T.R.
|
TERMIN
|
TERMIN IZOHI
|
1.
|
Avariyali germetiksizlanishi
|
Apparaturada portlash yoki atmosferaga yonuvchi muhitni chiqishi imkoniga olib keluvchi kimyo-texnologik tizim asbob-uskunalari elementlarining butunligining va (yoki) germetikligining nazorat qilinmaydigan buzilishi.
|
2.
|
Avtomatlashtirilgan boshqaruv
|
Inson ishtirokida texnologik jarayonni nazorat va avtomatika vositalari va elementlari, hisoblash texnikasidan foydalanish bilan va ular boshqaruvidagi ijro qurilmalari bilan boshqarish.
|
3.
|
Avtomatik boshqaruv
|
Inson ishtirok etmagan holda texnologik jarayonni nazorat va avtomatika vositalari va elementlari, hisoblash texnikasidan foydalanish bilan va ular boshqaruvidagi ijro qurilmalari bilan boshqarish.
|
4.
|
Portlash xavfi bor moddalar
|
Portlash xavfi bor muhitni mustaqil yoki oksidlovchi aralashma bilan hosil qilish imkoniyati bor moddalar (materiallar).
|
5.
|
Portlash xavfi bor texnologik blok
|
Apparaturada portlash yoki atmosferaga yonuvchi muhitni chiqishi ehtimolli texnologik va ishlab chiqarish operatsiyalarini bajarishda berilgan rejimdan va reglamentlangan shartlardan og‘ishidagi texnologik blok.
|
6.
|
Birdaniga (bir yo‘la) otilib chiqish
|
Asbob-uskunalarning avariyali yoki boshqa sabablarga ko‘ra germetiksizlanishida atmosferaga katta miqdorda yonuvchi yoki portlash xavfi bor moddalarni qisqa muddatda otilib chiqishi.
|
7.
|
Portlash xavfi bor darajalari bo‘yicha texnologik bloklarining tasnifi
|
Texnologik tizimlar va ishlab chiqarish xonalarining to‘liq berkitilgan hajmlarida bug‘ bulutlari portlaganida ishtirok etishi mumkin bo‘lgan va texnologik bloklardagi tipik avariyalarda atmosferaga chiqishi mumkin bo‘lgan yonuvchi bug‘-gaz muhiti massalariga olib kelingan va energetik potensialining nisbiy qiymatlari bo‘yicha texnologik bloklarning gradatsiyasi.
|
8.
|
Parametrlarning kritik qiymatlari
|
Texnologik tizimda portlash vujudga kelish ehtimolida yoki texnologik apparatura germetiksizlanishida va yonuvchi muhitning atmosferaga chiqish ehtimolida bitta yoki o‘zaro bog‘langan bir nechta parametrlarining (berilgan rejim bilan material muhitning tarkibi, bosimi, harorati, harakat tezligi, zonada bo‘lish vaqti bo‘yicha) eng oxirgi qiymatlari.
|
9.
|
Texnologik blokning umumiy energetik potensiali
|
Texnologik blokning to‘satdan avariyali ochilishidagi bug‘-gaz muhiti adiabadik kengayishi, mavjud ichki va tashqi (atrof muhit) energiyalar hisobiga suyuqliklardan hosil bo‘ladigan bug‘lar (gazlar) to‘liq yonishining energiyalari yig‘indisi.
|
10.
|
Parametrning xavfli qiymati
|
Reglamentdan tashqariga chiqqan va eng so‘ngi ruxsat berilgan qiymatga yaqinlashgan parametr qiymati.
|
11.
|
Nisbiy energetik potensial
|
Bevosita zarbali to‘lqin shakllanishiga texnologik blokning umumiy energetik potensiali sarflanishi shartida texnologik blokda bug‘-gaz muhitining portlashidan kelib chiqishi ehtimoli bo‘lgan buzilishlarining darajasi va masshtablari ko‘rsatkichi.
|
12.
|
AQAH (PAZ)
|
NO‘AvaA vositalari va elementlari, hisoblash texnikasi va ularni boshqarish ijro qurilmalariga tayanuvchi avariyaga qarshi avtomatik himoya.
|
13.
|
Potensial portlash xavfi bor texnologik jarayon
|
Texnologik apparaturada portlash vujudga kelishi yoki atmosferaga yonuvchi muhitni chiqib ketishi ehtimoli bor reglamentlangan ishchi qiymatlaridan parametrlar og‘ishida, yonuvchi va portlash xavfi bor material muhitlari boriligida o‘tkaziladigan texnologik jarayon.
|
14.
|
Avariya oldi signalizatsiyasi
|
Texnologik jarayonning parametrlari ruxsat berilgan eng oxirgi qiymatiga etganida ishlab ketadigan signalizatsiya.
|
15.
|
Parametrlarning ruxsat berilgan eng oxirgi qiymatlari
|
Texnologik jarayonda parametrning kritik qiymatidan, uning eksperimental yoki hisoblash tavsifda xatosi summasiga teng kattaligi va parametrlarni o‘lchash, nazorat qilish tartibga solish va AQAH vositalarining xatoliklaridan farqlanadigan potensial portlash-yonish xavfi bor muhitlardagi kritik oldi qiymatlari.
|
16.
|
Ogohlantiruvchi signalizatsiya
|
Texnologik jarayon parametrining ogohlantiruvchi qiymatiga etilganda ishlab ketadigan signalizatsiya.
|
17.
|
Parametrning ogohlantiruvchi qiymati
|
Texnologik jarayon parametrining reglamentlangan (ruxsat berilgan) qiymati chegarasidagi parametr qiymati.
|
18.
|
Bug‘-gaz muhitning keltirilgan massasi
|
To‘liq yonish energiyasi yagona solishtirma yonish issiqligi 46 • 103 kDj/kg bo‘yicha aniqlanadigan portlash xavfi bor bug‘-gaz muhitidagi yonuvchi modda massasi.
|
19.
|
Texnologik muhit parametrlarining reglamentlangan qiymatlari
|
Berilgan yo‘nalishda xavfsiz oqishi mumkin bo‘lgan texnologik jarayonda texnologik muhit holatini tavsiflovchi parametrlar qiymatining jamlamasi.
|
20.
|
Texnologik muhit
|
Texnologik apparaturada (texnologik tizimda) joylashgan va xarakatlanayotgan xom-ashyo materiallar, reaksion massa, yarim mahsulotlar, tayyor mahsulotlar.
|
21.
|
Texnologik blok
|
Yonma-yon apparatlarda yoki tizimlarda avariyani rivojlanishiga olib keladigan rejimni xavfsiz o‘zgartirishda texnologik tizimdan berilgan vaqtda o‘chirilishi (ajratilishi-izolirovaniye) mumkin bo‘lgan apparat yoki apparatlar guruhi(minimal sonda).
|
22.
|
Texnologik obyekt
|
Hududiy birlashgan va texnologik oqimlar (potok) bilan bog‘langan apparatlar guruhidan iborat kimyo-texnologik tizimlar qismi.
|
23.
|
Texnologik jarayon
|
Apparatda (o‘zaro bog‘liq apparatlar tizimida, agregatda, mashinada) maqsadga muvofiq moddalarning fizik-kimyo almashinuvining va material muhit parametr qiymatlari o‘zgarishining jamlamasi.
|
24.
|
Portlashning trotil ekvivalenti
|
Zarbali to‘lqinni tayyorlashda bug‘-gaz muhitida (BGM) yonuvchi modda portlashidagi haqiqiy ulushini, BGM va trinitrotoluol (TNT) portlashida energiya sarfi ulushini hisobga olib, BGM portlashida buzulish darajasi bo‘yicha portlashning adekvatligida TNTning shartli massasi.
|
25.
|
Shartli trotil ekvivalenti
|
Faqat zarbali to‘lqin shakllanishidagi BGM ning sarfida, uning barcha massasining portlash energiyasiga mos TNT ning shartli massasi.
|
26.
|
Kimyo-texnologik tizim
|
O‘zaro bog‘liq texnologik oqimlarning va belgilangan ketma-ketlikda texnologik operatsiyalarni amalga oshirilayotganida (xom-ashyoni reaksiyaga tayyorlashda, mahsulotlarning maqsadli va yordamchi kimyoga xos almashinishi va ajratilishi) yaxlit harakatlanayotgan apparatlar jamlamasi.
|
27.
|
Texnologik blokning (tizimning) energetik chidamliligi
|
Aniq texnologik bloklarning (tizimlarining) portlash xavfliligini kompleks tahlilida aniqlanadigan energiya ta’minlanishini to‘satdan to‘xtatilganida turli avariyalar vujudga kelishi imkoniyatlari(ehtimoli) va rivojlanishining tavsifi.
|