PhD. Samatov A. A


Sifat tizimini sertifikatlashtirish bo‘yicha mintakaviy va xalqaro tashkilotlar



Download 0,96 Mb.
bet37/85
Sana05.06.2023
Hajmi0,96 Mb.
#948957
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   85
Bog'liq
УУМ- SERTIFIKATLASHTIRISH.2021-2022

2. Sifat tizimini sertifikatlashtirish bo‘yicha mintakaviy va xalqaro tashkilotlar

Sifat tizimini sertifikatlashtirish va baholash Tarmog‘i - EQNET – sifat ta’minlash tizimi sertifikatlashtirish bilan shug‘ullanuvchi 17 ta Evropa milliy tashkilotlarini birlashtiradi. SHu bilan bir qatorda Ispaniya, Italiya, Belьgiya, Daniya, Niderlandiya, Irlandiya, Avstriya, Portugaliya, Norvegiya, Finlandiya, SHveysariya, Sloveniya. EQNET shunaqa tashkilotki - unga hohlagan davlatning sifat tizimi sertifikatsiya tashkiloti birlashishi mumkin.


EQNET ning faoliyati milliy idoralar tomonidan beriladigan ISO – 9000 xalqaro tan olish va keng ravishda tadbiq etishga qaratilgandir.
EQNET – sherik - tashkilotlar tan oladigan yagona sertifikat formasiga ega bo‘lib, bu sertifikatning egasi talabgori sifat tizimining sinovisiz, umumiy Tarmoqka kiradigan hohlagan bir milliy idoradan sertifikat olish huquqiga ega. Tarmoq ba’zi bir qo‘shimcha xizmatlarni ham tavsiya qiladi:

  • Dunyoning qariyb hamma mamlakatlaridagi sertifikatlarni tan olishda taransnatsional korporatsiyalarga yordam berish;

  • Mahsulotni ES direktivasiga muvofiqligi to‘g‘risida ko‘shimcha sertifikatlashtirish.

  • Ixtiyoriy sertifikatlashtirishdan o‘tkazish.

EQNET auditorlari ish olib borishlari uchun asosiy hujjat bo‘lib, ISO 10011 «Sifat tizimi tekshirish bo‘yicha asosiy ko‘rsatmalar, sifat tizimini bo‘yicha auditorlar uchun malaka mezonlari» va «Sifat tizimini sertifikatlashtirish bo‘yicha idoralarning baholash mezonlari» standartiga va «Sifat tizimlarini sertifikatlashtirish idoralarining baholash mezonlari» EN – 45012 standartlari xizmat qiladi.
Sifat tizimini sertifikatlashtirish bilan bevosita tarzda sertifikatlashtirish idoralarini akkreditlash ishlari ham olib boriladi. Bu borada sifat tizimlarini sertifikatlashtirish bilan shug‘ullanuvchi idoralarni akkreditlash tashkilotlarning assotsiatsiyasi EAS alohida o‘rin tutadi. EAS ning asosiy maqsadi bo‘lib: o‘zaro ishonchni orttirish uchun a’zo - davlatlar orasidagi har tomonlama hamkorlikni oshirish hisoblanadi.
Xalqaro mustaqil sertifikatlashtirish tashkiloti (IIOS) ham mavujd bo‘lib, bu tashkilot mahsulotlar va sifat tizimlari sertifikatlashtirishi bo‘yicha 7 ta katta – katta xalqaro firmalarni Det Norske Veritas, Registr Lloyda, Tyuf – SERT va boshqalarni o‘z tarkibiga olgan. Tashkilotning asosiy vazifasi ISO 9000 seriyasidagi xalqaro standarti bo‘yicha sifat tizimlarini tadbiq etish va sertifikatlashtirishdan, eng muhimi, qayta sertifikatlashtirishlar o‘tkazilishini oldini olish va sertifikatlashtirishga katta nufuz berishdan iborat.
Xalqaro akkreditlash bo‘yicha forum (IAF)19 ta akkreditlash bo‘yicha milliy idoralarni birlashtirgan bo‘lib, uning tarkibiga Avstriya, Kanada, AQSH, YAponiya, Buyuk Britaniya, Xitoy va rivojlangan davlatlarning akkreditlash bo‘yicha milliy idoralari kiritilgan.
1994 yilda ISO Sifat tizimlarini sertifikatlashtirish uchun ixtisoslashtirilgan bo‘lim (QSAR) tashkil qilish tashabbusini ko‘tarib chiqqan edi. Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad - ko‘proq yagona tartiblar asosida o‘tkaziladigan auditor tekshiruvlari bo‘yicha yagona shakldagi sertifikat berishni keng ravishda tadbiq etish. MEK ham o‘z sertifikatlashtirish tizimiga ega bo‘lib, bunda ISO ning 9000 seriyasidagi standartlardan foydalaniladi. SHuning uchun ham QSAR ning sertifikatlashtirish tizimi MEK tizimi bilan o‘zaro uyg‘un hisoblanadi. QSAR sifat tizimini sertifikatlashtirishidan o‘tgan firmalar QSAR belgisini ishlatishlari mumkin.

Download 0,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish