Platon qarashlarida jamiyat, davlat toʻgʻrisidagi taʼlimot markaziy oʻrinlardan



Download 250,33 Kb.
Pdf ko'rish
bet9/12
Sana05.11.2022
Hajmi250,33 Kb.
#861094
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
1Evropa mutafakkirlari Platon, Boesiy, R Dekart, D YUmning falsafaga

cherkovni davlatdan ajratishni
maqsad qilib qo‘ygan 
edilar. Ular cherkovlar va diniy mazhablar faoliyati ustidan davlat nazoratini 
o‘rnatishni nazarda tutar edilarki, toki ular diniy taassub va dushmanlik urug‘ini 
sochish bilan shug‘ullanmay, fuqarolik qonunlariga og‘ishmay amal qilsinlar. 
Ma'rifatparvarlar insonni boshqatdan tarbiyalab, undagi ijobiy tomonlarni 
rivojlantirishga va pirovardida, atrofdagilarni, avvalo ijtimoiy muhitni 
sog‘lomlashtirishga urindilar. 
XVIII asrning oxiri XIX asrning boshida Fransuz inqilobi voqyealarining kuchli 
ta'siri ostida bo‘lgan, iqtisodiy va siyosiy jihatdan qoloq Germaniyada shunday 
falsafa vujudga keldiki, uning shakllanishida tabiatshunoslik va ijtimoiy fanlarning 
yutuqlari kata o‘rin tutdi. Fizika va kimyo katta muvofaqqiyatlarga erishdi, jonli 
tabiatni o‘rganish olg‘a qadam bosdi, matematika sohasida shunday kashfiyotlar 
qilindiki, ular juda ko‘p jarayonlarni miqdoriy jihatdan aniq ifodalashga imkon 
berdi. Bundan tashqari, atrof muhit tomonidan tana a'zolari rivojining bir-biri bilan 
sababiy aloqadorligi haqidagi Lamark ta'limoti katta qiziqish bilan kutib olindi. 
Eng yangi astronomik, geologik va embriologik nazariyalar ham katta qiziqish 
uyg‘otdi. Bu barcha nazariyalar, hamda kishilik jamiyatining taraqqiyot nazariyasi 
muqarrar ravishda rivojlanish g‘oyasini voqyeylikni bilishning nazariyasi va usuli 
sifatida ishlab chiqish zaruriyatini rag‘batlantirar edi. 
Nemis mumtoz falsafasi 
I.Kant, I. Fixte, F.Shelling, G.Xegel va L.Feyerbax
kabi 
shaxslar nomi bilan bog‘liqdir. 
Nemis mumtoz idealizmining asoschisi 
Immanuil Kant
(1724-1804) faqat buyuk 
faylasuf sifatidagina emas, balki keng qamrovli chuqur olim sifatida ham 
mashhurdir. Uning tomonidan ishlab chiqilgan quyosh sistemasining bahaybat 


gazsimon tumandan kelib chiqqanligi haqidagi ta'limot hozirgacha astronomiyada 
asosiy ilmiy g‘oyalardan biri hisoblanadi. Kantning ilmiy tabitashunoslik 
sohasidagi kashfiyoti uning zamondagi tabitashunoslik qoidasini faqat Koinot 
tuzilishigagina emas, balki uning kelib chiqishi va rivojiga nisbatan ham qo‘llashga 
birinchi urinish edi. Kantning xizmatlaridan yana biri uning hayvonlarni ehtimol 
tutilgan kelib chiqishining tartib bilan taqsimlanishi haqidagi g‘oyasi va 
insonlarning irqiy jihatdan tabiiy kelib chiqishi to‘g‘risidagi nazariyasi edi. 
Kantning nuqtai nazaricha, eng muhim falsafiy muammolarni yechishga 
kirishishdan oldin inson bilimining chegarasi va imkoniyatini tadqiq qilish lozim. 
Kant fikricha, biz dunyoni qanday bo‘lsa, o‘shanchalikda emas, balki bizga qanday 
namoyon bo‘lishiga qarab bilamiz. Bizning bilimimizga faqat 
ashyolar 
ko‘rinishi
yoki 
fenomenlar
yetib keladi. His-tuyg‘u a'zolariga «narsa -o‘zida» 
(«veщ v sebe») ta'siri natijasida hissiy tartibsizlik vujudga keladi. Bu tartibsizlik 
bizning aqlimiz quvvati orqali birlik va tartibga solinadi. Biz nimaniki tabiat 
qonunlari hisoblasak, aslida hodisalar dunyosiga aql orqali kiritiladigan aloqadir, 
yoki boshqacha aytganda, bizning aqlimiz qonunlarni tabiatga buyruq qiladi. 
Ammo hodisalar dunyosiga inson ongidan mustaqil bo‘lgan ashyolar mohiyati 
bo‘lgan «narsa o‘zida» muvofiq keladi. Ularni mutlaq bilish mumkin emas. «Narsa 
o‘zida» bizlar uchun 
noumenlar
, ya'ni aql bilan bilinadigan, ammo tajribada 
berilmaydigan mohiyatdir. Kant inson aqlining kuchiga cheksiz ishonishni 
aqidaparastlik deb atab, uni shubha ostiga olib baholaydi. 
Kant nuqtai nazaricha, 
makon va zamon g‘oyasi
insonga idrokdan oldin ma'lum 
bo‘lgan. Makon va zamon g‘oyaviy bo‘lib, voqyeiy emasdirlir. Hissiy taassurotlar 
bir-birlari bilan o‘zaro 

Download 250,33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish