Kalit so‘zlar. Gidroliz, kollagen, biopolimer plyonka, qovushoqlik, viskozimetr, solishtirma zichlik. (kamida 5 ta)
Ключевые слова. Гидролиз, коллаген, биополимерная пленка, вязкость, вискозиметр, удельный вес.
Keywords. Hydrolysis, collagen, biopolymer film, viscosity, viscometer, specific gravity.
Kirish. Kollagen (grekcha «kolla – yelim, geness – kelib chiqish, tug‘ilish» degan ma’noni anglatadi) – sutemizuvchi hayvonlar organizmida (asosan teri, paylar, suyaklar, tog‘ay va boshq.) quruq qoldig‘ining 25% qismini tashkil qiladi. Kollagenni 19 xildan ortiq aminokislotadan tashkil topganligi aniqlangan. Bu uning boshqa oqsillarga nisbatan o‘ziga xos aminokislota tarkibga egaligini anglatadi. Kollagen tarkibidagi prolin va gidroksiprolin miqdori boshqa oqsillardagi miqdoridan katta farq qiladi. Kollagen tarkibida aminokislotalardan tashqari polisaxaridlar (2% gacha) va monosaxaridlar (1% dan kam) ham mavjud. Kollagen tarkibida 35% glitsin va taxminan 11% alanin mavjud bo‘lishi, ular ko‘pchilikka ma’lum bo‘lgan oqsillar tarkibidagi miqdoridan sezilarli darajada farq qilishini bildiradi [1].
Kollagenning I, II, III, IV tiplari keng tarqalgan bo‘lib (1-jadval), ko‘p o‘rganiladi. Kollagenning turlari ko‘p bo‘lsada, faqat bir nechta turlaridan biomateriallar ishlab chiqarishda foydalaniladi. Asosan I tip kollagen biomateriallar ishlab chiqarishda muhim sanaladi [2].
I tipdagi kollagen asosan paylar, suyak va teri tarkibida, II tipdagi kollagen esa asosan tog‘ay tarkibida bo‘ladi. III tipdagi kollagen embrional kollagen deb nomlanib, asosan homila to‘qimalarida, o‘sma hujayralari strukturasida mavjud bo‘ladi. Ushbu tipdagi kollagen qon tomirlar va teri tarkibida ham uchraydi. Bazal membrana tarkibi IV tipdagi kollagendan tuzilgan (1-jadval) [3].
1-jadval. Kollagen tiplari va xususiyatlari [2]
Tiplar
|
Zanjir kombinatsiyasi
|
Joylashuvi
|
I
|
[α1(I)]2, α2
|
Teri, suyak, pay
|
II
|
[α1(II)]3
|
Tog‘ay
|
III
|
[α1(III)]3
|
Homila va o‘sma to‘qimasida
|
IV
|
[α1(IV)]3
|
Bazal membrana
|
Kollagenning α zanjirida polipeptid molekulasining sintezlanishi va uning uch spiral tuzilishini hosil bo‘lishi ilmiy adabiyotlarda keng yoritilgan [2]. Hosil bo‘lgan α zanjirlarning har uchtasining spiralsimon o‘ralishidan kollagen uch spiral tuzilishi hosil bo‘ladi va uning yig‘ilishidan tropokollagen molekulasi hosil bo‘ladi. Tropokollagen molekulasining o‘lchami 10 nm dan 300 nm gacha bo‘lgan fibrill tolalariga, fibrill tolalar yig‘ilib, o‘lchami 0,5 dan 3 mkm gacha kollagen tolalarini hosil qiladi (1-rasm). Fibrill tolalar hosil qiluvchi kollagenlar asosida biomateriallar ishlab chiqariladi.
Tropokollagen molekulasi 280 nm, diametri 1,4 nm va molekular massasi 300000 dalton atrofida. Tropokollagen tarkibidagi polipeptid zanjirlari α – tipida bo‘lib, har biri 1000-1040 ta aminokislota qoldiqlaridan tashkil topgan [4].
|
1-rasm. Kollagenning uch spiral tuzilishi sxemasi (a), yig‘ilgan tropokollagen molekulasi (b), diametri 10 dan 300 nm gacha bo‘lgan kollagen fibrili (c), diametri 0,5 dan 3 mkm gacha bo‘lgan kollagen tolalari (d) [2].
|
Kollagen tuzilishining o‘ziga xosligi Gly-X-Hyp tipidagi tripletlardagi gidroksiprolin ON-guruhlari va ko‘priksimon suv molekulalari orasida kuchli vodorod bog‘lari hosil bo‘lishi hisoblanadi.
I tipdagi kollagen antigen va immunagen ta’siri yo‘qligi va zaharsizligi sababli biomateriallar ishlab chiqarishda keng qo‘llaniladi [5]. Lekin, ta’kidlash joizki, kollagenning immunologik ta’siri haqidagi ma’lumotlar mavjud. Bunday salbiy ta’sirlar kollagen molekulasining o‘zidan kelib chiqmaydi, balki uning tarkibidagi qoldiq a-Gal yoki DNK molekulasining borligi sababli immunitetning o‘tkir reaksiyalari paydo bo‘lishiga sabab bo‘ladi [6. B. 110].
Do'stlaringiz bilan baham: |