, ishlashning barcha rejimlarida reglamentlar nazarda tutilgan jarayonning ruxsat etilgan parametrlarining oxirgi darajadagi parametr qiymatidan og‘ishida avariya holatlarini ogohlantiruvchi va xavfsiz to‘xtatish yoki berilgan dastur bo‘yicha jarayonni xavfsiz holatga o‘tkazishni ta’minlovchi avariyaga qarshi avtomatik himoyaning tizimlari nazarda tutiladi.
29. Avariya sodir bo‘lishiga qarshi avtomatik himoya tizimlari, qoidaga ko‘ra, texnologik jarayonni boshqarishning umumiy tizimiga kiritiladi. Signallarning ishlab ketishi uchun shakllantirish ishlatilayotgan moddalar xossalari va jarayon xususiyatlari bilan aniqlanadigan parametrlarning yo‘l qo‘yiladigan reglamentlangan qiymatlariga asoslanishi kerak.
30. O‘z tarkibida portlash xavfi bor (xavfliligi bo‘yicha) I va II toifali texnologik bloklarga ega, obyektlarning avariyaga qarshi avtomatik himoya tizimlar uchun, mikroprotsessor va hisoblash texnikasini ishlatish ko‘zda tutiladi, portlash xavfi bor III toifali blokli obyektlar uchun esa avtomatizatsiya vositalaridan foydalanish yetarli.
31. O‘z tarkibida portlash xavfi bor I toifali texnologik bloklarga ega davriy jarayonli texnologik obyektlar reglamentlangan ish rejimiga chiqish va to‘xtatish, nazoratni va falokatga qarshi himoyani ishga tushirish va to‘xtatish tizimlari bilan ta’minlanadi.
32. Texnologik tizimning energetik barqarorligi, unga kiruvchi bloklar portlash xavfi bor toifasini hisobga olgan holda, texnologik jarayonlarning xususiyatlari, energiya ta’minotining tanlash ratsional sxemasi, elektr ta’minoti (asosiy va zaxira) manbaining sopi, ularning ishonchliligi bilan ta’minlanadi, quyidagilarning kelib chiqishiga imkon berilmasligi kerak:
tizimning germetikligini buzilishiga (harakatlanuvchi birikmalar zichligining germetizatsiyasizlanishi, bosim oshirilishidan asbob-uskunalarning buzilishi va boshqalar);
tizimda portlash xavfi bor muhitni paydo bo‘lishi (reaksion zonada mahsulotlarning bo‘lish vaqtini uzayishi hisobiga, ularga mahsulotlarning kelib tushish mutanosibligi buzilishi boshqarilmaydigan jarayonlar rivojlanishi va boshqalar).
Texnologik jarayonning energetik barqarorligini belgilovchi parametrlar, bu barqarorlikni ta’minlovchi vositalar va usullar, jarayonni ishlab chiqishda aniqlanadi va reglamentga kiritiladi.
33. Texnologik jarayonlar parametrlarning kritik qiymatlarida amalga oshirilmasligi kerak, shu jumladan portlash mintaqalarida ham. Kritik qiymatlar doirasida (portlash qiymatlari doirasida) jarayonni o‘tkazishga asoslangan zaruriyat bo‘lganda, jarayonda ishtirok etayotgan mahsulotlar uchun o‘t oldirishning minimal energiyasidan yoki haroratidan yuqori energiyali va haroratli, asbob-uskuna ichida portlash keltirib chiqaradigan manbaalarning borligicha yoki paydo bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaydigan usullar va vositalar ko‘zda tutilishi kerak.
Bu o‘t olish manbalari hosil bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaydigan yoki ularni energiyasi kamayishini ta’minlaydigan, har bir aniq holatlarda usul va vositalarni tanlash, portlash xavfi bor toifalarini texnologik xususiyatini va ushbu Qoida talablarini hisobga olgan holda aniqlanadi.
34. Xavfli o‘t olish manbaalarini yo‘qotilishini imkoni yo‘q, portlash xavfi bor muhitli texnologik tizimlar, portlashdan ogohlantirish va asbob-uskunalar va quvurlarni buzilishlardan himoya qilish vositalari bilan ta’minlanishi kerak (membranalik saqlash moslamalari, portlash klapanlari, inert gaz bilan flegmatizatsiyalash tizimlari, alangani cheklovchi vositalar va boshqalar).
35. Havo bilan portlash xavfi bor aralashmalarni hosil qilish qobiliyatiga ega yonuvchi mahsulotlarni (gazsimon, suyuq, qattiq) ishlatadigan texnologik tizimlar germetik bo‘lishi kerak va hamma ish rejimlarida bu moddalarning atrof muhitdagi xavfli konsentratsiyasi hosil bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak. Xavflilik omillarini hisobga olgan holda germetizatsiya talablari ushbu Qoidaning IV-bobda keltiriladi.
36. Asbob-uskunalarda portlash va yong‘inni oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlar jarayonning ish parametrlarida ishlatilayotgan moddalarni portlash-yonish xavfi ko‘rsatkichlarini hisobga olgan holda ishlab chiqiladi.
37. Bino va ichida portlash va yong‘inni oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqilayotganda, yong‘in xavfsizligi talablari hisobga olinishi kerak.
38. Qattiq changlanuvchi va dispers moddalar ishlatilishi bilan bog‘liq bosqichlardagi texnologik tizimlar uchun tashqi uskunalar, xonalar atmosferasida (ish zonasida) yonuvchi chang kirishini va ularni asbob-uskunalarda va qurilish konstruksiyalarda to‘planishi maksimal kamaytiruvchi tadbirlar va vositalar, hamda chang tozalash, uning davriyligi va havoning changchiligining nazorati ko‘zda tutiladi.
Qattiq dispers yonuvchi moddalar, qoidaga ko‘ra asosan, eritma, pasta yoki namlangan holatda apparaturaga kiritiladi va ishlov beriladi.
39. Har bir texnologik blok uchun uning energetik potensialini hisobga olgan holda loyiha tashkiloti tomonidan chora-tadbirlar ishlab chiqiladi va atrof muhitga yonuvchi mahsulotlarning chiqishini olishga qaratilgan yoki ularning miqdorini maksimal cheklanishiga qaratilgan vositalar ko‘zda tutiladi, hamda portlash haqida ogohlantirish va ishlab chiqarishdagi xodimlarni jarohatlanishini oldini olish ko‘zda tutiladi.
Har bir aniq holatlarda tanlangan tadbirlar va vositalar yetarlicha asoslanadi.
a) O‘z tarkibida portlash xavfi bor I va II toifali texnologik bloklariga ega ishlab chiqarishlar uchun quyidagi maxsus tadbirlar ishlab chiqiladi;
texnologik asbob-uskunalarni maxsus portlashdan himoyalovchi konstruksiyalarga joylashtirish;
maxsus ishlab chiqarishni avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimi va jarayonni avtomatik tartibga solishni ta’minlovchi mikroprotsessor texnikasidan foydalanish orqali avariyaga qarshi himoya bilan jihozlashlarda, avariyali otilib chiqishda o‘chirish operatsiyasini bajarish ketma-ketligini va vaqtini aniqlovchi maxsus dasturlar bo‘yicha korxonani avariyasiz to‘xtatish, hamda jarayonni olib borishda, ishlab chiqarishni ishga tushirishda va to‘xtatishda ishlab chiqarish xodimlarining nojo‘ya harakatlari imkoniyatlarini kamaytirish yoki yo‘l qo‘yilmaslik kerak.
b) O‘z tarkibida portlash xavfi bor III toifali texnologik bloklariga ega korxonalar, avtomatik (hisoblash texnikasini ishlatilishi bilan) tartibga solish tizimlari, qiymatlari jarayonda portlash xavfi borligi bilan aniqlanadigan parametrlarni nazorat vositalari, texnologik parametrlarni reglamentdagi qiymatlariga yoki jarayonni to‘xtatishiga olib kelishni ta’minlovchi samarali tezkor tizimlar bilan jihozlanadilar.
QB
<10 ga ega texnologik bloklar uchun qiymati portlash xavfi bor jarayonni aniqlaydigan parametrlarning avtomatik nazoratini qo‘l bilan tartibga solishga yo‘l qo‘yiladi.>
v) Tizimlarning halokatli germetikligining buzilishida yonuvchi va portlash-yonish xavfi bor moddalarni atrof muhitga otilib chiqishini maksimal kamaytirish uchun quyidagilar nazarda tutiladi:
I toifali portlash xavfi bor texnologik bloklar uchun — ishlab ketishi vaqti 12 soniyadan ortiq bo‘lmagan avtomatik tez harakatlanadigan birkituvchi va (yoki) ajratuvchi qurilmalarni o‘rnatish;
II va III toifali portlash xavfi bor texnologik bloklar uchun — masofadan boshqariladigan va ishlab ketish vaqti 120 soniyadan ortiq bo‘lmagan birkituvchi va (yoki) ajratuvchi qurilmalarni o‘rnatish;
energetik potensiali nisbiy qiymati Qv < 10 ga ega bloklar uchun dastakli birkituvchi qurilma o‘rnatishga ruxsat beriladi, unda ratsional joylashtirish (operatorni ish joyiga ruxsat berilgan maksimal yaqinlashuvi) hisobiga ularni harakatga keltirishning 300 soniyadan ortiq bo‘lmagan minimal vaqti nazarda tutiladi.
Bunda oqimlarning xavfsiz to‘xtatilishi va gidravlik zarbalar bo‘lmasligi shartlari ta’minlanishi kerak.
g) Barcha toifali portlash xavfi bor texnologik bloklar uchun va (yoki) portlash-yonish xavfi bor mahsulotlar ishlatadigan alohida apparatlar uchun avariyali bo‘shatish tizimlari nazarda tutiladi, ular tez harakatlanadigan birkituvchi qurilmalar bilan butlanadi.
I va II darajali toifali portlash xavfi bor texnologik bloklarning avariyali bo‘shatish tizimlari avtomatik boshqariladigan uzatmalarga ega berkitish qurilmalari ta’minlanadi, III toifali bloklar uchun xavfsiz joyga joylashtirilgan va minimal reglamentlangan ishlab ketish vaqtiga ega dastakli vositalarni ishlatilishiga ruxsat beriladi.
40. Texnologik bloklarni ishlatilayotgan mahsulotlardan avariya holatida bo‘shatish uchun texnologik qurilmalarning asbob-uskunalari yoki bo‘shatishning maxsus avariya tizimlari ishlatilishi mumkin. Bo‘shatishning maxsus avariya tizimlari quyidagi talablarga javob berishi kerak:
doimo tayyorgarlik holatida bo‘lishi;
tizimning o‘zida va ularning atrofidagi atmosferada portlash xavfi bor aralashmalar hosil bo‘lishiga, hamda avariya holatini rivojlanishiga yo‘l qo‘ymasligi;
bo‘shatishning imkon bo‘lgan minimal vaqtini ta’minlashi;
nazorat va boshqaruv vositalari bilan ta’minlanganligi avariya sodir bo‘lish holatida bo‘shatish maxsus tizimlari boshqa maqsadlar uchun ishlatilmasligi kerak.
41. Avariya sodir bo‘lish holatida bo‘shatish maxsus tizimlarining sig‘imi texnologik jarayonni xavfsiz to‘xtatish sharoitlari bilan aniqlaydigan qabul qilinadigan mahsulotlar miqdorida hisoblab chiqiladi.
42. Chiqarib yuboriladigan yonuvchi gazlar va mayda dispersli materiallar kelajakda foydalanish uchun berk tizimlarga yoki tartibli yoqish tizimlariga yuborilishi kerak. Toza vodorod bundan istisno bo‘lishi.
43. Aralashtirilganda portlash xavfi bor aralashmalarni yoki beqaror birikmalarni hosil qiluvchi moddalari bor gaz chiqindilarini birlashtirilishiga yo‘l qo‘yilmasligi kerak.
Turli bosimli apparatlardan bug‘-gaz muhiti chiqindilarining gaz liniyalari birlashishida yuqori bosimli apparatdan past bosimli apparatlarga muhitning oqib o‘tishini oldini olish choralari nazarda tutilishi kerak.
44. Gazlarni chiqarish liniyalarida gaz oqimida suyuq faza bo‘lganda uning chiqib ketishiga yo‘l qo‘ymaydigan qurilma o‘rnatish nazarda tutiladi.
45. Berilgan texnologik rejimdan chetga chiqilgandagi jarayonlarda inert gazlar berish liniyalariga portlash-yonish xavfi bor mahsulotlar kelib tushishi mumkin bo‘lganligi sababli liniyaga qaytarma klapan o‘rnatiladi.

Download 1,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish