Получение товаров из кожи животных для медицинского применения и определение химического состава getting goods from animal skin for medical use and determination of chemical composition ibrohimjon Rahmonovich Asqarov



Download 421,97 Kb.
bet4/13
Sana22.06.2022
Hajmi421,97 Kb.
#691189
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
2 5350670107032949931

Tadqiqot natijalari. Tadqiqotlarimizda ishqoriy-tuzli gidrolizlash usuli bo‘yicha kollagen ajratib olishning ikkinchi gidroliz vaqtini tanlash borasida izlanishlar olib borildi. Kollagen suvli massasidan maqbul fizik-mexanik xossali biopolimer plyonka olish maqsadida 60, 80, 90, 120 daqiqa davomida 18-230S haroratda gidrolizlandi. Olingan neytral kollagen suvli massasining fizik-kimyoviy ko‘rsatkichlari o‘rganildi [13; 14]. Tadqiqot natijalari 3-jadvalda keltirilgan.
3-jadvalda keltirilgan natijalardan ko‘rinib turibdiki, ikkinchi gidroliz vaqtining ortib borishi bilan xom ashyo tarkibidagi kollagenning miqdori kamayib bordi. Jumladan, gidroliz vaqti 60 daqiqa davomida olib borilganda tarkibida 5,5-6,2% gacha kollagen saqlagan suvli massa olindi. Bu kollagen namunasi texnologik jihatdan oquvchanligi va shaklga (formaga) quyish qiyinligi bois uning asosida kompozitsiya va biomaterial olishda qiyinchiliklarga sabab bo‘ldi.
Ikkinchi gidroliz vaqti 80 daqiqa davomida olib borilganda tarkibida 4,8-5,5% gacha kollagen saqlagan suvli massa olindi. Ushbu massaning oquvchanligi va shaklga quyish uchun qulayligi sabab, kompozitsiya va biomateriallar olishda ushbu gidroliz vaqti tanlandi.

3-jadval. Kollagen suvli massasining fizik-kimyoviy ko‘rsatkichlari.





Ikkinchi gidroliz vaqti, daqiqa

Kollagenning suvli massadagi miqdori (g, %)

Solishtirma zichligi (g/sm3)

6% sirka kislotada eruvchanligi

1

60

5.5-6.2

0.295-0.310

eriydi

2

80

4.8-5.5

0.280-0.293

eriydi

3

90

4.2-4.6

0.262-0.278

eriydi

4

120

3.8-4.1

0.246-0.257

eriydi

Ikkinchi gidroliz vaqti 90 daqiqa davomida olib borilganda tarkibida 4,2-4,6% gacha kollagen saqlagan suvli massa olindi. Olingan kollagen fizik-mexanik xossalari jihatidan yaxshi oquvchan va shaklga quyish oson bo‘lsada, lekin ular asosida olingan biomateriallarning mustahkamligi juda pastligi (2,7 MPa) aniqlandi.


Ikkinchi gidroliz vaqti 120 daqiqa davomida olib borilganda tarkibida 3,8-4,1% gacha kollagen saqlagan suvli massa olindi. Olingan kollagenning oquvchanligi nisbatan past va shaklga quyish qiyin bo‘lganligi sababli, kompozitsiya olish imkoniyati bo‘lmadi.
Ikkinchi marta gidrolizlab olingan kollagen namunalarining solishtirma zichliklari aniqlandi. Jumladan, 60 daqiqa davomida gidrolizlab olingan kollagen namunasining solishtirma zichligi 0,295-0,319 g/sm3 ga teng, 80 daqiqa davomida 0,280-0,293 g/sm3 ga teng, 90 daqiqa davomida 0,262-0,278 g/sm3 va 120 daqiqa davomida olib borilganda solishtirma zichligi 0,246-0,257 g/sm3 ga teng ekanligi aniqlandi. Olib borilgan tadqiqotlar natijasida, ikkinchi gidroliz vaqtining ortib borishi bilan xom ashyo tarkibidagi kollagen miqdorining kamayishi aniqlandi. Chunki, ishqoriy muhit ta’sirida xom ashyo tarkibidagi kollagen ma’lum qismi to‘liq gidrolizga uchrashi hisobiga uning unumi kamayishi bilan izohlanadi.
Ikkinchi gidrolizdan keyin, ya’ni ishqoriy-tuzli usulda turli vaqt davomida gidrolizlab olingan kollagen namunalarining barchasi 6% li sirka kislotada erib, tiniq gel hosil qiladi [15].
Tadqiqotlar davomida ikkinchi gidroliz vaqti turlicha bo‘lgan kollagen suvli massalari asosida olingan eritmalarning qovushoqligi viskozimetrik usulda aniqlandi.
Qovushqoqlikni aniqlash uchun 60, 80, 90 va 120 daqiqa davomida ikkinchi marta gidrolizlab ajratib olingan kollagen suvli massalarining 6% li sirka kislotadagi 0,01; 0,02; 0,025; 0,03; 0,0375; 0,05% li eritmalari tayyorlandi. Bunda eritmaning qovushqoqligi +20±1°S haroratda kapilyar vizkozimetr yordamida aniqlandi. Nisbiy qovushqoqlikni hisoblash uchun turli konsentratsiyadagi eritmalarning qovushqoqligi aniqlanib, olingan natijalar nol qiymatdagi konsentratsiyaga nisbatan grafik uslubda ekstrapolyatsiyalandi. Natijada kollagen eritmalarining qovushqoqligi eritma konsentratsiyasiga bog‘liqligi aniqlandi (2-rasm).
Kollagen molekulasining uch spiralli monodispers konformatsiyasini tavsiflovchi minimal [η] qiymat 10-11 ga teng bo‘lib [16], gidroliz vaqti ortib borishi bilan qovushqoqlik kamayib boradi. Jumladan, denaturatsiyalangan kollagen, ya’ni jelatin uchun [η] qiymati 0,1 ga teng [15].
2-rasmda keltirilgan natijalardan ko‘rinib turibdiki, gidroliz vaqti 60 daqiqa davomida ajratib olingan kollagen uchun qovushqoqlik [η] qiymati 15,15 ga teng bo‘lib, uning qovushqoqligi yuqori. Gidroliz vaqti 80 daqiqa davomida ajratib olingan kollagen uchun qovushqoqlik [η] qiymati 12,35 ga teng bo‘lib, kompozitsion biomateriallar olish uchun maqbul qovushqoqlikni namoyon qilishi aniqlandi. Gidroliz vaqti 90 va 120 daqiqa davomida ajratib olingan kollagen namunalari uchun qovushoqlik [η] qiymati mos ravishda 11,42 va 11,02 ga teng bo‘lib, kompozitsion biomateriallar olish jarayonida eritmaning qovushqoqligi pastligi hamda undan olingan plyonka namunalarini mustahkamligi (2,7 MPa va undan kam) pasligi kabi qiyinchilik tug‘diradi.





2–rasm. Ikkinchi gidroliz vaqti turlicha bo‘lgan kollagenning 6% li sirka kislota eritmalaridagi xarakteristik qovushqoqligi

Ilmiy adabiyotlarda keltirilgan ma’lumotlarga ko‘ra, tabiiy uch spiral tuzilishiga ega kollagenning xarakteristik qovushqoqligi 11 dan past bo‘lmasligi kerak [16]. Olib borilgan tadqiqotlar natijasida barcha kollagen namunalarini 6 % li sirka kislotadagi suyultirilgan eritmalarining xarakteristik qovushqoqlik [η] qiymatlari 11,02-15,15 oralig‘ida ekanligi, ularda tabiiy tuzilishi saqlanganligining isboti sifatida qarash mumkin. O‘z navbatida, ikkinchi gidroliz jarayonining davomiyligi bo‘yicha olingan ko‘rsatkichlar, teri xom ashyosidan tabiiy tuzilishini saqlagan kollagen ajratib olish mumkinligini ko‘rsatdi.


Olib borilgan izlanishlarda ikkinchi gidroliz vaqti 60, 80, 90 va 120 daqiqa davom ettirilganda tarkibida mos ravishda 5.5-6.2, 4.8-5.5, 4.2-4.6 va 3.8-4.1 % gacha kollagen saqlagan suvli massa olindi. Gidroliz vaqtining ortib borishi bilan xom ashyo tarkibidagi kollagen miqdorining kamayishi aniqlandi. Bu kollagenning spirallashmagan qismlarining uzilishidan tashqari, gidroliz vaqti ortishi bilan uch spiralli tuzilishining ham buzilishi bilan izohlanadi. Shuning uchun ikkinchi gidroliz vaqti 80 daqiqa davomida olib borilganda tarkibida 4,8-5,5% gacha kollagen saqlagan suvli massa olinib uning oquvchanligi va shaklga quyish uchun qulayligi sababli biomateriallar olishda ushbu gidroliz vaqti tanlandi. Tadqiqotlar natijasida eritmalarining xarakteristik qovushqoqlik [η] qiymatlari 11,02-15,15 oralig‘iga teng bo‘lib, uch spiral struktura saqlanganligi aniqlandi.
Kollagen oqsil tabiatli modda bo‘lib, peptid bog‘lar bilan bog‘langan aminokislotalar yig‘indisidan iborat. Kollagenni tuzilishi va funksiyasi uning tarkibidagi aminokislotalarning o‘ziga xos miqdori bilan bog‘liq. Tadqiqotlarimiz davomida qoramol terisidan ajratib olingan kollagen tarkibidagi aminokislotalar sifat va miqdoriy tahlili ilmiy adabiyotlarda qoramol terisidan ajratib olingan kollagenning aminokislotalari bilan qiyosiy taqqoslangan holda o‘rganildi. Buning uchun kollagenning aminokislota tarkibi kislotali gidrolizidan so‘ng, Koxen usulida aminokislotalarning FTK hosilalari sintez qilindi va yuqori samarali suyuqlik xromatografiyasi (YuSSX) yordamida sifat hamda miqdoriy tahlili amalga oshirildi. Natijalar 4-jadvalda keltirilgan.
4-jadvalda keltirilgan ma’lumotlardan ko‘rinib turibdiki, har ikkala kollagen oqsilining aminokislota tarkibi va miqdori deyarli bir xil. Ayrim individual aminokislotalarda qisman farqlar mavjud bo‘lib, bu asosan ajratib olish jaryoni bilan bog‘liq. Bu uning xususiyatlariga sezilarli ta’sir ko‘rsatmaydi. Shuningdek, kollagen tarkibida ko‘p uchraydigan aminokislotalar glitsin, prolin va oksiprolin miqdorlarida deyarli farq yo‘qligi aniqlandi.
4-jadval. Kollagen tarkibidagi aminokislotalarning sifat va miqdoriy tahlili (g/100g).

Aminokislota

Adabiyotda [17]

Tadqiqotda

Farqi

Lizin

2,60

2,63

+0,03

Gistidin

0,42

0,44

+0,02

Arginin

4,45

4,52

+0,07

Aspartat kislota

4,90

4,90

-

Treonin

1,87

1,87

-

Serin

3,87

3,88

+0,01

Glutamin kislota

7,19

7,23

+0,04

Prolin

11,82

11,97

+0,15

Glitsin

33,50

35,12

+1,62

Alanin

10,93

11,00

+0,07

Valin

2,02

1,87

-0,15

Metionin

0,61

0,56

-0,05

Izoleysin

1,36

1,36

-

Leysin

2,66

2,74

+0,08

Tirozin

0,52

0,51

-0,01

Fenilalanin

1,31

1,34

+0.03

Gidroksiprolin

9,21

10,69

+1,48

Gidroksilizin

0,76

0,74

-0,02




Download 421,97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish