PhD. Samatov A. A


Takrorlash uchun savollar



Download 0,96 Mb.
bet34/85
Sana05.06.2023
Hajmi0,96 Mb.
#948957
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   85
Bog'liq
УУМ- SERTIFIKATLASHTIRISH.2021-2022

Takrorlash uchun savollar:

  1. Ekologik sertifikati

  2. Ekologik sertifikatni berish tartibi

  3. Kimyoviy moddalarni ishlab chikarish va ulardan foydalanish

  4. Tabiatni muxofaza kilishdan maksad



Tayanch suzlar va iboralar: ekologik sertifikati; kelib chikish sertifikati, dekloratsiya; talabnoma

MAVZU: 11 SERTIFIKATLASHTIRISH TASHKILOTLARI
Reja;

  1. Sinov laboratoriyalari va ularni akkreditlash

  2. CHet el muvofiklik sertifikatlarini e’tirof etish

  3. Maxsulotni shtrixli kodlashtirish



Sinov laboratoriyalari va ularni akkreditlash
Har bir sertifikatlashtirish faoliyatida - mahsulot sinovini o‘tkazishda, sertifikat berishda va sertifikatlashtirilgan mahsulot sifatining nazoratini ta’minlashda muhim tarkibiy qism sifatida akkreditlangan sinov laboratoriyalari hisoblanadi.
Ishlanma va mahsulot ishlab chiqarishda uning sinovlarini, yaratilayotgan namunalar darajasining baholashini va iste’molchining talablariga mos keluvchanligini tekshirilishini ishlab chiqaruvchi va tayyorlovchilar amalga oshiradi.
Qator mamlakatlarning qonunlarida mahsulotning xavfsizligi va atrof - muhitni asrash bo‘yicha talablarning paydo bo‘lishi bilan sinovlari davlat idoralarining vakillari ishtirokida o‘tkazilmoqda.
Bunday tajriba sinovlarning milliy tizimini akkreditlanuvchi sinov laboratoriyalari bilan birga yaratilishiga olib keladi.
Laboratoriyalarni akkreditlash deganda sinov laboratoriyasining ma’lum sinovlar yoki sinovlarningg muayyan xillarini amalga oshirish huquqlarini rasmiy jihatdan tan olish tushuniladi.
Bunda sinov laboratoriyasining texnikaviy layoqatliligi va xolisligi yoki faqat layoqatliligini tan olishning ifodalanishi ko‘rilishi mumkin.
Laboratoriyani attestatlash deganda laboratoriyani akkreditlash uchun belgilangan mezonlarga muvofiqligini aniqlash maqsadida sinov laboratoriyasini tekshirilishi tushuniladi.
Sertifikatlashtirish sinovlarini o‘tkazish va akkreditlash uchun da’vogar bo‘luvchi laboratoriyalarga muayyan talablar qo‘yiladi va ularning bajarilishi sertifikatlashtirish idoralari tomonidan nazorat qilinadi.
SHunday talablar qatoriga quyidagilar kiradi:

  • Xodimlarning nazariy tayyorgarligi va amaliy ishdagi texnikaviy layoqatliligi;

  • Sinov o‘tkazish asbob - uskunalarining mavjudligi, o‘lchash va boshqa vositalarni akkreditlash huquqini olish uchun kerakli tekshiruv sinovlarni to‘g‘ri o‘tkazishda moddiy - texnikaviy ta’minotining etarli ekanligi;

  • Sertifikatlashtirish tavsiflari bo‘yicha har bir aniqlash uchun tekshirilayotgan sinov uslublarini to‘la tadbiq qilish va buning natijasida sinov yakunlari qaytaruvchanligi va haqqoniyligini ta’minlashligi;

  • Laboratoriyani aniq va tashkiliy haq – huquqiy o‘rni bo‘lib, mahsulot ishlab chiqaruvchidan mustaqil hamda tijorat yoki boshqa majburiyatlarda bo‘lmagan sinovlarning haqqoniyligiga ta’sir utkazolmaydigan bo‘lishligi;

  • Sinovlarni o‘tkazishda tizim sifatini ta’minlanilishining mavjudligi.

Sertifikatlashtirish idorasi tomonidan o‘tkaziladigan akkreditlash bo‘yicha sinov laboratoriyalarining bu talablariga qanday javob berishligi tekshiriladi va laboratoriyaning holati to‘la – to‘kis o‘rganiladi.
SHu bilan birga sinov laboratoriyalarini akkreditlash (odatda «akkreditlash milliy tizimi» atamasi bilan ham ifodalanadi) tartibi va bajariladigan ishlari turli mamlakatlarda, ulardagi tizimlarni yuritish xususiyatlari farqlanadi.
Hozirda sinov laboratoriyalarning akkreditlash milliy tizimi ko‘pgina mamlakatlarda tuzilgan bo‘lib, muayyan darajada yo‘lga ko‘yilgan.
AKSHda 1972 yilda o‘tkazilgan ro‘yxat ma’lumotlariga qaraganda davlat idoralari va xususiy tashkilotlar ixtiyorida bo‘lgan 1800 ta tijorat sinov laboratoriyalarini va ko‘p miqdorda sinov laboratoriyalarini baholash tizimining borligi aniqlangan.
Masalan, savdo, energetika, mudofaa vazirliklari tomonidan sinov laboratoriyalari ni tan olish tizimlari tashkil etilgan. Savdo vazirligi bo‘yicha amalda bo‘lgan, 1929 yildan beri AQSH da beton,ssement, asfalьt, qog‘oz, kartonlar bilan sinov o‘tkazuvchi laboratoriyalaridan faqat bir necha yuz laboratoriyalar tan olingan xolos.
Sinovlarni tashkil qilish darajasini baholashni va ularning faoliyatini ishlab chiqilgan mezonlar asosida savdo Vazirligining texnika bo‘limi - standartlarning milliy byurosi amalga oshiradi.
1900 yili Fransiyada san’at va hunarmandlik maktabi qoshida sinovlar o‘tkazish milliy laboratoriyasi paydo bo‘ldi. 1978 yildan boshlab bu sinov laboratoriyasi sanoat vazirligi qoshidagi davlat muassasasiga aylantirildi, bu Fransiyada milliy sinovlar tarmog‘i (RNE) ning yaratilishiga poydevor bo‘ldi.
RNE - sinov laboratoriyalarining yagona muvofiqlashtiruvchi birlashmasi bo‘lib, yagona qoidalar va ish tartibi asosida sinovlar o‘tkazishni ta’minlaydi. RNE ning asosiy vazifalaridan biri sinov laboratoriyalarini akkreditlash bilan bog‘liq bo‘lgan ishlarni amalga oshiradi.
1981 yili Buyuk Britaniya xukumat qarori bilan miliy fizika laboratoriyasi qoshida sinov laboratoriyalarini akkreditlash milliy tizimi (NATLAS) to‘zildi. Unga sinovlarni o‘tkazish laboratoriyaning tayyorgarligini baholash va akkreditlash, bu sinovlarni sertifikat berish bilan o‘tkazish, shuningdek akkreditlangan laboratoriyalar ro‘yxatini nashr ettirilishi topshirilgan.
Sinov laboratoriyalarining rejalarini amalga oshirish ixtiyoriy ravishda amalga oshiriladi.
Mamlakat ichidagi sinov o‘tkazuvchi har qanday laboratoriya, agar u uchinchi tomon sifatida bo‘lsa, milliy attestat olish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Buyuk Britaniya akkreditlash rejasini Britaniya standartlashtirish bilimgoxi tayyorlaydi. Laboratoriyani akkreditlash uchun buyurtmanoma shu bilimgohi nomiga topshiriladi. Buyurtmanoma bilan birga to‘ldirilgan savolnoma (voprosnik), sinovlar sifatini ta’minlash bo‘yicha qo‘llanmaning nusxasi, sinovlar o‘tkazishga da’vogar laboratoriyaning o‘tkaziladigan sinov turlari to‘g‘risidagi ma’lumot qo‘shib topshiriladi. Bu hujjatlarni olgandan so‘ng bilimgoh akkreditlashni o‘tkazuvchi ekspert guruxini tuzadi. Uning tarkibi sinov turlarining miqdoriga, hamda laboratoriyaning katta - kichikligiga bog‘liq bo‘ladi. Akkreditlashni bir kun ichida o‘tkazish ko‘zda tutiladi. Uning natijalariga qarab ekspert guruxi quyidagi 3 variantli xulosaga keladi:

  1. Laboratoiyaning kamchiliklari yo‘q, u akkreditlanishi mumkin;

  2. Laboratoriyaning jiddiy bo‘lmagan kamchiliklari bo‘lib, ularni bir oy ichida yo‘qotish sharti bilan akkreditlash mumkin;

  3. Laboratoriya jiddiy kamchiliklarga ega va uni akkreditlanishi tavsiya etilmaydi.

Akkreditlash haqida qaror qabul qilingandan so‘ng laboratoriyaga attestat beriladi, unda akkreditlanuvchi mahsulotning nomi va sinovlar turi ko‘rsatiladi. Attestat kamida 10 yil muddatga mo‘ljallanib, uni bilimgoh qoshidagi sifatni ta’minlash bo‘yicha kengash beradi. SHuni aytish kerakki, bu akkreditlangan laboratoriya har yili kengash nomiga akkreditlanishi hamda muayyan vaqt oralig‘ida kengash tomonidan o‘tkaziladigan baholanishi va nazorati bilan bog‘liq bo‘lgan harajatlarni uning hisobiga o‘tkazib turadi.
Laboratoriyani akkreditlash uchun quyidagilar lozim:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish