Sxolastikani tizimga solishda dominikanlar Ordenining vakili
Akvinalik
Foma
(1225-1274) muhim hissa qo‘shdi. U o‘ziga maqsad qilib xristianlik
aqidalarini aqlga muvofiq ravishda ishlab chiqishga bel bog‘ladi. Arastu shunday
asosni yaratgan ediki, unga tayangan Foma xristianlik tushunchasi
bo‘lgan
g‘oyaviylik
va
moddiylik
nisbatini avvaldan berilgan shakl qoidasi (tartib
qoidasi) bilan
beqaror
va to‘la
barqaror
bo‘lmagan modda qoidasi (borliqning eng
zaif ko‘rinishi) o‘rtasidagi nisbatni qoidaga aylantirdi. Yakka ko‘rinishdagi
hodisalar dunyosi, Akvinalik Foma nuqtai nazaricha shaklning
birinchi qoidasi va
moddaning qo‘shilishidan tug‘iladi. Insonning ruhi esa, shakl tashkil qiluvchi
qoida bo‘lib, o‘zining yakka tarzda namoyon bo‘lishini faqat badan bilan
qo‘shilgan holatdagina qo‘lga kiritadi.
Ushbu xulosaviy qoida xristianlik sxolastikasining eng keskin masalalaridan
birini murosasizlik jihatdan yakunladi. Shakllanayotgan
xristianlik, sxolastika kabi,
idealistik tizim bo‘lib, o‘zining moddaga bo‘lgan munosabatini talqin qilishda
chuqur tashvishda edi, negaki Xudoning uchinchi ko‘rinishi bo‘lgan Iso Masih,
inson siymosida namoyon bo‘lgan edi, ya'ni o‘zida ham ilohiy (g‘oyaviy), va ham
insoniy (moddiy-jismiy) tabiatni birlashtirgan edi.
Ilohiylik va insoniylikning
qo‘shilishi yolg‘on borliq sifatida moddani to‘la inkor etishga, uni «hyech nima»
(uni «hyech nimadan» yaratilganligini aqida talab qilar edi) deb e'lon qilishga
imkon bermas edi. Shuning uchun Akvinalik Foma tomonidan moddani
«borliqning eng zaif ko‘rinishi» sifatida talqin qilinishi cherkov tomonidan
vujudga kelgan uslubiy va mantiqiy boshi berk ko‘chadan
chiqish sifatida qabul
qilindi. Natijada modda sxolastikada tobelik holatida bo‘lsa ham, qisman mavjud
bo‘lish huquqini qo‘lga kiritdi.
G‘oyaviylik va moddiylik haqidagi eng keskin bahs
realistlar
(lot. realis–
haqiqiy, ashyoviy) va
nominalistlar
(lot. nomen–ism, nom) o‘rtasidagi mashhur
munozarada namoyon bo‘ldi. Gap
universaliy
(lot. - umumiy) umumiy yoki tur deb
atalgan tushunchalarining tabiati haqida borar edi. Realistlar (Ioann Skott Eriguna,
Kenterberiylik Anselm, Akvinalik Foma) Arastuning
umumiylik yagonalik bilan
bog‘liq ravishda mavjud bo‘lib, uning shaklidir degan qoidasiga asoslanadilar.
Akvinalik Fomada universaliylar uch xil ko‘rinishda mavjud edilar:
«ashyolargacha» ilohiy aqlda; «ashyolarning o‘zida» ularning mohiyati sifatida; va
«ashyolardan so‘ng» abstrakt fikrlash natijasi sifatida inson aqlida. Bunday Hukm
yuritish falsafa tarixida «umumiy» faqat ashyolardan tashqarida mavjud bo‘ladi
degan
«o‘ta keskin realizm»
dan farqli o‘laroq, «mo‘tadil realizm» nomini oldi.
O‘ta keskin realizm o‘zining ildizlari bilan Aflotun ta'limotiga borib taqalar edi va
o‘zining idealistik sxolastikaga yaqin bo‘lib ko‘rinishga
qaramasdan cherkov
tomonidan aynan shuning uchun qabul qilina olmas ediki, modda xristianlik
tomonidan Iso Masihning ikki tabiatidan biri sifatida oqlangan edi.
Nominalistlar esa (Rosselin, Per Abelyar) «umumiy» ning ob'ektiv mavjudligini
rad etib, universaliylar faqat tafakkurdagina mavjud deb hisoblar edilar. Ular
umumiyning borligini faqat muayyan yakka ashyolardagina emas,
balki uni
«ashyolargacha» ham mavjudligini rad etar edilar va bu esa moddaning oldin
kelishligi haqidagi shiorni qabul qilish bilan barobar edi. Rosselin fikricha,
universaliylar faqat ashyolarning ismlaridir. Faqat yakka olingan narsalar
mavjuddir. Rosselin va boshqalarning nominalistik qarashlari cherkov tomonidan
mahkum etildi.
Do'stlaringiz bilan baham: