Portlash Yonish xavfi bor kimyo, neft kimyo va neft gazni qayta ishlash korxonalari uchUN PORTlash XAVFSIZLIGINING UMUMIY QOIDALARINI TASDIQlash to‘G‘risida


§ 2. Texnologik jarayonlarni boshqarish tizimlari



Download 1,02 Mb.
bet18/33
Sana16.04.2022
Hajmi1,02 Mb.
#556000
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   33
Bog'liq
Ёнғин хавфсизлиги

§ 2. Texnologik jarayonlarni boshqarish tizimlari.
204. O‘z tarkibida portlash xavfi I toifali texnologik bloklari bor texnologik jarayonlar, odatda, nazorat va avtomatikaning elektron vositalari, shu jumladan hisoblash texnikasi vositalari bazasida boshqarishning avtomatik tizimlari bilan ta’minlanadi.
205. Hisoblash texnikasi vositalari bazasida texnologik jarayonlarni boshqarilishining avtomatlashtirilgan tizimi (TJBAT) texnik topshiriq talablariga muvofiq bo‘lishi va quyidagilarni ta’minlashi kerak:
jarayon parametrlarini va rejimni boshqarishni, ularning reglamentlangan qiymatlarini ushlab turishi uchun doimiy nazorat qilishni;
AQAH vositalarining ishlab ketishini qayd qilish va ishchan holatini nazorat qilishni;
obyekt chegarasida havo muhiti holatini doimo nazorat qilishni;
parametrlarni kritik qiymatlar tomoniga o‘zgarishini doimiy tahlili va bo‘lishi mumkin bo‘lgan avariyalarni oldindan bilishni;
xavfli vaziyatlarni rivojlanishini to‘xtatadigan boshqarish va AQAH vositalarining ishlashini;
avariya vaziyatlarini rivojlanishiga yo‘l qo‘ymaydigan vositalarni ishlashi, optimal boshqaruvchi ta’sirlarini tanlashi va tatbiq etishni;
avariyasiz ishga tushirish, to‘xtatish va bu qayta ulashlar uchun zarur bo‘lgan barcha operatsiyalarni bajarishni;
obyektdagi xavfsizlik holati to‘g‘risida boshqarishning yuqori tizimiga axborot berishni.
206. Boshqarish xonalarida jarayonni portlash xavfini belgilaydigan, jarayon parametrlari ogohlantiruvchi qiymatlarga etganda ishlab ketadigan yorug‘lik va tovushli signalizatsiya nazarda tutilishi kerak.
§ 3. Avariyaga qarshi avtomatik himoya vositalari.
207. Avariyaga qarshi avtomatik himoya tizimlarining ishonchliligi va ishlab ketish vaqti loyihaning texnologik qismi talablarini hisobga olgan holda AQAH tizimlarini ishlab chiqaruvchilari tomonidan belgilanadi. Bunda obyektga kiradigan texnologik bloklarni portlash xavfliligi toifasi va mumkin bo‘ladigan avariyaning rivojlanish vaqti hisobga olinadi.
Himoya tizimlarining ishlab ketish vaqti shunday bo‘lishi kerakki, jarayonni xavfli rivojlanishiga imkon bo‘lmasligi lozim.
AQAH tizimlarida jarayonni portlash xavfliligini aniqlaydigan parametrlarni nazorat qiladigan ko‘p nuqtali asboblarni qo‘llashga ruxsat berilmaydi.
208. Portlash xavfi bor texnologik obyektlar uchun nazorat, boshqarish va AQAH tizimlari maxsus dasturlar bo‘yicha kompleks sinovdan o‘tkazilishlari kerak. Seriyali ishlab chiqariladigan asboblar - asboblarni tayyorlaydigan korxonalar stendlarida qo‘shimcha sinash natijalari bo‘yicha (pasportlarda tegishli belgi qo‘yish bilan) brakni maxsus tekshirish sinovidan o‘tkaziladi; ular ishonchlilik bo‘yicha quyidagi talablarga javob berishi lozim:
to‘xtab qolish ehtimolligini taqsimlash qonuni normal (gaussovskiy bo‘yicha) bo‘lishi kerak;
to‘xtab qolishlarning o‘rtacha kvadrat og‘ishlari (X) — matematik kutilgan natija taxmin (MX) kattaligining (o‘lchamining) 0,2 ulushidan ortiq emas;
asboblarning ishga moslashish davri — uzluksiz ishlashda 360 s. dan kam bo‘lmasligi, bu tegishli hujjatlar bilan tasdiqlanishi kerak;
elementlarning va asboblarning ekspluatatsiyasi ishga moslashish tugagan vaqtidan 0,3 matematik kutilgan natija kattaligigacha M(X) davrda amalga oshiriladi.
209. Texnologik obyektlar va uning elementlari AQAH tizimlarini tanlash himoyalanadigan obyektni barcha ta’mirlari ishlash vaqti davomida ekspluatatsiya, xizmat ko‘rsatish va ta’mir bo‘yicha talablarni bajarishda, uni ishlashini ta’minlash shartlaridan kelib chiqqan holda, amalga oshiriladi.
Boshqarish tizimi ishlashining buzilishi AQAH tizimlari ishlashiga ta’sir qilmasligi kerak.
210. AQAH va texnologik jarayonlarni boshqarish tizimlarida, texnologik jarayonni me’yoriy olib borilishi, buzilishining tasodifiy va qisqa muddatli signallaridan, shu jumladan elektr ta’minotining yoki avariyada ishlatadigan manbaiga qayta ulash hollarida, ularni ishlab ketishiga yo‘l qo‘yilmasligi kerak.
211. AQAH tizimlarini boshqarish va nazorat tizimlarini ta’minlash uchun siqilgan havo berilishi to‘xtaganda yoki elektr energiya o‘chib qolgan hollarda texnologik obyektni xavfsiz holatga o‘tkazishni ta’minlash kerak. Ta’minotni tiklashda bu tizimlarda mumkin bo‘lgan ixtiyoriy qayta ulashlarga yo‘l qo‘ymaslik zarur.
AQAH ishlab ketishidan so‘ng texnologik obyektni ishchi holatga qaytarish yo‘riqnoma bo‘yicha xizmat ko‘rsatuvchi xodim tomonidan bajariladi.
212. Portlash xavfi bor barcha toifadagi texnologik blokli obyektlarning loyiha hujjatlari, texnologik reglamentlari va AQAH tizimlari ro‘yxatlarida xavfli parametrlar bo‘yicha himoya qurilmalari bilan bir qatorda parametrlarning kritik qiymatlari ko‘rsatiladi.
213. Himoya tizimlarining raqam qiymatlari (ustavok), o‘lchash vositalarining signal moslamalarini ishlab ketish xatoligi, tizimlarning tez ishlashi, parametrlar o‘zgarishi mumkin bo‘lgan tezligi va texnologik blokning portlash xavfi bor toifasini hisobga olish bilan aniqlanadi. Bunda himoya tizimlarini ishlab ketish vaqti, parametrlarni ogohlantiruvchi qiymatidan chegaraviy ruxsat berilgan qiymatigacha o‘tishi uchun zarur bo‘lgan vaqtdan kam bo‘lishi kerak.
Raqam qiymatlari (ustavok) loyihada va texnologik reglamentda keltiriladi.
214. Har qanday toifali portlash xavfi bor texnologik blokli obyektlar uchun, obyektlarda portlash xavfini aniqlaydigan parametrlarining ogohlantiruvchi qiymatlari bo‘yicha avariya oldi signalizatsiyasi nazarda tutiladi.
215. AQAH tizimlarining ijro etuvchi mexanizmlari, bevosita bu mexanizmlardagi chetki holat ko‘rsatkichlaridan tashqari, boshqarish xonasida chetki holat indikatsiyasini bajarishga imkon beradigan moslamalarga ega bo‘lishi kerak.
216. AQAH tizimlarining ishonchliligi har xil turdagi apparaturalar bilan zahiralash (ikki martali va uch martali takrorlash), vaqtinchalik va funksional keragidan ortiqligi va diagnostika va o‘z-o‘zini diagnostika qilish mavjudligi bilan ta’minlanadi. Zahiralashning yetarliligi va uning turi loyiha ishlab chiqaruvchi tomonidan asoslab beriladi.
217. I va II toifali portlash xavfi bor texnologik blokli obyektlarda jarayonning portlash xavfini aniqlaydigan parametrlar nazoratining ishonchliligi, parametrlar nazorati tizimlari bir-birini takrorlashi, ishchi holatini indikatsiyasi bilan o‘z-o‘zini diagnostika qilish tizimlarining mavjudligi, texnologik jihatdan bog‘liq parametrlar qiymatlarini taqqoslanishi bilan taqsimlanadi.
III toifali portlash xavfi bor texnologik blokli obyektlarda kritik qiymatlarga ega bo‘lgan parametrlar nazoratini ishonchliligini ta’minlash bo‘yicha texnik yechim loyiha ishlab chiquvchi tomonidan ishlab chiqiladi va asoslab beriladi.
218. Har qanday toifali portlash xavfi bor blokli obyektlarning AQAH sxemalarida blokirovkadan chiqaruvchi kalitlarni o‘rnatishga faqat tushirish, to‘xtatish yoki qayta ulashni ta’minlash uchun ruxsat beriladi. Bunday kalitlarning soni juda kam bo‘lishi kerak. Bunda himoya parametrlarini o‘chirishning barcha holatlarini moslamalar va ularning davomiyligini qayd etuvchi nazarda tutiladi.
219. I toifali portlash xavfi bor blokli texnologik jarayonlarni portlash xavfliligini parametrlarni nazorat qilish turli nuqtalarga o‘rnatilgan ikkitadan kam bo‘lmagan mustaqil datchiklar bilan amalga oshiriladi.
220. Har bir aniq hollarda jarayonning portlash xavfliligini belgilaydigan nazorat qiluvchi parametrlar ro‘yxati jarayonni ishlab chiquvchisi tomonidan tuziladi.

Download 1,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish