Polimerlarning fotokimyoviy destruksiyasi
Polimerlar destruksiyasining bunday jarayonlari juda kata amaliy ahamiyatga ega, chunki polimerlar ekspluatatsiya davo`lida deyarli hamavaqt yorug`lik ta’sirida bo`ladi. Polimerlarning
nurlanishida sodir bo`ladigan reaksiyalar polimerlarning eskirish jarayonlarida katta rol o`ynaydi va ko`pincha tabiiy va sintetik tolaiar, rezina va plastmassa buyumlar, lok-bo`yoq qoplamalarning xizmaTmuddatini belgilaydi.
Polimer materiallarga yorug`lik ob-havosi deb ataluvchi polimerlarning fotokimyoviy destruksiyasi murakkab jarayonlarining natijasi bo`lib, u quyosh energiyasidan faollangan namlik va havo kislorodi ishtirokidagi gidroliz va oksidlanish jarayonidir. Bu jarayonlar natijasida polimerning molekulyar massasi, tarkibi, ba’zan tuzilishi ham o`zgarishi mumkin.
Ko`pchilikka ma’lumki, qachonlardir ko`zni qamashtirgan oppoq sintetik matodan tikilgan ko`ylak vaqt o`tishi bilan sarg`lmtil bo`lib qoladi. Buning sababi ko`ylakning Yo`mon yuvilgani emas, balki ≪fotodestruksiya≫ deb ataluvchi hodisada, ya’ni ultrabinafsha yorug`lik ta’sirida sodir bo`ladigan molekulyar destruksiya natijasidir. Tiniq plastmassadan yoki rangli rezinadan tayyorlangan buyumlami saqlash vaqtida sarg`lmtillik va mo`rtlikning paydo bo`lishi ultrabinafsha yorug`lik ta’siri bilan bog`liq.
Kislorod ishtirokida tabiiy kauchukning ultrabinafsha yorug`lik ta’sirida destruksiyalanish tezligi keskin ortadi va bunda,
fotooksidlanish destruksiyasi sodir bo`ladi. Yorug`lik kauchuk va rezinalarning oksidlanish destruksiyasini qizdirishga qaraganda ancha kuchaytiradi. Tabiiy ob-havo sharoitlari ta’sirida polietilen 2 - 3-yil davo`lida emiriladi; qorong‘ida odatdagi haroratda u umuman destruksiyalanmaydi.
Fotodestruksiyaning qiziq misoli bo`lib ultrabinafsha nurlar ta’sirida suyuqlamada katta miqdorda monomer ajralib chiqishi bilan boradigan polimetilmetilmetakrilatning depolimerlanishi hisoblanadi. Fotodestruksiya boshlanishida erkin radikallar hosil bo`ladi va ular ishtirokida jarayonning davo`l etishi polimer materialning fizikaviy holatiga bog‘liq bo`ladi. Masalan, polimetilmetakrilat suyuqlamada monomergacha destruksiyalanadi, qattiq holatda esa xuddi shu
sharoitlarda monomer deyarli hosil bo`lmaydi, ammo qattiq polimetilmetakrilatning fotodestruksiyalanish jarayonida quyidagi sxema bo`yicha kichik miqdorda metilformiat hosil bo`ladi:
Shunga o`xshash sxemada poli-a-metilstirolning fotodestruksiyasi sodir bo`ladi.
Ma`lumki. polietilen molekulalari strukturaviy kamchiliklar yoki aralashmalar mavjudligi sababli polimerning fotodestruksiyalanishiga olib keluvchi, asosiy zanjirning yaqin turuvchi bog Mari mustahkamligini kamaytiruvchi C=C yoki C= 0 bog`lami tutishi mumkin:
Nurlar ta’sirida boradigan kimyoviy destruksiya jarayoni fotoliz deyiladi. Bir vaqtning o`zida nurlar, kislorod, namlik, kimyoviy agentlar ta’sir etsa makromolekulada murakkabjarayonlar, ya’ni ularning fotooksidlanishi va gidrolizi sodir bo`ladi. Polimerlarning fotokimyoviy destruksiyasi fotosensibilizatorlar ishtirokida tezlashadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |