IX bob. Vodoprovod va kanalizatsiya.
292. Portlash-yonish xavfi bor ishlab chiqarishning vodoprovod va kanalizatsiyasini loyihalash, qurish va ekspluatatsiya qilish sanitariya va qurilish me’yorlari va qoidalari, loyihalash me’yorlari va ushbu Qoida talablariga muvofiq bajariladi.
Umumzavod tozalash inshootlaridan tashlanadigan oqovalar tarkibi sanitariya me’yorlari va talablariga muvofiq, ular yo‘qligida tarmoq me’yoriy hujjatlariga muvofiq, reglamentlanadi.
293. Har bir texnologik obyekt bo‘yicha kanalizatsiyaga tashlanadigan sanoat oqovalari, harorati, mumkin bo‘lgan tarkibi aniqlanishi kerak. Turli obyektlardan oqovalarni olib ketishni tashkil qilishda cho‘kmalar hosil qilish va kanalizatsiyani tiqilib qolishiga, aralashishida — portlash xavfi bor mahsulotlar va qattiq zarrachalarning hosil bo‘lishi mumkinligiga yo‘l qo‘ymaslik kerak.
294. Vodoprovod va kanalizatsiya tizimlarida xizmat ko‘rsatishlar, ta’mirlashlar va boshqa gaz xavfi bor ishlar, gaz xavfi bor ishlarni olib borilishini xavfsiz tashkil etish bo‘yicha yo‘riqnoma talablariga muvofiq bajariladi.
295. Texnologik obyektlarning kanalizatsiya tizimlari, ishlab chiqarishning reglamentlangan ish tartibida va avariya holatida hosil bo‘ladigan kimyoviy ifloslangan texnologik, yuviladigan va boshqa oqovalarni chiqarib tashlash va tozalashni ta’minlashi kerak.
Ushbu oqovalarni magistral tarmoq kanalizatsiyasiga, oldindan tozalanmagan holda, tashlashga ruxsat berilmaydi, magistral tarmoq shunday oqovalarni qabul qilishga mo‘ljallangan hollar bundan istisno.
296. Oqovalarni tozalash va portlash xavfi bor mahsulotlarni chiqarib tashlash bo‘yicha tadbirlar kanalizatsiya tizimida portlash xavfi bor bug‘ va gaz konsentratsiyasini hosil bo‘lish mumkinligiga yo‘l qo‘ymasligi kerak.
297. Texnologik obyektlar uchun, odatda, lokal tozalash inshoatlari nazarda tutilishi kerak.
298. Tashlamalar oqimining kirishi va chiqishidagi lokal tozalash portlash xavfi bor mahsulotlar miqdorini nazorat qilish vositalari va ruxsat etilgan qiymatlardan oshish signalizatsiyasi bilan jihozlanishi kerak.
299. Barcha turdagi portlash xavfi bor texnologik blokli obyektlarning tuzalish uchun kanalizatsiyaga portlash xavfi bor mahsulotlarni birdaniga chiqib ketish ehtimolligida avtomatik nazorat va signalizatsiya tizimi nazarda tutiladi. Nazorat usullari, uning davriyligi bu nazoratning samaradorligini ta’minlash, ishlab chiqarishning aniq sharoitlaridan kelib chiqqan holda tanlanadi va reglamentlanadi.
300. Kanalizatsiya tarmoqlaridagi quduqlarni texnologik quvurlar estakadalari ostida va portlash xavfi bor mahsulotlari bo‘lgan tashqi qurilmalarning asbob-uskunalarining yon devorlari va marzalari chegaralarida joylashtirishga ruxsat berilmaydi.
301. Har bir aniq holda texnologik obyektlarni suv bilan ta’minlash texnologik jarayon xususiyatlarini va portlash xavfi bor mahsulotlarni atrof-muhitga chiqarib tashlash va avariyalarni hisobga olgan holda nazarda tutiladi.
I toifali portlash xavfi bor texnologik blokli obyektlar uchun jarayonni olib borishni aniq sharoitlariga qarab, ularni avtomatik ulash tizimiga ega suv ta’minoti manbalari zaxirasi nazarda tutilishi mumkin.
302. Texnologik tizimlar suv ta’minotida asosan, yopiq suv aylanmasi tizimidan foydalanish nazarda tutiladi.
Suv aylanmasi tizimining elektr ta’minoti, aylanma suvning eng mas’ul iste’molchisiga mos ishonchlilik toifasi bo‘yicha, ta’minlanadi.
Barcha toifali portlash xavfi bor blokli texnologik obyektlar va issiqlik yig‘ish (ekzotermik jarayonli apparatlar va boshqalar) bo‘yicha yuqori talabga ega bo‘lgan texnologik obyektlar uchun aylanma suv ta’minoti, issiq almashish samarasi va issiq almashish apparatni tiqilib qolishiga yo‘l qo‘ymaydigan suv tayyorlash tizimidan foydalanishni nazarda tutadi.
303. Suvga portlash xavfi bor va zaharli moddalarni tushishi mumkin bo‘lsa, texnologik obyektlar aylanma suv ta’minoti tizimi uchun texnologik apparatlardan (kollektorda) chiqishda, ular miqdorini nazorat qilish vositalari va signalizatsiyalar hamda ushbu suv quvurlari tizimiga tushishini oldini oluvchi tadbirlar nazarda tutiladi.
304. Kimyoviy ifloslangan oqovalarni xo‘jalik-maishiy kanalizatsiya bilan gidrozatvorsiz to‘g‘ridan to‘g‘ribirlashtirishga ruxsat berilmaydi. Oqovalarga portlash xavfi bor va zaharli moddalarni tushishi mumkinligida qurilmalardan (kollektorda) chiqishda, ularning ustidan nazorat vositalari va signalizatsiya, hamda bu moddalarni xo‘jalik-maishiy kanalizatsiyaga tushishiga yo‘l qo‘ymaydigan tadbirlar nazarda tutiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |