§ 6 Nazorat, boshqarish va AQAH tizimlarini metrologik ta’minoti.
231. Loyiha, texnologik reglament va o‘lchovlarni bajarish usullari majburiy metrologik ekspertizadan o‘tishi kerak. Ushbu talablarga rioya qilinmasdan texnologik obyektlardan foydalanishga ruxsat berilmaydi.
Xavfli ishlab chiqarish obyektlaridan foydalanayotgan tashkilotda texnologik parametrlar o‘lchovlarining birligini va aniqligini ta’minlaydigan xizmat bo‘lishi kerak.
232. Nazorat, boshqaruv va AQAH tizimiga kiradigan o‘lchov vositalari va axborot o‘lchov tizimlari (AO‘T), keyinchalik o‘lchov vositasi turini tasdiqlangani holda, sinov va tekshirishdan (kalibrovkadan) o‘tadi.
§ 7. Boshqaruv va tahlil qilish xonalarining joylashishi va tuzilishi.
233. Nazorat, boshqaruv, AQAH va gaz tahlili uchun mo‘ljallangan binolar, xonalar va yordamchi inshootlarning hajmiy-rejali yechimlari, konstruksiyalari, ularni portlash-yonish xavfi bor obyektlar hududida joylashtirish qurilish me’yorlari va qoidalari, elektr qurilmalarni o‘rnatish qoidalari, boshqa me’yoriy-texnik hujjatlar va ushbu Qoidalar talablari asosida amalga oshiriladi.
234. Boshqaruv va tahlil xonalari, odatda, alohida va portlash xavfi bor joydan tashqarida bo‘lishi kerak. Ayrim hollarda ularni portlash xavfi bor zonali binolar yoniga qurishga ruxsat beriladi. Bunda xonalar portlash xavfi bor, kimyoviy faol va zaharli muhitli, havo keladigan va tortadigan ventilatsion kamerali, nam jarayonli xonalarning ustiga (yoki ostiga) joylashtirilmasligi kerak. Xonalarda texnologik jarayon ustidan boshqarish tizimi bilan bog‘liq bo‘lmagan asbob-uskunalar va boshqa moslamalarni joylashtirilmasligi kerak.
Quvurlarni, havo quvurlarini, kabellarni va shu kabilarni tranzit yotqizilishi, boshqaruv, bug‘li yoki suv bilan isitish moslamasi, yong‘in suv quvurlari kirishlari, impuls liniyalari va boshqa yonuvchi, portlash xavfi bor zaharli mahsulotli quvurlar xonalari orqali amalga oshirilmasligi kerak.
235. Boshqaruv xonalari quyidagi talablarni qoniqtirishi kerak:
havo bilan isitgichga va havoni konditsiyalash qurilmalariga ega bo‘lishi (asoslangan hollarda suv bilan isitishni elektron asboblarga ega bo‘lmagan boshqarish xonalarida o‘rnatishga ruxsat beriladi);
boshqarish xonalariga berilayotgan havo gaz, bug‘ va changdan tozalangan bo‘lishi va o‘rnatilayotgan asbob-uskunani ishlatish va sanitariya me’yorlari bo‘yicha talablarga mos bo‘lishi kerak;
boshqarish xonalaridagi pollar issiq va elektr o‘tkazmaydigan bo‘lishi, kabel kanallari va ikki qatlamli pollar elektr qurilmalarni o‘rnatish qoidalari talablariga mos bo‘lishi kerak;
boshqarish xonalaridagi derazalar ochilmaydigan bo‘lishi kerak;
boshqarish shitlari orqasidagi yoritqichlar (svetilniki) mustaqil yondirib-o‘chirgichlar va shtepsel rozetkalarga ega bo‘lishlari kerak;
o‘t o‘chirish vositalari va tizimlari me’yoriy-texnik hujjatlar talablariga mos bo‘lishi kerak;
boshqarish xonalarida ishlab chiqarish xonalari va boshqarilayotgan obyektlar hududi gazlanganligi to‘g‘risida yorug‘lik va tovushli signalizatsiya nazarda tutiladi.
236. AQAH tizimlari uchun, asoslangan hollarda blokirovkalarning, energiya ta’minoti manbalarining va ijro organlarining holati to‘g‘risida signal beruvchi yorug‘lik moslamalari bilan jihozlangan, blokirovkalar tarkibi mnemosxemasiga ega shitlar (yoki panellar) nazarda tutilishi kerak.
237. Tahlil xonalari quyidagi talablarga mos bo‘lishi kerak:
saqlagichli konstruksiyalarga ega bo‘lishi;
tahlil xonasining hajmi va ventilatsiya tizimining texnik tavsifnomalari quyidagi shartlardan kelib chiqib belgilanadi: xonada nechta analizator bo‘lishidan qat’iy nazar, ulardan birining gaz keltiruvchi naychasi to‘la yorilganda 1 soat davomida tahlil qilinayotgan mahsulotlarning, ushbu mahsulotlar sarfiga va bosimiga cheklash bor bo‘lganda, portlash xavfli konsentratsiyasi hosil bo‘lishiga yo‘l qo‘yilmasligi kerak. Ushbu shartni ta’minlash imkoniyati bo‘lmaganda xonada umumiy ventilatsiyadan tashqari avariya ventilatsiyasi ko‘zda tutilishi kerak va u aylanayotgan moddalarning xona havosidagi konsentratsiyasi portlash konsentratsiyasining pastki chegarasining 20 foiziga etganida, avtomatik tarzda ishga tushib ketishi kerak.
238. Analizator xonasiga analizator ishlashi uchun talab etiladigan bosimdan yuqori bosimga ega namuna oluvchi naychalar kiritilmasligi kerak.
Namuna oluvchi moslamalardagi sarfni va bosimni chegaralovchilar analizator xonalaridan tashqarida, xavfsiz joylarda joylashtirilishi kerak.
Tahlil qilinayotgan ortiqchasi tahlil tugagandan so‘ng, odatda, texnologik tizimga qaytishi yoki utilizatsiya qilinishi kerak.
239. Qiyoslovchi gazlar va aralashmalar, gazlar-tashuvchilar, etalonlar va shu kabilar bilan, ballonlar bosim ostida ishlayotgan idishlarni xavfsiz ishlatish bo‘yicha me’yoriy hujjatlar talablariga javob berishi kerak.
Ballonlarni joylashtirish joyi va tartibi, saqlanishi va foydalanishi loyiha orqali belgilanadi.
240. Analizator xonalarida insonlarning doimiy bo‘lishi tavsiya etilmaydi.
241. Analizatorlar gazli liniyalar bo‘yicha alangalanishdan va portlashdan himoyalangan bo‘lishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |