Portlash Yonish xavfi bor kimyo, neft kimyo va neft gazni qayta ishlash korxonalari uchUN PORTlash XAVFSIZLIGINING UMUMIY QOIDALARINI TASDIQlash to‘G‘risida



Download 1,02 Mb.
bet28/33
Sana16.04.2022
Hajmi1,02 Mb.
#556000
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   33
Bog'liq
Ёнғин хавфсизлиги

XII bob Javobgarlik
Ushbu Qoidalar talablarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javobgar bo‘ladilar.
XIII bob. Yakuniy qoidalar.
328. Ushbu Qoidalar O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi Kengashi, “O‘zbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi va “O‘zkimyosanoat” Davlat aksiyadorlik kompaniyasi bilan kelishilgan.
O‘zbekiston kasaba uyushma Federatsiyasi Kengashi raisi D. DJAHONGIROVA
O‘zbekneftgaz” MXK Boshqaruv raisi U.S.NAZAROV
O‘zkimyosanoat” DAK Boshqaruv raisi G. IBRAGIMOV
Portlash-yonish xavfi bor kimyo, neft-kimyo va neft-gazni qayta ishlash ishlab chiqarishlari uchun portlash xavfsizligining umumiy Qoidalariga
1-ILOVA
TEXNOLOGIK BLOKLARNING PORTLASh XAVFSIZLIGINI MIKDORIY BAHOLAShNING UMUMIY PRINSIPLARI.
Shartli belgilar va qisqartmalar.
Qabul qilingan qisqartmalar.
BGF — bug‘-gaz fazasi;
SF — suyuq faza;
AHBGB — avariya holatida blokning germetikligini buzilishi;
Parametr — ishora bir chiziq (shtrix) bilan belgilansa, bu muhitning bug‘-gaz holatiga, ikki chiziq (shtrix) bilan — suyuq muhitlarga mos, masalan GI va GII -BGF va SF massalariga mos.
Belgilar.
E — portlash xavfsizligining umumiy energetik potensiali (AHBGBda atrof-muhitga tushgan BGF to‘la yonish energiyasi), kDj;
Ep — AHBGBda SF ning bug‘lanmagan massasi yonishida ajraladigan to‘la energiya, kDj;
Ei’ — AHBGBda bevosita blokda mavjud bo‘lgan va o‘zaro bog‘langan apparat va quvurlardan blokga kelib tushadigan BGFning yonish energiyasi, kDj;
Ei” — blokda mavjud bo‘lgan va o‘zaro bog‘langan apparat va quvurlardan blokka kelib tushadigan SF dan AHBGBda hosil bo‘ladigan BGF yonish energiyasi, kDj;
A, Ai — bevosita blokdagi va o‘zaro bog‘langan bloklardan keladigan siqilgan BGF energiyasi, u AHBGBda uning adiabatik kengayishidek qabul qilinadi, kDj;
V’, V” — sistema, blokda BGF va SF ning geometrik hajmlariga mos, m3;
V0' — normal sharoitlarga (T0 =293 K, R0=0,1MPa) keltirilgan BGF hajmi, nm3;
R, R0 — blokda reglamentlangan absolyut va atmosfera (0,1 MPa) tegishlicha bosim, MPa;
νi’ — BGFning (real sharoitlardagi) solishtirma hajmi, m3/kg;
G1, G1” — bevosita blokda va AHBGBda o‘zaro bog‘langan obyektlardan blokka kelib tushgan BGF va SF massalari, kg;
G2” — AHBGBda ortiqcha qizitish energiyasi hisobiga bug‘langan va atrof-muhitga tushgan SF massasi, kg;
q’, q” — BGF va SF ga mos solishtirma yonish issikdigi, kDj/kg;
q Ri — kimyoviy reaksiyaning jamlangan issiqlik effekti, kDj/kg;
T — BGF va SF muhitlarining absolyut harorati;
T0, T1 — blokni BGF yoki SF ning absolyut normal va reglamentlangan haroratlari, (T0 = 293 K) , K;
t, t0 — blokning BGF SF ning reglamentlangan va me’yoriy harorati, (t0= 20 °S), °S;
Tk”, tk” — yonuvchi suyuqlikning qaynash harorati, K yoki °S;
wi’, wi” — o‘zaro bog‘langan bloklardan tekshirilayotgan blokka BGF va SF ning oqib kelish tezligi, m/s;
Si — AHBGB sodir bo‘lganda BGF yoki SF ning oqib kelishi mumkin bo‘ladigan kesim maydoni, m2;
Pri — ekzotermik reaksiyaning jamlangan issiqlik effekti hisobiga GS ga issiqlik kelish tezligi, kDj/s;
PTi — tashqi issiqlik tashuvchilardan SF ga issiqlik kelish tezligi, kDj/s;
K — issiqlik tashuvchidan yonuvchi suyuqlikka issiqlik uzatish koeffitsiyenti kDj/(m2 • ch • K);
G‘ — issiqlik almashuvi yuzasining maydoni, m2;
Δt — issiqlik uzatilishi (devor orqali) jarayonida issiqlik tashuvchilar haroratlarining ayirmasi, °S;
r — yonuvchi suyuqlikning bug‘lanish solishtirma issiqligi, kDj/kg;
s"— suyuq fazaning solishtirma issiqlik sig‘imi, kDj/kg • oS;
β1, β2 — blokning BGF bosimi (R) va adiabata ko‘rsatkichi (k)ni hisobga oluvchi o‘lchamsiz koeffitsiyentlari;
μ — oqimning gidrodinamikasini hisobga oluvchi o‘lchamsiz koeffitsiyent;
ρ, ρi — blok bo‘yicha o‘rtacha me’yoriy sharoitlarda (R = 0,1 MPa i t0 = 20 °S)dagi va AHBGBda blokka tushadigan 1 -li oqimlardagi BGF va SF zichligi, kg/m3;
τi — AHBGB paytidan avariyali blokni o‘chiradigan armaturasi to‘la ishlab ketishiga qadar ketgan vaqt, s;
τri — AHBGB paytidan ekzotermik jarayonlarining to‘la to‘xtagunga qadar vaqt, s;
τTi — AHBGB paytidan avariyali blokni issiqlik tashuvchining uzatilishi to‘la to‘xtatgunga qadar ketgan vaqt (issiqlik almashuvi jarayonining to‘xtashi), s;
θk — SF ning reglamentlangan rejimda va atmosfera bosimida, uning qaynash haroratlarining ayirmasi, °S;
G4” — qattiq yuzadan keluvchi issiqlik hisobidan bug‘langan SF ning massasi (pol, taglik va shu kabilar), kg;
G5”— atrof havodan to‘kilgan suyuqlikka (bug‘lanish yuzasi bo‘yicha) issiqlik uzatilishi hisobidan SF ning bug‘langan massasi, kg;
GΣ” — atrof-muhitdan issiqlik kelishi hisobidan bug‘langan SF ning jamlangan massasi, kg;
G‘j — suyuqlik yuzasining maydoni, m2;
G‘p — to‘kilgan qattiq yuza bilan suyuqlik to‘qnashgan maydon (qattiq yuza bilan to‘kilgan suyuqlik orasidagi issiqlik almashuv maydoni), m2;
ε — yuza (taglik)ning issiklik faolligi koeffitsiyenti, kkal/(m2 • S/ch);
λ — qattiq yuza (pol, taglik, yer va shu kabilar) materialning issiqlik o‘tkazuvchanlik koeffitsiyenti, kkal/(m2 • ch • °S);
st — qattiq yuza materialining issiqlik sig‘imi koeffitsiyenti,kkal/(kg • °S);
ρt — qattiq yuza materialining zichligi, kg /m3;
mI — bug‘lanish intensivligi, kg/(s • m2);
M — molekulyar massasi;
K — BGFning gaz doimiyligi;
η — o‘lchamsiz koeffitsiyent;
RH — hisoblanadigan haroratda to‘yingan bug‘ning bosimi, kPa;
τi — hisobga olinadigan, to‘kilgan yuza bilan suyuqlik to‘qnashuvi vaqti, min.

Download 1,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish