6.Ishlab chiqarishni sertifikatlashtirish.
Ishlab chiqarishni sertifikatlashtirish mustaqil jarayon, yoki xuddi mahsulotni sertifikatlashtirish sxemasi kabi sifatni ta’minlash tizimini sertifikatlashtirishning tashkiliy qismi deb ham hisoblanishi mumkin. Ishlab chiqarishni muvofiqligining umumlashgan mezoni sifatida tayyor mahsulotni me’yoriy hujjat talablariga mosligini turg‘un ta’minlovchi qobiliyati hisoblanadi. Ishlab chiqarishni sertifikatlashtirish jarayoni har bir korxona uchun ishlab chiqarishni sertifikatlashtirish metodikasi asosida Rosdavstandart tomonidan o‘rnatilgan qoidalar bo‘yicha amalga oshiriladi. Metodika o‘z ichiga quyidagilarni olgan: Qat’iy talablar, isbotlangan baholash usullari; natijalarning qayta ishlanishi; tekshirish usullari hammabopligi.
Ishlab chiqarishni sertifikatlashtirishda ob’ektlar quyidagicha baxolanadi:
Tayyor mahsulotlar iste’mol va sotish davomida uning sifatini va aniqlangan nosozliklar sababini tahlil qilish;
Texnologik tizim (texnologik jarayonlar, yuklash ishlari holati, saqlash, o‘rnatish);
Texnik nazorat va sinash tizimi (xom – ashyo boshlangich nazorati, texnologik operatsiya nazorati, tayyor mahsulot qabul qilish nazorati, malakali va davriy sinashlar);
Sifat tizimida kamchiliklar aniqlanmagan takdirda ishlab chiqarishning asosiy bosqichlari quyidagi jadvalda keltirilgan. Ishlab chiqarishga tayyorlash jarayoni, Rossiya tajribasi ko‘rsatishicha korxonalar faoliyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Masalan, texnologik intizom oshadi; iste’molchilar bilan aloqa yaqinlashadi, ishlab chiqarish turg‘unligining miqdoriy vazifasi me’zonlari ishlab chiqiladi, majburiy sertifikatlashtirilishi zarur bo‘lgan, mahsulot harakteristkasiga bevosita ta’sir qiluvchi texnologik jarayonlar bo‘linmalari aniqlanadi.
2 – jadval.
№
|
Bosqich
nomlanishi
|
Qisqacha
mazmuni
|
Bajaruvchi
|
1
|
Ishlab chiqarishni sertifikat-lashtirishga talabnomani berish
|
Talabnomani rasmiylashtirish va yakuniy materiallarni tayyorlash
|
Talabgor korxona
|
2
|
Oldindan baholash
|
YAkuniy materiallar ekspertizasi, sotilayotgan mahsulot sifati xaqidagi axborotni yigish va mo‘loxaza qilish, keyingi bosqichlarni o‘tkazishni maqsadga muvofiqligini baholash.
|
Ishlab chiqarishni sertifikatlashtirishni o‘tkazuvchi idora.
|
3
|
Ishlab chiqarishni sertifikat-lashtirish dasturini tuzish.
|
Ishlab chiqarish jarayonlari va ob’ektlarini va qaror qabul qilish qoidalarini reglamentga solish (yoki amaldagi metodikani baholash).
|
Sertifikatlashtirishni o‘tkazuvchi idora
|
4
|
Ishlab chiqarishni tekshirish
|
Ekspertlar guruxini (komissiya) tuzish, sertifikatlashtirish metodikasiga ishlab chiqarishni mos kelishini tekshirish, tekshirish natijalari haqida hisobot va bayonnomalarini tuzish.
|
Sertifikatlashtirishni o‘tkazuvchi idora.
|
5
|
Ishlab chiqarishga muvofiqlik sertifikat
lashtirishni topshirish
|
Ishlab chiqarishga muvofiqlik sertifikatini rasmiylashtirish, uni Davlat registriga kirgizish, sertifikatni korxonaga berish.
|
Sertifikatlashtirishni o‘tkazuvchi idora.
|
6
|
Sertifikat-lashtirilgan jarayon ustidan inspeksion nazorat urnatish
|
Sertifikatlashtirish metodikasiga mos kelgan holda mahsulotni tayyorlash sifati doimiyligi jarayonining nazorati
|
Sertifikatlashtirishni o‘tkazuvchi idora
|
Mahsulotni GOST R, tizimi bo‘yicha majburiy sertifikatlashtirishda (yoki GOST R, ga kiruvchi boshqa tizim bo‘yicha) 5 sxema tanlasa, mahsulotga muvofiqlik sertifikatini olish uchun bu mahsulotni akkreditlangan sinash markazida (laboratoriyada) sinov o‘tkazilishi zarur. SHuni ta’kidlab o‘tish kerakki, 5 sxema ishlab chiqarish texnologiyasi tashqi omillar ta’siriga sezgirligida qo‘llaniladi (ya’ni asbobsizlik, radioelektronika, oziq – ovqat sanoati); korxonada xavfsizlikka yuqori talablar ko‘yilgan (portlovchi moddalar, shaxsiy himoya vositalari, transport vositalari ishlab chiqarish) bo‘lsa; iste’mol uchun amal muddati kichik bo‘lgan mahsulotlar (tez buziluvchi oziq – ovqat mahsulotlari); korxona qo‘shimcha mahsulotni qo‘shimcha ravishda modifikatsiyalaydi (kiyim – kechak, mebel va boshqalar).
Ishlab chiqarshni sertifikatlashtirishni maxsus akkreditlangan idorada o‘tkazishni ko‘zda tutgan, ammo hozirgi kunda ular kamchilik va u yoki bu ishlab chiqarish uchun sertifikatlashtirish bo‘yicha idora mavjud bo‘lmaganda uning funksiyasini VNIIS vakiliy idora sifatida bajaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |