tezlashtiruvchilar va aktivlovchilar, to ‘ldiruvchilar, plastifikatlar va
eskirishdan saqlovchilar (ularga har xil kimyoviy moddalar kiradi)
va h.k. Ingrediyentlaming qiymati kauchukka
nisbatan birdan to
o ‘nJab foizlami tashkil qiladi.
Rezinaning fizik-mexanik xossalarini yaxshilash uchun uning
ishqalanishga chidamliligini, qattiqligini, mustahkamligini va boshqa
xossalarini yaxshilash uchun tarkibiga oz miqdorda texnik uglerod
(qurum) kukun holida qo'shiladi.
K o‘p rezina buyum lar faqat rezinadan tayyorlanm asdan,
tarkibiga mato va armirlovchi materiallar kiritiladi.
Misol uchun,
avtomobil shinasini olsak, unda mato (kord)ning miqdori 15—35% ni
tashkil qiladi.
12.2. Rezina buyumlar ishlab chiqarish
Rezinadan buyumlar ishlab chiqarishda asosiy farq qiluvchi
xossasi mexanik va kimyoviy jarayonlarni o'zida mujassam qilgan-
ligidir.
Oldin kauchuklarga maxsus mexanik ishlov beriladi, ya’ni
plastikatsiya ta’sirida qayta ishlashda unga kerak bo'lgan texnologik
xossalar beriladi.
Oldindan belgilangan komleks
xossaga ega boig an rezina
olish uchun aw alo, kauchuk va aniq tarkibga ega bo‘lgan
ingrediyentlar bilan qorishma tayyorlanadi. Qorishma tayyor-
lashdan asosiy maqsad, ingrediyentlaming polimer ichida bir
tekisda taqsimlanishini ta’minlashdir. Kauchuklar choklanishidan
oldin qovushqoq oquvchan holatda bo‘lib,
plastik xossaga, ya’ni
mexanik qaytmas deformatsiyaga ega bo‘ladi. Ingrediyentlar
kauchuk massasida surilish deformatsiyasi ta ’sirida bir tekisda
taqsimlanadi. Bu jarayon maxsus mashinalarda amalga oshiriladi.
Kauchukni ingrediyentlar bilan aralashtirishda kom ponentlar
aralashishi bilan bir qatorda bir qancha murakkab fizik-kimyoviy
va kimyoviy jarayonlar kechadi. Jumladan,
polimer-strukturaviy
o ‘zgarishlar (mexanik kuchlanish ta’sirida), rezina komponentlari
orasidagi o ‘zaro ta ’sir va h.k. Sodir bo'layotgan jarayonlar
xarakteri rezinani qayta ishlash sharoitiga bog‘liq.
8 6
Rezina qorishmasi asosiy yarimfabrikat hisoblanadi va undan
rezina buyumlari tayyorlanadi. Rezina qorishmasi, kauchuklar
singari, plastik xususiyatga egadir.
Shuning uchun aniq bir
sharoitda u har xil usullarda shakllanishi mumkin. Shakllanish
xususiyatidan zagotovka tayyorlashda foydalaniladi.
Rezina qorishmalaridan shprislash, kalandrlash, presslash
va b o sh q a u su lla r b ila n buyum olish mu mk i n . R ez in a
qorishmasi
bilan m ato, m etall va boshqa yuzalarni qoplash
ham mumkin.
Rezina buyumlami olishda asosiy va yakunlovchi jarayon
vulkanlash hisoblanadi. Vulkanlash jarayonida kauchuk makro-
molekulalari ko‘ndalang kimyoviy bog‘ hosil qilib, vulkanlovchi
uch o‘lchamli to ‘r hosil qiladi. Natijada
plastik rezina aralashmasi
yuqori elastik rezinaga aylanadi.
S hunday qilib, qayta ishlash ja ra y o n in in g vulkanlash
bosqichida m ashinada takrorlanm as m uhim o ‘zgarish, y a’ni
material xossasining o ‘zgarishi sodir bo'ladi.
Vulkanlash jarayonida oltingugurt hamda aktivlovchi va tez-
latuvchi moddalar ta ’sirida kauchuk makromolekulalariaro uch
o‘lchamli to ‘r hosil bo'ladi. Bunda issiqlik katta rol o ‘ynaydi.
Shuning uchun vulkanlash jarayonida tashqaridan bosim ostida
issiqlik beriladi. Bu jarayon har xil apparatlarda olib boriladi.
Ayrim paytlarda shakllanish va vulkanizatsiya jarayoni bir vaqtda
olib boriladi.
An’anaviy texnologik jarayonlar
qatorida rezina buyumlarni
«qattiq» kauchuklardan olish bilan birga rezina sanoatida kauchuk-
larning suvdagi dispersiyasidan — lateksdan buyum tayyorlash
taraqqiy eta boshladi. Bu usul bilan olingan yarimfabrikat dastlab
quritiladi, keyin vulkanlanadi.
Rezina sanoatida organik eritmalarda tayyorlangan rezina
aralashmasi (eritmalar) —
Do'stlaringiz bilan baham: