Portlash Yonish xavfi bor kimyo, neft kimyo va neft gazni qayta ishlash korxonalari uchUN PORTlash XAVFSIZLIGINING UMUMIY QOIDALARINI TASDIQlash to‘G‘risida


XI bob. Texnologik asbob-uskunalar va quvurlarga xizmat ko‘rsatish va ularni ta’mirlash



Download 1,02 Mb.
bet27/33
Sana16.04.2022
Hajmi1,02 Mb.
#556000
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   33
Bog'liq
Ёнғин хавфсизлиги

XI bob. Texnologik asbob-uskunalar va quvurlarga xizmat ko‘rsatish va ularni ta’mirlash.
310. Asbob-uskunalarga texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash ishlarini tashkil etish va olib borish, ularning ishlatilishini aniq hisobga olgan holda, asbob-uskunalarga xizmat ko‘rsatish va ularni ta’mirlash bo‘yicha nizomlar bilan aniqlanadi.
311. Texnik xizmat ko‘rsatish ishlab chiqarishlarni to‘xtatishni talab etmaydigan ta’mirlashlar orasida, shu jumladan nosozliklarni bartaraf etishda, asbob-uskunalarni ish qobiliyatini ta’minlash bo‘yicha ish kompleksini nazarda tutadi va asbob-uskunalarga texnik xizmat ko‘rsatish va ishlatish bo‘yicha me’yoriy-texnik talablarga muvofiq, xizmat ko‘rsatish va texnologik xodimlar tomonidan amalga oshiriladi.
312. Texnologik uskunalarning ta’miri to‘liq to‘xtatilgan obyektlarda, shuningdek ular ishlayotganida, uskuna turi, zaxirasi mavjudligi, ta’mirlash oralig‘ining muddati, ta’mirlashning turi va hajmiga (shu jumladan aniqlangan nosozliklarni yo‘qotishda ham) bog‘liq ravishda o‘tkaziladi.
313. I va II toifali portlash xavfi bor texnologik blokli obyektlarda, amaldagi ishlab chiqarish sharoitlarida alohida asbob-uskuna turlarini ta’mirlashni olib borish, ta’mir ishlarini xavfsiz olib borish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnoma talablariga muvofiq amalga oshiriladi.
314. Uskunalar ta’mirlashga texnologik xodimlar tomonidan tayyorlanishi kerak va ta’mirlash ishlari rahbariga, uskunalarni ta’mirlashga topshirish jurnaliga yoki dalolatnomasiga bajarilgan tayyorgarlik ishlari va tadbirlari to‘g‘risida yozib, topshiriq-ruxsatnoma rasmiylashtirilib topshirilishi kerak.
315. Asbob-uskunalarni ta’mirlashga tayyorlash, topshiriq-ruxsatnomani rasmiylashtirish, asbob-uskunalarni ta’mirlashga topshirish va undan olish har bir ishlab chiqarish (sex, qurilma) uchun ishlab chiqilgan va o‘rnatilgan tartibda tasdiqlangan, ta’mirlash bo‘yicha yo‘riqnoma talablariga muvofiq amalga oshirilishi kerak.
316. Ta’mirlashda qo‘llaniladigan barcha materiallar kirish nazoratiga ega bo‘lishi kerak va ularga nisbatan, talab qilingan sifatini tasdiqlovchi hujjatlari bo‘lishi kerak.
317. Asbob-uskunalarni ta’mirlashga tayyorlash va ta’mirlashni olib borish bilan bog‘liq gaz xavfi bor ishlar, gaz xavfi bor ishlarni tashkil qilish bo‘yicha yo‘riqnoma talablariga muvofiq amalga oshiriladi.
318. Ochiq olovni qo‘llagan holda o‘tkaziladigan ta’mir ishlari, portlash-yonish xavfi bor obyektlarda olovli ishlarni xavfsiz olib borilishini tashkil qilish va yong‘in xavfsizligi qoidalari yo‘riqnomalari talablariga muvofiq amalga oshirilishi kerak.
319. Portlash xavfi bor barcha toifali texnologik bloklarning asbob-uskunalarini ta’mirlash jarayonida eng samarali diagnostika vositalarini qo‘llagan holda, tegishli nazorat turlari, oraliq va yakka tartibda (individual) sinovlar o‘tkaziladi. Nazorat va sinov ishlari natijalari tegishli ijroiya hujjatlarda aks ettiriladi.
Asbob-uskunalarning yakka tartibdagi sinov ijobiy natija berganida va ijro hujjatlarini me’yoriy talablarga mosligida, har bir asbob-uskunalarning ta’mirlash sifatini baholash va uni ishlatishga qabul qilish amalga oshiriladi.
320. Asbob-uskunalarning ta’mirlash sifatini baholash (texnik xizmat ko‘rsatish va joriy ta’mirlashdan tashqari), xavfli ishlab chiqarish obyektlarini ishlatuvchi texnik nazorat tashkiloti xodimi ishtiroki bilan buyurtmachi va ijrochi tomonidan va ta’mirlashdan chiqqan asbob-uskunalarni topshirish dalolatnomasida ko‘rsatiladi.
321. Agarda ta’mirlash jarayonida barcha me’yoriy-texnik hujjatlar talablari, texnik parametrlar ko‘rsatkichlari (apparatlarda ruxsat etilgan bosim, kompressor yoki nasosning unumdorligi va bosimi) va ishonchlilik ko‘rsatkichlari, pasport ma’lumotlariga mos bo‘lsa va ushbu asbob-uskunalar uchun o‘rnatilgan ish rejimi ta’minlansa, ta’mirlangan asbob-uskunalardan foydalanishga ruxsat beriladi.
322. Ta’mirlanishi tugatilgan obyekt (blok, qurilma) komissiya tomonidan dalolatnoma bo‘yicha qabul qilinadi va texnologik sxema yig‘ilganligi tekshirilgandan, qopqoq olingandan, tizimni germetikligi sinalgandan, signalizatsiya, boshqarish va AQAH tizimlari ish qobiliyati, bloklararo o‘chiruvchi qurilmalarning unumdorligi va ishlab ketish vaqti tekshirilgandan, saqlash qurilmalarini mavjudligi, alangani kengayib ketishini oldini oluvchi vositalar soz holati, elektr qurilmalar tuzilishi bo‘yicha o‘rnatilgan asbob-uskunalarning me’yoriy hujjatlar talablariga mosligi, ventilatsiya tizimining soz holati va talab qilingan unumli ishlatilishidan so‘ng, foydalanishiga ruxsat beriladi. Bundan tashqari komissiya tomonidan ta’mirlash hujjatlari to‘liqligi va sifati, obyekt hududlari va ish joylarining holati, xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarning o‘z asosiy majburiyatlarini amalga oshirishga tayyorligi va me’yoriy-texnik hujjatlarda nazarda tutilgan boshqa talablar amalga oshirilganligi tekshiriladi.
Obyektni ekspluatatsiyaga qo‘yish uchun ruxsat beradigan, obyektni ta’mirlashdan qabul qilish to‘g‘risidagi dalolatnoma, belgilangan tartibda tasdiqlanadi.
323. Ishlayotgan ishlab chiqarishlardagi apparaturalarni, asbob-uskunalarni ta’mirlash, maxsus xavfsizlik choralarini ishlab chiqqan holda, ta’mirlash bo‘yicha xodimlarni minimal asoslangan sonini jalb qilish bilan amalga oshirilishi kerak.
324. Qurilmalarni uzoq muddatga ekspluatatsiyadan chiqarish va qurilmalarni uzoq to‘xtatishdan so‘ng ekspluatatsiyaga tushirish, bu tartibni reglamentlaydigan me’yorlarga muvofiq amalga oshirilishi kerak.

Download 1,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish