Polimerlarning destruksiyasi


Polimerlarning termik destruksiyasi



Download 5,12 Mb.
bet4/7
Sana03.07.2022
Hajmi5,12 Mb.
#738239
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
2 5429201599765419771

Polimerlarning termik destruksiyasi
Polimerlarning termik destruksiyasi inert gaz atmosferasida yoki vakuumda qizdirish bilan olib boriladi. Destruksiya gaz atmosferasida olib borilganda kichik tezlikdagi diffuziyaga ega bo`lgan polimerdan hosil bo`lgan monomer va reaksiya natijasida hosil bo`lgan quyimolekulyar
moddalar bilan reaksiyaga kirishishi mumkin.
Termik destruksiyaning o`ziga xos tomonlari shundan iboratki, u nafaqaTmakromolekulaning polimerlanish darajasini kamaytiradi, balki uning strukturaviy o`zgarishiga, shuningdek, depolimerlanishga ham olib keladi. Monomerning hosil bo`lishi destruksiya sharoitiga va polimerning sintez usuliga va, qolaversa, makromolekula tabiatiga bog`iq.


Ba’zi polimerlarning termik destruksiyalanish mahsulotlari


Jadval ma’lumotlaridan ko`rinib turibdiki, to`rtlamchi uglerod atomlari tutgan polimerlar hosil bo`lishiga olib keluvchi a,a-ikki almashgan monomerlarning polimerlanish issiqligi nisbatan kichik (-10 kkal/mo`l) bo`lgani holda, monoalmashgan monomerlarning polimerlanish issiqligi -20 kkal/mo`lga teng. To`rtlamchi uglerod atomi tutgan polimerlarning depolimerlanish reaksiyasi faqat uchlamchi va ikkilamchi uglerod atomi tutgan polimerlarga qaraganda oson sodir bo`lishi xuddi yuqoridagi omil bilan tushuntiriladi. Polimetilmetakrilatni ~300°C da vakuumda termik destruksiyalaganda polimerning yarmi juda tez monomergacha depolimerlanadi, songra depolimerlanish tezligi keskin tushib ketadi (23-rasm).

23-rasm. Polimetilmetakrilat depolirlanishining qizdirish vaqtiga bog`liqligi:
1-boshlang'ich polimerlanish darajasi 390; 2-960; 3-4260.

Depolimerlanish asosida reaksiyaning qaytarligi yotadi, u ham bo`lsa, initsirlash, polimer radikalidan monomer ajralishi (makro`lolekulyar zanjir o`sishga teskari jarayon), zanjir uzilishi va zanjir uzatilish reaksiyalaridan iborat bo`ladi. Agar metilmetakrilatning polimerlanishida zanjirning uzilishi disproportsilanish bilan tugasa, makromolekulaning so`nggi zvenolarida 50% ga yaqin qo'shbog‘tutgan polimer hosil bo`ladi. Bunday polimetilmetakrilat destruksiyasi to`yingan makromolekulaga nisbatan kam energiya talab qiladi (2-reaksiya), chunki bunda, nisbatan barqaror allil radikali hosil bo`ladi.





Qo`shbog‘tutmagan xuddi shunday makromolekulalar parchalanganda stabillanmagan radikal hosil bo`ladi.




bu esa energetik jihatdan ancha qiyin.



Reaksion zanjirning keyingi rivojlanishi ikkala radikal turlari uchun bir xil tezlikda borsa kerak va monomer ajrab chiqishi bilan sodir bo`ladi.



Polistirolning destruksiyasida dimer va trimer fraksiyalarning hosil bo`lishini polistirolning fenil guruhidagi faol vodorod atomining mavjudligi bilan bog`iqligini quyidagicha tushuntirish mumkin:

Zanjir uzatish reaksiyasi stirol zvenolaridan vodorodni ko`chirish va zvenolararo yuz berishi mumkin.
Monomer hosil bo`lishi makromolekulaning depolimerlanish reaksiyasi tufayli sodir bo`ladi:

Monomer, dimer, trimer fraksiyalarning nisbati hosil boiayotgan boshqa uchuvchan mahsulotlarning miqdori birinchi navbatda jarayonning haroratiga bog`iq. Polistirol destruksiyasida harorat 280°C dan 500°C ga ko`tarilsa destruksiya mahsulotida monomer miqdori oshadi va 40% ga etadi.


Polistirolning uchlamchi uglerod atomidagi vodorod metil guruhiga almashtirilsa boshqacha hodisa kuzatiladi. Masalan, polimetilstirol xuddi shunday sharoitda termik destruksiyaga uchratilsa 95% gacha monomer hosil bo`ladi. Poli-a-metilstirolning oson destruksiyaga uchrab monomer hosil qilishga katta moyilligi, unda to`rtlamchi uglerod atomining borligi, makromolekuladagi aralash С - С bog`larning bo`shashtirishi oqibatidir. Bunga polimetilmetakrilat va polimetilakrilatning termik destruksiyasi yaxshi misol bo`laoladi.
Depolimerlanish reaksiyasining borishi natijasida destruksiya mahsulotining asosiy qismi (80%) monomerdan iborat bo`lishi polimetilmetakrilat uchun xarakterlidir:



Destruksiya mahsulotining anchagina qismini spirt, CO2 va boshqalar tashkil qiladi.


Polimetilakrilat 290 - 380°C harorat oralig`da, polimetilmetakrilatga qarama-qarshi o`laroq, atigi 35% gacha monomer, shu bilan birga C 0 2, metanol va boshqa uchuvchan moddalar hosil qiladi.
Yuqoridagilarga asoslanib, shuni aytish mumkinki, polistirol va polimetilakrilatning termik destruksiyasi tasodifiy bog`larning uzilishidan boshlanmasdan, balki reaksion qobiliyatli makromolekulalar hosil bo`lishi bilan bir vaqtda kimyoviy bog`larning tasodifiy uzilgan joyiga vodorod atomining o`tishini quyidagicha ifodalash mumkin:

Polimer o`rtacha molekulyar massasining o`zgarishiga qarab termodestruksiya mexanizmi ustida fikr yuritish mumkin.



  1. Bog`larning tasodifiy uzilishi bilan boradigan reaksiyalarda polimerning depolimerlanishi o`rtacha molekulyar massaning tez kamayishi AC chizig‘i orqali ifodalanadi (24-rasm).


2. Pog‘onali depolimerlanishda o`rtacha molekulyar massa astasekin kamayadi, ammo jarayonning tezligi hosil bo`lgan monomerning miqdoriga mutanosib bo`ladi. Bu AB to`g‘ri chizig`dan iborat.
3. Polimerlanish jarayonining aksi, ya’ni faqat depolimerlanish jarayoni borgan taqdirda o`rtacha molekulyar massa sekinroq kamayadi va umumiy tezlik AB chizig` orqali ifodalanadi. Masalan, polimetilmetakrilat uchun molekulyar massa ortishi bilan pog‘onali depolimerlanish unumi oshadi. Termik destruksiyada uchuvchan mahsulotning tez yoki sekin hosil bo`lishi jarayonning mexanizmi haqida fikr yuritishga imkon beradi. Xuddi shuningdek, o`rtacha molekulyar massaning kamayishi bilan depolimerlanishga uchrayotgan polimerning boshlang`ich tezligi ortishi oxirgi zvenolarning miqdori va tabiati bilan bog`liq. Ko`pchilik karbozanjirli polimerlar, jumladan, polivinilxlorid va polivinil spirti yuqori haroratlarda parchalanganda turli quyi molekulyar birikmalar ( НСl, Н2О, СН3СООН va boshqalar) hosil bo`ladi. Polivinilxloridning degidroxlorlanishi quyidagi bosqichlar orqali kuzatiladi:
1. Initsirlash:

2. Zanjir rivojlanishi:






  1. Zanjir uzilishi:


Polivinilxloridni degidroxlorlash reaksiyasi 300°C dan past haroratda quyidagi sxema bo`yicha boradi:





С - CI bog‘i zaif bog‘bo`lgani uchun CCl radikalini hosil qilib parchalanadi, natijada qo`shni vodorod atomi uzilib makrozanjirda qo`shbog‘paydo bo`ladi, uchlamchi holatda joylashgan xlor atomi qo`shbog‘ni faollashtiradi. Xuddi shunday faollanish polivinilatsetat (1) va polivinil spirtining (2) termik destruksiyasida ham kuzatiladi:



Bunday zanjirli jarayonlarda to`yinmagan bog‘tutgan makrozanjirning hosil bo`lishi uglerod - geteroatom o`rtasidagi β-holatga nisbatan to`yinmagan bog‘ning uziiishini osonlashtiradi. Destruksiya natijasida polien strukturali, rangli, erimaydigan va fizikmexanik xossalari o`zgargan mahsulot hosil bo`ladi.


Geterozanjirli polimerlarning termik destruksiyasi geteroatom - uglerod bog`ning uzilishi bilan karbozanjirli polimerlardan farqlanadi. Xuddi shuningdek, uglerod - geteroatom bog‘i miqdorining ko`payishi bir vaqtda zanjirda uchlamchi va to`rtlamchi uglerod atomi borligi bilan bog`liq bo`lib polimer termostabilligini pasaytiradi.



Download 5,12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish