100
Moddalar bir agregat holatdan ikkinchi agregat holatga o‘tishi jarayonida
issiqlik yutiladi yoki chiqariladi. Masalan, 1 g muzni 0° da 1 g suvga aylantirish
uchun 80 kal issiqlik kerak bo‘ladi. Aksincha, 1 g suv 0° da muzga aylanganda 80
kal issiqlik chiqadi. Moddalar suyuq holatdan gaz holatiga o‘tganda
issiqlik
yutiladi, gaz holatidan suyuq holatga o‘tganda issiqlik chiqariladi. Moddalarning
har qaysi holati o‘z zarrachalarining bir-biriga nisbatan harakati va o‘zaro
ta’sirlashish shakli bilan bir-biridan farq qiladi. Quyida moddalarning agregat
holatlaridan biri – gaz holat bilan batafsil tanishamiz.
Moddalarning gaz holati va ularda uchraydigan qonuniyatlar
Gaz holatidagi har qanday moddaning zarrachalari bir-biri bilan bo‘sh
bog‘langan bo‘lib, gaz solingan idish ichida erkin harakat qiladi.
Gaz idish
devorlariga bosim ko‘rsatadi. Har qanday gazning bosimi, hajmi va haroratsi
bo‘ladi. Gazning holatini ifodalovchi bu uch kattalik o‘rtasidagi
munosabatlar
birin-ketin XVII, XVIII va XIX asrlarda aniqlangan.
1.
Boyl – Mariott qonuniga
muvofiq, o‘zgarmas haroratda ma’lum gaz
massasining hajmi uning bosimiga teskari proporsional bo‘ladi. Masalan, gazning
dastlabki
hajmi V
0
, dastlabki
bosimi P
0
va keyingi hajmi V
1
keyingi bosimi P
1
bo‘lsin. U vaqtda, Boyl – Mariott qonuni tubandagi formula bilan ifodalanadi:
P
0
V
0
= P
1
V
1
yoki PV = const
(4.6.1)
O‘zgarmas miqdorlarda olingan hamma gazlar uchun PV qiymat o‘zgarmas
ekanligi Boyl – Mariott qonunidan ko‘rinib turibdi. Boyl va Mariott bu qonunni
o‘z tajribalari asosida kashf qilgan edilar. M. V. Lomonosov 1745-yilda Boyl –
Mariott qonunining kelib chiqishini izohlab berdi. Real gazlar bu qonunga faqat
ma’lum sharoitda bo‘ysunadi. Lekin bosim juda ortib
ketganda va ayniqsa past
haroratda gazlar Boyl – Mariott qonuniga bo‘ysunmaydi. Gazlar-ning bu qonundan
chetga chiqishini dastlab M. V. Lomonosov o‘zining havoni siqish tajribalarida
kuzatdi.
Keyinroq, mukammal tekshirishlar natijasida, ko‘p gazlar uchun Boyl –
Mariott qonunidagi PV qiymatning o‘zgarishi sezildi.
Har qanday bosim va har
101
qanday haroratda Boyl – Mariott qonuniga bo‘ysunadigan gaz
ideal gaz
deyiladi.
Demak, ideal gaz uchun bosim o‘zgarishiga qaramay, PV qiymat o‘zgarmay
qoladi, ammo barcha real gazlar uchun esa bosim o‘zgarishi bilan PV qiymat ham
o‘zgaradi.
2. Agar gazning 0° dagi hajmini V
0
va t° dagi hajmini V- bilan ko‘rsatsak,
Do'stlaringiz bilan baham: