Texnologik bloklarning portlash xavfliligi bo‘yicha toifa ko‘rsatkichlari
Portlash xavfliligi toifasi
|
Qv
|
m, kg
|
I
|
>37
|
> 5000
|
II
|
27 — 37
|
2000 — 5000
|
III
|
< 27
|
<2000
|
3. Ushbu ilovada bayon etilgan asosiy prinsiplarni hisobga olgan holda tipovoy texnologik liniyalar va alohida jarayonlar uchun bloklarning portlash xavfliligining darajasini hisoblash va baholash uslublarini ishlab chiqish mumkin. Uslublar belgilangan tartibda Davlat “Sanoatkontexnazorat” inspeksiyasi bilan kelishilishi kerak.
Portlash-yonish xavfi bor kimyo, neft-kimyo va neft-gazni qayta ishlash ishlab chiqarishlari uchun portlash xavfsizligining umumiy Qoidalariga
2-ILOVA
Portlashda qatnashadigan moddalar massasini va buzilishlar (emirilish) zonasi radiusini hisoblash.
Bug‘-gaz muhiti, shuningdek portlash hususiyatiga ega qattiq va suyuq kimyoviy beqaror birikmalarning (peroksid birikmalari, atsetilenidlar, turli sinfdagi nitrobirikmalar, smolalanish mahsulotlari, azot (Sh)-xlorid va boshqalar) portlash ta’siridan obyekt va xodimlarni himoya qilish bo‘yicha texnik tadbirlarning asosiy yo‘nalishlarini tanlashda bu hisoblash qo‘llanishi mumkin.
Hisoblash portlashda qatnashadigan modda massasining taxminiy qiymatini beradi.
1. Ushbu hisoblashda sanoat obyektlarida yirik masshtabli portlashlarni va eksperimental portlashlarni tadqiqoti natijalari bo‘yicha quyidagi shartlar va taxminlar qabul qilingan.
1.1. Hisoblashlarda bug‘-gaz muhitlarining umumiy keltirilgan massalari m va 1-ilovaga muvofiq texnologik bloklarning portlash xavfliligini miqdoriy baholashda olingan ularga mos energetik potensiallari E qabul qilinadi.
Aniq real sharoitlar uchun m va E qiymatlari, ichki va tashqi energiyalar ta’sirida atmosferada yonuvchi suyuqlikning dispersiya effekti, texnologik tizimning ochilish hususiyati, yonuvchi mahsulotning atmosferaga oqib chiqish, tezligi va boshqa bo‘lishi mumkin faktorlarni hisobga olgan boshqa usullar bilan aniqlanishi mumkin.
Qattiq va suyuq kimyoviy beqaror birikmalar massasi Wk texnologik tizim, blok, apparatlarda ularning miqdori bo‘yicha aniqlanadi.
1.2. Portlashda qatnashadigan bug‘-gaz moddalarning massasi quyidagicha aniqlanadi:
m’= zm, (1)
bu yerda z — portlashda qatnashayotgan bug‘-gaz moddalarning keltirilgan massalari ulushi.
Umumiy hollarda, yopiq bo‘lmagan fazoda katta massali yonuvchi moddalarga ega tarqoq bug‘-gaz bulutlar uchun portlashda moddalarning qatnashish ulushi 0,1 ga teng deb qabul qilinishi mumkin. Alohida asoslangan hollarda, moddalarni portlashda qatnashish ulushini pasaytirilishi mumkin, lekin 0,02 dan kam bo‘lmagan holda.
Ishlab chiqarish xonalari (binolari) va boshqa yopiq hajmlar uchun z qiymati 5-jadvalga muvofiq qabul qilinishi mumkin.
5-jadval
2000>
Do'stlaringiz bilan baham: |