Kollagenning aminokislota tarkibi. Kollagen 19 xildan ortiq aminokislotadan tashkil topganligi aniqlangan. Bu uning boshqa oqsillarga nisbatan o‘ziga xos aminokislota tarkibga egaligini anglatadi (2-jadval).
2-jadval. Kollagenning aminokislota tarkibi [7].
Aminokislotalar
|
Miqdori , %
|
Aminokislotalar
|
Miqdori, %
|
Lizin
|
2,60
|
Alanin
|
10,93
|
Gistidin
|
0.42
|
Valin
|
2.02
|
Arginin
|
4.45
|
Metionin
|
0,61
|
Aspartat kislota
|
4.90
|
Izoleysin
|
1.36
|
Treonin
|
1.87
|
Leysin
|
2,66
|
Serin
|
3,87
|
Tirozin
|
0.52
|
Glutamin kislota
|
7.19
|
Fenilalanin
|
1.31
|
Prolin
|
11.82
|
Gidroksiprolin
|
9.21
|
Glitsin
|
33.50
|
Gidroksilizin
|
0.76
|
2-jadvalda keltirilgan ma’lumotlardan ko‘rinib turibdiki, kollagen tarkibidagi prolin va gidroksiprolin miqdori boshqa oqsillardagi miqdoridan katta farq qiladi. Kollagen tarkibida aminokislotalardan tashqari polisaxaridlar (2% gacha) va monosaxaridlar (1% dan kam) ham mavjud. Kollagen tarkibida 35% glitsin va taxminan 11% alanin mavjud bo‘lishi, ular ko‘pchilikka ma’lum bo‘lgan oqsillar tarkibidagi miqdoridan sezilarli darajada farq qilishini bildiradi.
Prolin va 4-gidroksiprolin kollagen va elastindan tashqari boshqa oqsil tarkibida bunday miqdorda ko‘p bo‘lmaydi. Kollagen tarkibidagi prolin asosan glitsin-prolin-X zanjirda bo‘lib, X-asosan gidroksiprolin yoki alanin bo‘lishi mumkin. Kollagen aminokislotalari tarkibida sistin va triptofan mavjud emas. Oksiprolin va oksilizinning mavjudligi uni tirik organizmdagi boshqa oqsillardan sezilarli ajratib turadi (bu aminokislotalar boshqa oqsillarda topilmaydi), ushbu aminokislotalarning biologik jarayonlardagi o‘rni juda muhim. Kollagen molekulasi uch spiralli tuzilishining barqarorligi, molekula tarkibidagi oksilizin va lizin qoldiqlarining o‘zaro kovalent va vodorod bog‘lanishlar hisobiga mustahkamlanadi [8].
Kollagen oqsilining zaharsizligi, biomoslashuvchanligi va biofaolligi sababli, tibbiyotda va farmasevtikada keng qo‘llaniladi.
Qoramol terisidan tabiiy kollagen ajratib olish uchun uni yo‘ldosh biopolimerlardan tozalash va kuchsiz organik kislotalarda eritish kabi jarayonlar amalga oshiriladi [9]. Shuningdek, kollagen ajratib olishda ishqoriy, kislotali va fermentativ gidrolizlash usullaridan foydalaniladi. Qoramol terisini ishqorli-tuzli gidrolizlash orqali globulyar oqsillar, proteoglikanlar va glikoproteinlardan tozalanadi. Kollagen ajratib olish sohasida xorijiy olimlar tomonidan izlanishlar olib borilgan. Ular tomonidan olingan kollagen suvli massasi organik kislotalarda eritilib, tibbiyotda qo‘llaniluvchi preparatlar ishlab chiqilgan [10; 11]. Shuningdek, qoramol terisidan kollagen ajratib olish borasida Respublikamizda ham qator tadqiqotlar olib borilgan bo‘lib, ular tomonidan ishqoriy-tuzli gidrolizlash usulida tabiiy tuzilishini saqlagan “Kollagen substansiyasini olish usuli” ishlab chiqilgan [12]. Mualliflar tomonidan kollagen substansiyasini olishda terini ishqoriy-tuzli gidrolizi, kollagen massasini neytrallash, gomogenlash hamda kollagen suvli massasini suvsizlantirish kabi jarayonlar tadqiq qilingan [13]. Kolagenni suvsizlantirish jarayonida ikkinchi gidroliz vaqtiga qarab 5,5-6,2% gacha kollagen saqlagan suvli massa olingan. Biroq, ushbu kollagen suvli massasii biopolimer plyonaka olishda oquvchanligi kamligi va shaklga quyishdagi qiyinliklar kabi kamchiliklarga ega.
Tadqiqotning maqsadi ishqoriy-tuzli gidrolizlash usuli yordamida biopolimer plyonka olish uchun kollagen suvli massasini ajratib olishning ikkinchi gidroliz vaqtini tanlash. Hamda ularning fizik kimyoviy ko‘rsatgichlarini aniqlash.
Do'stlaringiz bilan baham: |