Plastentaning oldinda kelishi


Ch o t n i n g y i r t i l i sh x a v f i b e l g i l a r i n i m a d a n ibor a t?



Download 293,5 Kb.
bet3/4
Sana02.02.2017
Hajmi293,5 Kb.
#1667
1   2   3   4

Ch o t n i n g y i r t i l i sh x a v f i b e l g i l a r i
n i m a d a n ibor a t?
Homilaning boshi chanoq tubiga tushganda chotdagi to’qimalar cho’ziladi, natijada ulardagi qon aylanishi buziladi, vena qon tomirlari tarqoq bo’lganligi uchun ulardan qon o’tishi qiyinlashadi, natijada chot terisi taranglashib, ko’kish rangga kiradi, bu unda yirtilish xavfi borligini ko’rsatuvchi belgidir. Agar arteriya qon tomirlarida qon yurishi qiyinlashsa, chot terisi oqarishi mumkin. Bunday hollarda chot yirtilmasdan turib, uni kesish, ya’ni perineotomiya yoki epiziotomiya kilish kerak. Bunda chot terisi 5% li yod bilan artilib, qaychi bilan 2—2, 5 sm uzunlikda homila boshi yoki dumbasi chiqayotgan vaqtda qirqiladi. Avval homilaning boshi bilan chot o’rtasiga qaychi qo’yib, so’ngra et kesilishi kerak. Kesilgan to’qimani tikkanda ko’pincha u asoratsiz bitib ketadi.

Yirtilgan chot o’z vaqtida tikilmasa, ko’p qon ketishiga va chilla davrida turli asoratlar sodir bo’lishiga sabab bo’ladi. Chot qaysi darajada yirtilishidan qat’i nazar, yo’ldosh tushgandan keyin, agar qon ketmayotgan bo’lsa 1, 5—2 soatdan so’ng, qon ketayotgan bo’lsa darrov tikish kerak.

Qin va chotning yirtig`ini tikish uchun quyidagi asboblardan foydalanish kerak: 2 ta qin oynasi, 3 ta kornstang, 2 ta pinstet, 1 ta bukilgan va 1 ta to’g`ri qaychi, 5 ta qon to’xtatuvchi qisqich, 2 ta nina ushlagich, 3-4 har xil yo’g`onlikdagi ninalar, metall kateter, ketgut, ipak, sterillangan doka tamponlar. Agar chotdagi yirtilish 1-2 darajali bo’lsa, og`riqsizlantirish uchun 0, 25-0, 5% li novokain eritmasini (60-100ml) jarohatlangan to’qimalar atrofiga yuboriladi, agar 3 darajali yirtilish bo’lsa, uni tikish uchun tomir ichiga narkoz beriladi (kalipsol,ketamin) .

Operastiya kichik operastiya xonasida olib boriladi, tikishdan oldin ayolning tashqi jinsiy a’zolari va ular atrofi sterillangan doka bo’laklari yordamida dezinfekstiyalovchi eritmalar bilan yuviladi, so’ngra spirt bilan artib, 2 yoki 5%li yod eritmasi surtiladi.

Chot oralig`idagi jarohatni tikishni qin devorlarining yirtilgan joyidan boshlash kerak. Yirtilgan shilliq qavatni tikishda har qaysi chokning masofasi 1 sm dan bo’lishi kerak, ninani jarohatning 0, 5 sm chetidan sanchiladi. Agar juda chuqur yirtilgan bo’lsa, ichkaridagi to’qimalar ham qo’shib tikiladi, shilliq qavatni tikib bo’lgach, ketgut uchlari qirqib tashlanadi. Chot oralig`ining yirtilgan terisi ipak bilan tikiladi, boylangan ipak uchlarini tugundan 1 sm qoldirib qirqiladi.

Tikilgan chot oralig`ini parvarish qilish.

Tikilgan chot oralig`ini ayolning tashqi jinsiy a’zolarini ehtiyot qilgan holda har kuni 2-3 mahal och pushti rangli kaliy permanganat eritmasi bilan yuviladi (bunda doka tamponni erga tekkizmaslik kerak), so’ngra sterillangan quruq doka bilan chetlarini artib quritiladi. Ayol siyganidan hamda hojatga borganidan so’ng albatta tashqi jinsiy a’zolari yuvilib, tikilgan choklar quritiladi, so’ngra spirt va yod eritmasi surtiladi.

Chilla davrida aseptika va antiseptika qoidalariga rioya qilgan holda chok ipini 4- 5 kundan keyin so’kiladi. Olib tashlashdan bir kun oldin ayolga surgi dori berish kerak.

Chokni so’kishda sterillangan o’tkir qaychi va 2 ta pinstetdan foydalaniladi. Chokni so’kilgandan so’ng ertasiga ayol turib yurishi mumkin.

Muolajadan keyingi parvarish

• 4 - darajali yirtilishida oldini oluvchi antibiotiklarning 1 martalik


miqdorini belgilang:

o Ampistillin 500 mg ichiring;

o + metronidazol 400 mg ichiring.

Jarohatning infekstiya belgilarini diqqat bilan kuzating

Ho’qna qilmang va 2 hafta davomida rektal tekshirish o’tkazmang.

Imkon bo’lsa, 1 hafta davomida bo’shashtiruvchi dorilar ichishini belgilang.



Bachadon bo’ynining yirtilishi.

Oldingi tug`ruqda bachadon bo’yni yirtilib, tikilgan bo’lsa, qayta tug`ruqda xuddi shuchandiq bo’lib qolgan joy yirtilishi mumkin. Bachadon bo’ynining yirtilishi ko’pincha (20%) birinchi bor tug`ayotgan ayollarda uchraydi.

Bachadon bo’ynining yirtilishi 2 turga bo’linadi:

1) o’z-o’zidan yirtilishi;

2) biron-bir operastiya yo’li bilan tug`dirilganda (zo’rlab) yirtilishi.

Bachadon bo’ynining o’z-o’zidan yirtilishi zo’rlab yirtilishiga qaraganda kam uchraydi. Zo’rlab yirtilishiga tug`ruq paytida turli operastiyalar qo’llanish sabab bo’ladi. Bachadon bo’ynining o’z-o’zidan yirtilishi odatda ikkala yon devorlarida, lekin ko’proq chap tomonida bo’ladi.

Bachadon bo’ynining yirtilishi 3 darajaga bo’linadi.

Yirtiq bir yoki ikki tomonlama (2 sm gacha) bo’lsa, bunga birinchi darajadagi yirtilish deyiladi. Yirtilish 2 sm dan ko’p bo’lsayu, lekin qin gumbazlarigacha etmasa, bunga ikkinchi darajali yirtilish deyiladi. Agar yir­tilish chuqur bo’lib, gumbazgacha davom etsa va unga o’tsa, uchinchi darajali yirtilish deyiladi. Bachadon yirtilishining asosiy belgisi esa qon ketishi hisoblanadi.

Bachadon bo’yni bir yoki har ikkala tomondan 0, 5—1 sm atrofida yirtilganda qon kam ketadi. Tug`ruqdan keyingi dastlabki ikki soat ichida qinni tekshirib ko’rish shart. Aks holda bunday yirtilish tikilmay qolib ketishi mumkin. Yirtilish II va III darajali bo’lganda ko’pincha bachadon arteriyasining pastki shoxi uziladi va oqibatda qon keta boshlaydi. Qonning kuchli hamda ko’p ketishi yomon oqibatlarga sabab bo’lishi mumkin. Yirtilgan bachadon bo’yni o’z vaqtida tikilmasa, jarohat keyinchalik noto’g`ri bitib, bachadon bo’ynining tashqi yuzasida yallig`lanish paydo bo’lishiga olib kelishi mumkin. Bachadon bo’yni jarohatini o’z vaqtida tikish bilan ayollarda rak kasalligining ham oldi olinadi.

Bachadon bo’yni yirtilishining oldini olishda bachadon bo’ynidagi yallig`lanish jarayonini oilaviy poliklinikadayoq o’z vaqtida aniqlash va davolashga kirishish lozim.

Yirtilgan bachadon bo’yni tikilishidan avval tashqi jinsiy a’zolar dezinfekstiya qilinadi, operastiya qiluvchi shifokor hamda yordamchi akusherka operastiyaga tayyor bo’lgandan so’ng qin ko’zgu yordamida ochiladi, bachadon bo’ynini 2 ta qisqich bilan qisiladi va ularni navbatma-navbat o’ngdan chapga qaratib birin-ketin o’rni almashtirilib, bachadon bo’ynining hamma devorlari sinchiklab qaraladi, yirtilgan joyi bo’lsa tikiladi. Yirtiqning eng yuqori (gumbaz yaqinidagi) burchagidan boshlab ketgut bilan tikiladi. Choklar orasi 1 sm, iplar uchi 1 sm qoldirib qirqiladi va jarohatga 5% li yod eritmasi surtiladi.

Bachadon ag`darilib chiqishi

Bachadonning ag`darilib chiqishi tug`ruqda uchraydigan og`ir hodisalardan biri bo’lib, ko’pincha yo’ldoshni tug`dirish uchun Krede usulini qo’pol va noto’g`ri qo’llash yoki yo’ldosh ajralmasdan turib, tug`ruqning III davrida uni bachadon devoridan ajratish uchun yo’ldoshni kindik orqali tortish natijasida vujudga kelishi mumkin. Ko’p va tez-tez tuqqan ayollarda bachadon o’z-o’zidan ajralishi ham mumkin.

Bachadonning ag`darilib chiqishi juda og`riqli bo’lib, shok va qon ketishi bilan o’tadi. Ag`darilgan bachadon qindan ichki yuzasi va unga yopishgan yo’ldosh bilan chiqadi. Qov ustidan tekshirilganda bachadonni qorin ostida topilmaydi. Vaqtida tez yordam ko’rsatilmasa, ag`darilgan ba­chadon tomirlari siqilib, qon aylanishi buziladi. Natijada bachadon to’qimalarining oziqlanishi buzilib shisha boshlaydi, bu esa bachadonning chiriy boshlashiga olib kelishi mumkin.

Akusherka shifokor tug`ruqning III davrini o’zi boshqarayotgan bo’lsa, bunday og`ir ahvol ro’y berishi mumkinligini esda tutishi va yo’ldoshni bachadon devori kabi ajralganligiga ishonch hosil qilmasdan turib, uni tug`dirish yo’llarini, ayniqsa Krede usulini o’rinsiz qo’llamasligi, yo’ldoshni kindik orqali tortmasligi kerak.

Agar bachadon ag`darilib tushgan bo’lsa, yo’ldosh pardalari bilan birga osoyishta ajratiladi va darhol bacha­donni uning bo’yni orqali o’z joyiga kirgiziladi va to’g`rilanadi. Bu operastiyani chuqur narkoz ostida shifokor bajaradi. Agar bachadon chiriy boshlagan bo’lsa, uni qorin orqali operastiya qilib, butunlay olib tashlashga to’g`ri keladi.

YO’LDOSHNI QO’L BILAN AJRATISH

Tayyorgarlik.



  1. Kerakli asboblarni tayyorlash.

  2. Bemorga muolaja haqida tushuntiring. Uni daqqat bilan eshiting, savollariga javob bering, uni tinchlantiring.

  3. Butun muolaja vaqtida bemorni emostional qo’llab- quvvatlang.

  4. Bemordan siydik qopini bo’shatishni so’raymiz yoki unga kateter qo’yamiz.

  5. Anesteziya qilamiz.

  6. Antibiotik profilaktik dozasini yuboramiz.

  7. Qo’lni yuvamiz yoki antiseptik eritma bilan qo’lni artamiz va sterillangan qo’lqop yoki chuqur dezinfekstiyalangan qo’lqop kiyamiz.

Muolaja.

  1. Pinstet bilan qindik halqasini ushlanadi va sekin uni tortiladi.

  2. Bir qo’limizni bachadon bo’shlig`iga kiritamiz va yo’ldosh yopishgan joyni topamiz.

  3. Ikkinchi qo’limizni qorin devoriga qo’yib kontrakstiya qilib ushlaymiz.

  4. Bachadondagi qo’limizni sekin-asta arrasimon harakatlar bilan yo’ldoshning yopishgan joylarini ko’chiramiz, bachadon devoridan yo’ldoshning hamma qismlari ajralmaguncha davom ettiramiz.

  5. Bachadon bo’shlig`idan qo’limizni olamiz, bachadon tubini bosishni davom ettiramiz (kontrakstiya).

  6. Tomir ichiga oksitostin yuboramiz.

  7. Qon ketish profilaktikasi uchun bachadon tubini tashqi uqalaymiz.

  8. Agar ko’p miqdorda qon ketsa metil ergometrin mushak orasiga yoki prostaglandin yuboriladi.

  9. Yo’ldosh ona tomonini yaxshilab ko’zdan kechiriladi, uning butunligiga ishonch hosil qilinadi.

  10. Bachadon bo’yni va qinni ko’zdan kechiramiz.

Muolajadan keyin.

  1. Qo’lqop echishdan oldin ishlatilgan materiallarni konteyner yoki plastik qopga solinadi.

  2. Ishlatilgan shpristlar va ignalarni teshilmaydigan konteynerga solinadi.

  3. Qo’lqop echiladi va 0,5% xlorli ohakka solinadi.

  4. Qo’llarni yaxshilab yuviladi, bachadon qisqarayotganligini kuzatamiz.

  5. Tug`ruq tarixiga yoziladi.

BACHADON BO’SHLIG`INI QO’L BILAN TEKSHIRISH

1. Kerakli jihozlarni tayyorlang

2. Ayolga ( va uning yaqinlariga ) qilinadigan muolajani tushuntiring, unga diqqat bilan quloq soling, savollariga javob bering, tinchlantiring .

3. Ayoldan siydik qopini bo’shatishini so’rang yoki kateterlang .

4. Anesteziya qiling .

5. Antibiotikning profilaktik dozasini yuboring.

MUOLAJA

1. Qo’llarni yaxshilab yuvib yoki antiseptik eritma bilan ishlov berib steril yoki ChD qo’lqopni kiying.



2. Qorin oldi devoriga steril salfetkani chap qo’l bilan qo’ying

3. Bir qo’lni bachadon bo’shlig`iga kiriting

4. Ikkinchi qo’lingiz bilan bachadon tubini qorin devori orqali ushlab oling.

5. Bachadon bo’shlig`idagi qo’lni sekinlik bilan arrasimon harakat qilib bachadon bo’shlig`idan yo’ldosh qoldiqlarini ajrating

6 Bachadon bo’shlig`idan yo’ldosh qoldiqlarini hammasi ajragandan so’ng qo’lni qon quyqalari va qoldiqlari bilan birga bachadon bo’shlig`idan chiqaring, bachadon tubini bosishni davom ettiring.

7. Tomir ichiga oksitostin kiriting .

8. Qon ketishini profilaktikasi uchun bachadon tubini tashqi massaj qiling.

9. Agar ko’p miqdorda qon ketsa t/i metilergometrin yoki prostaglandinlar yuboring.

10. Ayolni ko’zguda ko’ring va bachadon bo’ynini yoki qinni barcha yirtilishlarini tiklang.

MUOLAJANI O’TKAZGANDAN KEYINGI VAZIFA.

1. Qo’lqoplarni echishdan oldin ishlatilgan materiallarni teshilmaydigan konteynerga yoki plastik qopga tashlang.

2. Ishlatilgan shprist va ignalarni teshilmaydigan konteynerga tashlang.

3. Bir martalik qo’lqoplarni eching va teshilmaydigan konteynerga tashlang yoki agar ular ko’p martalik bo’lsa ularni 0,5%xlor eritmasiga solib qo’ying.

4. Qo’llarni yaxshilab yuving .

5 Qon ketishini kuzating, ayolda hayotiy muhim a’zolar ko’rsatkichlarini aniqlang va bachadonni yaxshi qisqarganligiga ishonch hosil qiling .

6 Kasallik tarixiga yozib qo’ying .



QORIN AORTASINI BOSISH

1. Kindikdan ozgina chapga va yuqoriga qo’lingizni musht qilib qo’ying.

2. Qorin aortasini bevosita qorin devori orqali bosing.

3. Ikkinchi qo’l bilan a.femoralis(son arteriyasi )ni paypaslab bosilish darajasini aniqlang.

4. Qon ketishi to’xtaguncha bosishni davom ettiring, bachadon qisqarishini va vaginal qon ketishini kuzatib turing.

BACHADONNI BIMANUAL BOSISH

Tayyorgarlik.

1. Ayolga muolaja haqida tushuntiring, uni diqqat bilan eshiting.

2. Ayolni emostional qo’llab- quvvatlang.

3. Individual himoya vositalarini kiying.

Bimanual bosish.

1. Qo’llarni yuving va chuqur zararsizlantirilgan dezinfekstiyalangan yoki steril qo’lqop kiying.

2. Tashqi jinsiy a’zo va oraliqni artib tozalang.

3. Bir qo’lingizni musht qilib qin oldingi gumbaziga kiriting va bachadon oldingi devorini bosing.

4. Boshqa qo’lingizni qorin ustidan bachadonni orqasidan ushlang, qorinni

shunday bosingki, bachadon orqa devorini simfiz tomonga itaring.

5. Qon ketish to’xtaguncha va bachadon qisqarguncha davom ettiring.

Muolajadan keyin.

1. Qo’lqop echishdan oldin ishlatilgan materiallarni konteyner yoki plastik qopga solinadi.

2. Qo’lni yaxshilab yuving.

3. Qindan qon ketishi va ayolning hayot ko’rsatkichlarini kuzating, bachadon yaxshi qisqarganligiga ishonch hosil qiling.



AKUSHERLIKDA GEMORRAGIK SHOK

Har yili butun dunyoda 127000 ayol qon ketish sababli hayotdan ko’z yumadi. Bular onalar o’limining 25% ini tashkil etadi. Rossiyada onalar o’limining 42% - qon ketishlardan kelib chiqadi. Onalar o’limiga olib keladigan qon ketishlar ko’pincha gipertenziv sindromlar (58%) va ekstragenital patologiyasi sababli (59%) rivojlanadi. Shu bilan birga qon ketishi tug`ruq asoratlarining 25% ida yagona sabab bo’ladi.



Asosiy omillar

1. Oilaviy poliklinikada ayolning homiladorlik davrida etarlicha tekshirilmaganligi.

2. Ahvoli to’g`ri baholanmaganidan.

3. Intensiv terapiya etarlicha ko’rsatilmagan.

Shuning uchun qon ketishlar profilaktikasi va intensiv davolanish akusherlikda dolzarb muammo deb hisoblanadi.

Fiziologik chilla davrida yo’ldosh maydonchasiga 150-200 bachadon spiral arteriyalari ochiladi. Shuning uchun yo’ldosh ko’chganida ayolda fiziologik qon ketishi kuzatiladi. Patologik qon ketmasligining sabablari bu bachadon qisqarishi hisobiga «miotamponada» bo’lishi, va tomirlar qisqarishi, buralib qolishi, ularning ichida tromblar hosil bo’lishi hisobiga «trombotamponada» kuzatiladi.



Patologik qon ketishining sabablari

Akusherlik qon ketishlari ko’pincha tug`ruqning 3 davri va ilk chilla davrida kuzatiladi.

1. Yo’ldosh ajralish va tug`ilish jarayonining buzilishi

2. Bachadon gipotoniyasi

3. Tug`ruq yo’llari jarohatlari

4. Gemostaz tizimining buzilishi

Gemorragik shok - bu to’qimalar va barcha a’zolarning qon bilan ta’minlanishining keskin kamayishi, to’qimalarning kislorodga tanqisligi va modda almashuvining buzilishi. Gemorragik shok - bu organizmda ekstremal vaziyat hisoblanadigan va o’ta kuchli qon ketishidan keyin rivojlanadigan holat bo’lib, barcha hayotiy zarur a’zolar va tizimlarda patologik o’zgarishlar bilan ifodalanadi. O’tkir va mo’l qon ketishi natijasida aylanib yurgan qon hajmi tezda kamayishi, himoya mexanizmi dekompensastiyasi yuz beradi.

Gemorragik shok rivojlanishiga 1500 ml dan ko’proq qon ketishi, yoki umumiy aylanayotgan qon hajmining 20% va bundan ko’pligi yoki 1kg tana vazniga 30 ml qon yo’qotilishi sabab bo’ladi.



Qon yo’qotishning og`irlik darajalari

1-darajasi - yo’qotilgan qon miqdori aylanayotgan qon hajmining 15 % igacha, klinik belgisi taxikardiya bo’ladi.

2-darajasi - ketgan qon miqdori 20-25 % nitashkil etadi, klinik belgilari - taxikardiya va gipotenziya.

3-darajasi – ketgan qon miqdori 30-35 % ni tashkil etadi, klinik ko’rinishida taxikardiya, gipotenziya va oliguriya kuzatiladi.

4-darajasi – ketgan qon miqdori 35-40 % dan ziyod, klinik belgilari - taxikardiya, keskin gipotenziya, kollaps, bemorning hushidan ketishi. Bu holat hayotga o’ta xavfli bo’ladi.

Gemorragik shok rivojlanish bosqichlari

Ko’p miqdorda qon yo’qotish organizm uchun kuchli stress omili hisoblanadi va gipovolemiyaga olib keladi. Hayotiy zarur a’zolar (birinchi navbatda miya, yurak) gemodinamikasi turg`unligini ta’minlash uchun kuchli kompensator mexanizmi ishga tushadi: simpatik nerv sistemasi tonusi ortadi va qonda katexolaminlar ko’payishiga olib keladi. Qonga AKTG, ADG, aldosteron va glyukokortikoidlar ko’p miqdorda chiqadi, renin-angiotenzin tizimi faollashadi. Bu periferik tomirlar vazokonstrikstiyasiga olib keladi. Yurak faoliyati tezlashadi, qon aylanishining markazlashishi, to’qimalardan qon tomirlarga suyuqlik o’tishi va autogemodilyustiya kuzatiladi. Periferik qon tomirlar spazmi hisobiga arterio-venoz shuntlar ochiladi va organizmda suyuqlik ushlanib qoladi.

Qon aylanishining markazlashishiga olib keluvchi bu moslashuv mexanizmi qon bosimi va yurakning daqiqalik hajmini vaqtincha ushlab turadi, lekin organizm hayot faoliyati davomiyligini ta’minlay olmaydi. Qon ketishi davom etishi kompensator mexanizmlarining kamayishiga va interstistial bo’shliqqa qon suyuq qismining chiqishi hisobiga qon quyilishi, reologiyasining buzilishi, qon aylanishining keskin sekinlashuviga, sladj-sindromi rivojlanuviga olib keladi. Bularning barchasi chuqur to’qima gipoksiyasiga va astidoz rivojlanishiga olib keladi.

Qonda vazoaktiv metabolitlar yig`ilishi hisobiga qon ivish xususiyati buziladi va mayda qon tomirlarda tromblar hosil bo’ladi (tomirlar ichida tarqalgan qon ivish sindromi). Qon sekvestrastiyasi aylanuvchi qon hajmining kamayishiga olib keladi. Aylanuvchi qon hajmining keskin kamayishi hayotiy zarur a’zolarning qon bilan ta’minlanishi buzilishiga va poliorgan etishmovchiligiga olib keladi. Koronar qon aylanishi pasayadi va bu yurak etishmovchiligiga olib keladi. Ushbu patofiziologik o’zgarishlar gemorragik shok og`irligidan dalolat beradi.



Gemorragik shok klinikasi quyidagi bosqichlardan iborat:

I bosqich - kompensastiyalangan shok (yo’qotilgan qon hajmi 800 - 1200 ml)

II dekompensastiyalangan: qaytarib bo’ladigan (1200 – 2000 ml), qaytarib bo’lmaydigan (2000 dan ko’p)

I-bosqichida yo’qotilgan qon aylanuvchi qon hajmining 15-20 % ini tashkil etganda rivojlanadi. Bu bosqichda kompensastiya katexolaminlar giperprodukstiyasi hisobiga bo’ladi. Klinik ko’rinishida qon tomir faoliyatining funkstional o’zgarishlari yuzaga keladi: teri qoplamining va ko’rinarli shilliq qavatlarning rangparlashishi, taxikardiya (1 daqiqada 100 martagacha), qisman oliguriya, venoz gipotoniya. Arterial gipotoniya oz miqdorda yoki umuman bo’lmasligi mumkin.

II-bosqichida – yo’qotilgan qon miqdori aylanuvchi qon hajmining 30-35 % ini tashkil qilganda rivojlanadi va bunda qon aylanishining chuqur o’zgarishlari kuzatiladi. Arterial qon bosimi pasayadi. Miya, yurak, jigar, buyrak, o’pka, ichaklarning qon bilan ta’minlanishi buziladi. To’qimalar gipoksiyasi va astidozning aralash shakli rivojlanadi. Bundan tashqari, taxikardiya (1 daqiqada 120-130 marta), hansirash, teri qoplamlari rangsizlanishi fonida akrostianoz, sovuq ter, bezovtalanish, oliguriya (30 ml/soat dan past), yurak tovushlarining pasayishi, markaziy venoz bosimi pasayishi kuzatiladi. Bu holatda etarli darajada yordam ko’rsatilsa, shokni qaytarsa bo’ladi. Lekin yo’qotilgan qon aylanuvchi qon hajmining 50 % (40-60 %) tashkil etganda shokning qaytmas bosqichi kuzatiladi. Mikrostirkulyastiya buzilishi davom etishi natijasida kapillyarostaz, plazma yo’qotish, qon shaklli elementlarining agregastiyasi, metabolik astidoz o’sishi davom etadi. Sistolik arterial bosimi juda ham pasayadi. Puls 1 daqiqada 140 dan oshadi. Teri qoplami oqaradi yoki marmarsimon bo’ladi, sovuq ter, oyoq-qo’llar keskin sovuqlashadi, anuriya, hushini yo’qotadi. Gematokrit ko’rsatkichining oshishi va plazma hajmining kamayishi shok terminal bosqichining asosiy belgilaridan hisoblanadi.

Akusherlik amaliyotida gemorragik shok klinikasi umumiy qonunlaridan tashqari, o’ziga xos xususiyatlari bor (22.4.-jadval). Xususan, plastenta oldinda kelganda yuz beradigan gemorragik shok arterial gipotenziya, gipoxrom anemiya, homiladorlik oxirida aylanuvchi qon miqdorining fiziologik o’sishining kamayishi bilan xarakterli. 24 % ayollarda keskin bo’lmagan trombostitopeniya, gipofibrinogenemiya, fibrinolitik faolligining kuchayishi va tarqalgan tomirlar ichida qon ivish (TTIQI) sindromi rivojlanadi.



Gipovolemik shok belgilari

Erta gipovolemik shok

Kechki
gipovolemik shok


Uyqusizlik, xavotirlik, bezovtalik

Hushi og`gan yoki yo’q

Kuchsiz va tez - tez puls
(bir daqiqada 110 yoki ko’p)

Juda tez va kuchsiz puls

Bir muncha tezlashgan nafas (nafas olishlar 30 marta bir daqiqada yoki ko’p)

Favqulodda tez va yuzaki nafas

Rangparlik

Teri qoplamlarining rangpar va sovuqligi

Nisbatan past qon bosimi (sistolik 90 mm sim. ust.dan past)

Juda past qon bosimi (sistolik 60 mm sim. ust.dan past)

Siydik ajralishi kamaygan,
lekin soatiga >30 sm3

Siydik ajralishi <30 mm soatiga

Erta chilla davrida gipotonik qon ketishi tufayli kelib chiquvchi shokda qisqa vaqtli kompensastiyadan so’ng nafas etishmovchiligi, TTIQI sindromi bilan bog`liq bo’lgan profuz qon ketish, gemodinamikaning turg`un o’zgarishlari bilan xarakterlanadigan kaytmas holat yuzaga keladi.

Normal joylashgan yo’ldosh vaqtidan ilgari ko’chganda xarakterli bo’lgan TTIKIS ning surunkali shakli, gipovolemiya va surunkali tomirlar qisqarishi hisobiga rivojlanadi. Bu xil patologiyada gemorragik shok anuriya, miya shishi, nafas olishning o’zgarishi bilan kechib, fibrinoliz kamayishi fonida rivojlanadi.

Bachadon yorilishi tufayli kelib chiquvchi shok gipovolemiya, tashqi nafas etishmovchiligi kabi klinik belgilar bilan namoyon bo’ladi. Ko’p miqdorda qon ketishi tufayli TTIQI sindromi yuzaga keladi.

Gemorragik shok diagnozi ayniqsa kuchli qon ketganda hech qanday qiyinchilik tug`dirmaydi. Shok kompensator bosqichining erta diagnostikasida davolash juda yaxshi natija beradi. Shok og`irligini yo’qotilgan qon miqdori yoki AQB ko’rsatkichlariga qarab baholash etarli emas. Gemodinamika adekvatligi quyidagi belgi va ko’rsatkichlar yordamida aniqlanadi:


  1. Teri qoplamlari ranggi va harorati xususiyatiga

  2. Pulsni baholash

  3. AQBni o’lchash

  4. «Shok indeksi»ni baholash

  5. Soatbay diurezni aniqlash

  6. Markaziy venoz bosimni o’lchash

  7. Gematokrit ko’rsatkichlarini belgilash

  8. Qonning kislota-ishqor muvozanatining xususiyati

Teri ranggi va haroratiga qarab periferik qon aylanishi haqida fikr yuritish mumkin. AQB ko’rsatkichlari past bo’lsa-da terining pushti rangda va iliq bo’lishi, tirnoqning pushti ranggi periferik qon aylanishi kompensastiya holatida ekanligidan dalolat beradi. AQB ning normal yoki bir muncha pasaygan ko’rsatkichlari bo’lsa-da teri haroratining sovuqligi va rangparligi qon aylanishining markaziylashuvi va periferik qon aylanishining o’zgarishi haqida ma’lumot beradi.

Teri qoplamining marmarsimonligi va akrostianoz qaytmas holatga yaqinlashuvchi tomir parezi periferik qon aylanishining chuqur o’zgarishidan dalolat beradi.

Puls chastotasi bemor holatining oddiy va boshqa belgilar bilan taqqoslaganda muhim ko’rsatkichi hisoblanadi. Masalan, taxikardiya gipovolemiya va o’tkir yurak etishmovchiligini ko’rsatadi. Bu holatning differenstiastiya qilishda markaziy venoz bosimini o’lchash zarur. AQBga ham shu nuqtai nazardan qaraladi. Gemorragik shokda gipovolemiya darajasini ko’rsatuvchi asosiy ko’rsatkich «shok indeksi» hisoblanadi. Bir daqiqadagi puls chastotasining sistolik AQBga nisbati «shok indeksini» anglatadi. Sog`lom odamda bu ko’rsatkich 0,5 ga teng, aylanuvchi qon hajmi 20-30 % pasayganda 1ga, 30-35 % pasayganda «shok indeksi» 1,5 ga teng bo’ladi.

Soatbay diurez a’zolarda qon aylanishini xarakterlovchi muhim ko’rsatkich hisoblanadi. Diurezning 30 ml ga kamayishi, periferik qon aylanishining etishmasligidan, 15 ml dan kamayishi dekompensastiyalashgan qaytmas shok yaqinlashuvidan dalolat beradi.

Bemor ahvolini kompleks baholashda markaziy venoz bosimi ahamiyatli ko’rsatkich hisoblanadi. Uning ko’rsatkichi davolashning asosiy yo’nalishini belgilab beradi, ko’rsatkich pasayishi (50 mm suv.ust.) gipovolemiya holatini anglatadi, ortishi esa (150 mm suv.ust.) yurak faoliyati dekompensastiyasidan dalolat beradi.

Yuqoridagi ko’rsatkichlar bilan bir qatorda gematokrit ko’rsatkichi ham organizmning qon bilan ta’minlanishi adekvat yoki adekvatmasligini ko’rsatuvchi test hisoblanadi. Gematokrit 30 % dan past bo’lganda xavf soluvchi belgi, 25 % dan kamayishi qon yo’qotishning og`ir darajasini ko’rsatadi. Shokning III bosqichida gematokrit ko’tarilishi uning kechishi qaytmas ekanligini ko’rsatadi (22.5.-jadval).

Gemorragik shok asoratlari quyidagi buzilishlar bilan ifodalanadi:

mikrostirkulyastiya buzilishi, modda almashuvi buzilishi, qonning ivish xususiyati buzilishi, o’tkir buyrak etishmovchiligi, o’tkir jigar etishmovchiligi, nafas etishmasligi, miyada qon aylanishining buzilishi, yurak etishmasligi, «shokli bachadon».


Download 293,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish