Portlash Yonish xavfi bor kimyo, neft kimyo va neft gazni qayta ishlash korxonalari uchUN PORTlash XAVFSIZLIGINING UMUMIY QOIDALARINI TASDIQlash to‘G‘risida



Download 1,02 Mb.
bet15/33
Sana16.04.2022
Hajmi1,02 Mb.
#556000
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   33
Bog'liq
Ёнғин хавфсизлиги

§ 5. Quvurlar va armaturalar.
171. Yonuvchi va portlash xavfi bor mahsulotlar uchun quvurlarni va armaturalarni tayyorlash, montaj qilish va ishlatish, tashilayotgan muhitning kimyoviy xususiyati va texnologik parametrlaridan, hamda amaldagi me’yoriy-texnik hujjatlarning talablaridan kelib chiqqan holda, amalga oshiriladi.
172. Portlash xavfi bor texnologik tizimlarda suyultirilgan yonuvchi gazlar, bug‘-gaz holatidagi moddalar, tez alangalanadigan suyuqliklar va yonuvchi suyuqliklarni tashish uchun statsionar quvurlar sifatida egiluvchan shlangalarni (rezinali, plastmassali va shu kabilar) qo‘llash tavsiya etilmaydi. Temir yo‘l va boshqa nostatsionar asbob-uskunalarga quyish va to‘kish operatsiyalarini olib borish uchun, yordamchi operatsiyalarni bajarish uchun (quvur, nasos uchastkalarini puflash, puflanuvchi gaz va bug‘larni olib ketish, quvurlarni SG, TAS, YoS va x.k. qoldiqlaridan bo‘shatish) egiluvchan shlangalar qo‘llanishi mumkin. Yordamchi operatsiyalarni bajarish uchun egiluvchan shlangalarni ulash faqat bu ishlarni olib borilish davrigagina ruxsat beriladi. Shlangalarni quvurlarga biriktirish standart bo‘linmalar yordamida amalga oshiriladi.
Shlangalarni tanlash, tashilayotgan mahsulot xususiyati va jarayonni o‘tkazish parametrlarini hisobga olgan holda amalga oshiriladi; shlangalarni ishlatish muddati amaldagi davlat standartlari va me’yoriy hujjatlar bilan belgilanadi va uzaytirilmaydi.
173. Reglamentlangan parametrlardan og‘ishlarda quvurlarda detonatsion portlashlar yuz berishi mumkin bo‘lgan portlash xavfi bor texnologik tizimlarda, detonatsion portlashlarni va bu quvurlar bilan bog‘liq bo‘lgan apparatlarga portlashlar o‘tishini oldini olish bo‘yicha choralar ko‘rilishi kerak.
174. Quvurlarni yotqizishda, kommunikatsiyalar uzunligining eng kam qiymati ta’minlanishi, osilib qolishi va turg‘in zonalarni hosil bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak.
175. Binolarning qurilish konstruksiyalari va boshqa to‘siqlar orqali quvurlarni yotqizishda, quvurlarga qo‘shimcha yuklanish tushishi imkoniyatiga yo‘l qo‘ymaydigan choralar ko‘riladi.
176. Quvurlarda, odatda, flanetsli yoki boshqa qismlarga ajraladigan birikmalari bo‘lmasligi kerak.
Flanetsli birikmalarga armaturalar o‘rnatiladigan yoki quvurlar apparatlarga biriktiriladigan joylarda, hamda texnologiya shartlari bo‘yicha quvurlarni tozalash va ta’mirlash uchun davriy ishlab chiqish talab etiladigan uchastkalarda ruxsat beriladi.
177. Flanetsli birikmalar ko‘z bilan kuzatish, xizmat ko‘rsatish, ishlab chiqish, ta’mirlash va montaj qilish uchun ochiq va qulay joylarga joylashtiriladi. Portlash xavfi bor, zaharli va o‘yuvchi moddalari bo‘lgan quvurlarning flanets birikmalarini odamlar doimo o‘tadigan joylarga va ish maydonchalari ustiga joylashtirishga ruxsat berilmaydi (xodimlarning doimo bo‘ladigan joylarga).
Flanetslar materiali, zichlash konstruksiyasi ishlatish sharoitlarini hisobga olgan holda, tegishli me’yor va standartlar bo‘yicha qabul qilinadi. Quvurlarning flanets birikmalarni tanlab olishda, bu hujjatlarda ko‘rsatilmagan sharoitlarda moddalarni tashish uchun flanetslar materiali va zichlash konstruksiyasi loyiha, konstruktor yoki ilmiy-tadqiqot tashkilotlari tavsiyasi bo‘yicha qabul qilinadi.
O‘z tarkibida I-toifali portlash xavfi bor texnologik bloklarga ega bo‘lgan obyektlarda portlash xavfi bor mahsulotli texnologik quvurlar uchun silliq yuzali zichlovchi flanets birikmalarni qo‘llashga ruxsat berilmaydi, spiral shaklidagi o‘rama qistirma(prokladka)larni qo‘llash bundan istisno.
178. Zichlash konstruksiyasi, qistirma materiali va flanets birikmalar montaji texnologik tizimni ishlatish, ta’mirlash orasidagi davr ichida bo‘laklarga ajratish, birikmalarning zarur bo‘lgan germetik darajasini ta’minlashi kerak.
179. Yonuvchi mahsulotli quvurlarni kollektorga biriktirgan joylarda ularni davriy uzish uchun armatura o‘rnatish nazarda tutiladi.
I toifali portlash xavfi bor texnologik bloklarni quvur kollektorlariga ulashda, asoslangan hollarda ishonchliligini oshirish uchun takrorlovchi o‘chirish moslamalarini o‘rnatish nazarda tutiladi.
180. Yonuvchi va portlash xavfi bor muhitlarning bloklar orasi quvurlarida har bir alohida texnologik blokni avariya holatida o‘chirish uchun mo‘ljallangan masofadan boshqariladigan berkitish armaturasi o‘rnatiladi. Armatura, xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash, hamda uning holatini ko‘z bilan nazorat qilish uchun qulay bo‘lgan joylarda o‘rnatiladi. Qv < 10 ga ega bo‘lgan texnologik bloklar quvurlaridagi dastakli uzatmali armatura, uni minimal vaqtda harakatga keltirishni ta’minlashni hisobga olgan holda o‘rnatiladi.
I-toifali portlash xavfi bor blokli texnologik tizimlarda po‘lat berkitish va berkitish-tartibga solish (rostlash) armaturasi qo‘llanishi kerak.
181. II va III toifali portlash xavfi bor blokli texnologik tizimlarda, odatda, ishlatilish sharoitlarida va me’yoriy-texnikaviy hujjatlar talablariga, sanoat xavfsizligi, hamda ushbu Qoida bo‘yicha javob beruvchi, ishchi muhit korroziyasi ta’siriga chidamli po‘lat armatura qo‘llaniladi.
Qv ≤ 10 ga ega bo‘lgan texnologik bloklarda, asoslangan holda (maxsus tadqiqot natijalari bo‘yicha), ishlatish sharoitlarida qo‘shimcha xavfsizlik choralarini ishlab chiqishda cho‘yanli va nometall konstruksion materialli (plastik massalar, shisha va boshqalar) armaturalarni qo‘llashga yo‘l qo‘yiladi xavfsizlik choralari sanoat xavfsizligi sohasida amalda bo‘lgan me’yoriy-texnikaviy hujjatlar talablariga muvofiq ishlab chiqiladi.
182. Portlash-yonish xavfi bor mahsulotlar quvurlarida o‘rnatish uchun qo‘llaniladigan, zatvorida metall zichlagich ishlatiladigan armatura Davlat Standarti (DST) 9544 “quvurli armatura. Zatvorlarning germetik me’yorlari.” bo‘yicha zichlilikning “V” sinfiga mos bo‘lishi kerak.
183. Bosimi R >2,5 MPa ga teng bo‘lgan, reglamentlangan bosimda qaynash haroratiga teng haroratga ega muhitli va birikmalari ishonchliligi va zichligi bo‘yicha yuqori talablar qo‘yilgan 1-toifali portlash xavfi bor texnologik bloklar quvurlarida payvandlab ulanadigan armatura qo‘llanishi kerak.

Download 1,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish