13-mavzu. EKSKURSIYA MARSHRUTIDA BIRINCHI TIBBIY YORDAMNI KO‘RSATISH QOIDASI Reja: - 1. Birinchi tibbiy yordamning ekskursiya jarayonidagi ahamiyati
- 2. Yurakni massaj qilish qoidasi
- 3. Ekskursiya jarayonidagi turli noxush holatlarda birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish qoidasi
- 4. Jabrlanuvchini transportda kasalxonaga jo‘natish qoidasi
1. Birinchi tibbiy yordamning ekskursiya jarayonidagi ahamiyati Birinchi tibbiy yordam- to‘satdan shikastlangan va sog‘ligini yo‘qotgan insonga salomatligini va hayotini saqlashga qaratilgan oddiy tibbiy tadbirlarni ifodalaydi. - Jabrlanuvchini qutqarish gid tomonidan tibbiy yordamni qanchalik tez va to‘g‘ri ko‘rsatganiga bog‘liq bo‘ladi.
- Birinchi tibbiy yordamning mazmuni jabrlangan insonga jarohatlangan a’zolaridagi og‘riq taassurotini kamaytirish, oddiy tibbiy yordam uslublarini qo‘llashga va shikastlangan insonni tez tibbiy muassasaga yuborishdan iboratdir.
Birinchi tibbiy yordamni to‘g‘ri tashkillashtirish uchun quyidagilar bajarilishi zarurdir: - Birinchi tibbiy yordamni to‘g‘ri tashkillashtirish uchun quyidagilar bajarilishi zarurdir:
- har bir turistik firmada birinchi tibbiy yordam ko‘rsatishga va gid aptechkasida saqlanishi lozim bo‘lgan tibbiy vositalarning mavjudligiga javobgar bo‘lgan mas’ul shaxsni tayinlash;
- har bir turistik firmada gidlarni birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish qoidalariga o‘qitilishini tashkil etish;
gid tomonidan ko‘rsatilgan tibbiy yordam shifokor kelguniga qadar (shifokor o‘rnida emas!) ko‘rsatiladigan yordam bo‘lib, quyidagilarni qamrab oladi: jarohat joyidan qon ketishini vaqtincha to‘xtatish, jarohatlangan a’zoning (kuygan sohani) boylami, og‘ir shikastlanganda shu sohani immobilizatsiyalash (a’zoni qimirlatmaydigan qilish), jonlantirish tadbirlarini (sun’iy nafas berish, yurakni massaj qilish) o‘tkazish, umumma’lum bo‘lgan kasalliklarda og‘riq qoldiruvchi va boshqa dori vositalarini to‘g‘ri berish, jabrlanuvchini tibbiy muassasaga transportda jo‘natish. - gid tomonidan ko‘rsatilgan tibbiy yordam shifokor kelguniga qadar (shifokor o‘rnida emas!) ko‘rsatiladigan yordam bo‘lib, quyidagilarni qamrab oladi: jarohat joyidan qon ketishini vaqtincha to‘xtatish, jarohatlangan a’zoning (kuygan sohani) boylami, og‘ir shikastlanganda shu sohani immobilizatsiyalash (a’zoni qimirlatmaydigan qilish), jonlantirish tadbirlarini (sun’iy nafas berish, yurakni massaj qilish) o‘tkazish, umumma’lum bo‘lgan kasalliklarda og‘riq qoldiruvchi va boshqa dori vositalarini to‘g‘ri berish, jabrlanuvchini tibbiy muassasaga transportda jo‘natish.
- Gid aptechkasida (komplektatsiyalash yo‘riqnomasi asosida) tibbiy yordam ko‘rsatishda lozim bo‘lgan barcha tibbiy vositalar bo‘lmog‘i shart.
Do'stlaringiz bilan baham: |