90
Uchinchi kategoriyaga
eng kam kasbiy tayyorgarlikka ega
bo‘lgan kishilar kiradi, ularning ishi bir necha soat yoki kunda
o‘rganib olishni taqozo qiladi. Bu guruhga xo‘jalikning
barcha
tarmoqlaridagi kam malakali ishchilar kiradi.
Xalqaro Mehnat tashkilotining (XMT) ma’muriy kengashi
qabul qilgan ta’rifga muvofiq, «tajribali mutaxassislar»
kategoriyasiga quyidagilar kiradi:
—
yuqori darajadagi ma’lumot yoki kasb tayyorgarligiga ega
bo‘lgan yoxud ilmiy, texnik yoki ma’muriy sohalarda e’tirof
qilingan ekvivalent tajribaga ega bo‘lgan kishilar;
—
yollanish asosida yuqori darajada aqliy faoliyat
ko‘rsatishni, tashabbus ko‘rsatishni, mas’uliyatni talab qiladigan
vazifalarni bajaradigan kishilar.
Bu tarif korxona yoki tashkilotning bir qismini boshqaradi-
gan, ya’ni personal bo‘lib ishlaydigan kishilarga ham taalluqlidir.
Umuman olganda, muayyan
mamlakatga va unda qabul
qilingan tasniflashga muvofiq, tajribali mutaxassislar yollanib
ishlayotgan mehnatkashlarning 10–20%ni tashkil etadi.
Avstraliya (19%) va Yangi Zelandiya (20%) bu ro‘yxatning
oldingi o‘rinlarida turadi. Yevropa Ittifoqida o‘rta hisobda
mutaxassislar 12,5%ni tashkil etadi. 8 milliondan ortiq mutaxassis
xususiy sektorda band. Italiya, Daniya va Buyuk Britaniya
kabi mamlakatlarda 100 kishidan kamroq kishilar ishlaydigan
korxonalar soni ko‘proq bo‘lib, ulardagi mutaxassislar ulushi
ancha yuqoridir va tegishli ravishda 16 va 15% dan iboratdir.
Biroq, Germaniyada mutaxassislar soni birmuncha kamroq
bo‘lib, 9,5%ni tashkil etadi. Yaponiyada 1960– 1985 yillar
oralig‘idagi davrda o‘rta bo‘g‘in boshqaruv personali 23% ga
ortgan. AQShda esa, tajribali mutaxassislar ulushi taxminan 11
%ni tashkil etadi. Lekin, bular faqat raqamlardir, xolos.
91
Birinchidan, mehnatkashlarning bu kategoriyasiga kimlar
kirishini
aniqlash juda qiyin, ikkinchidan, ular bajaradigan
vazifalar texnologiya va tashkiliy o‘zgarishlar natijasida doimiy
ravishda almashib turadi. Ayrim mamlakatlarda, masalan, Italiya
va Fransiyada bu kategoriyaga farmoyish berish huquqiga
ega bo‘lgan korxonalarning barcha xodimlari kiradi. Boshqa
mamlakatlar (Buyuk Britaniya va Skandinaviya mamlakatlari)
da bu kategoriyaga ilmiy xodimlar va muhandislar kirmaydi;
AQSH va Kanadada yaqin vaqtlargacha
mehnat qonunchiligida
xizmatchilar safidan rahbar va boshqaruvchi bo‘lib ishlaydiganlar
chiqarib tashlangan edi.
Shu bilan birga, xalqaro raqobat va mehnat unumdorligini
doimo oshirib borish ta’sirida ishlayotgan korxonalarda
ishlab chiqarishni qayta qurish oqibatlari faqat mansab
vazifalari sohasidagi o‘zgarishlardan iborat bo‘lmayotir.
Masalan, Germaniyada «Lyuftganza» kompaniyasi tajribali
mutaxassislarning 30%ini qisqartirdi, «Mersedes-Bens» va
«Folksvagen» korporatsiyalarida mutaxassislar soni keyingi
vaqtlarda 20–25% kamaytirilgan.
Ushbu ma’lumotlar sirtdan qaraganda, hamma joyda
mutaxassislar soni ortib borishi tendensiyasiga zid keladi,
haqiqatda esa, bu ma’lumotlar sanoati rivojlangan mamlakatlarga
va o‘rta bo‘g‘in xodimlariga taalluqlidir.
Ro‘y berayotgan o‘zgarishlarning yo‘nalishi
rejalashtirish,
boshqarish va nazorat qilish vazifalarini bevosita mahsulot ishlab
chiqaruvchilarning o‘zlariga topshirishga qaratilgan.
«Raqobat kurashining ortishi bilan yaqin vaqtlarda birorta
ham korxona 10–15% dan ortiq o‘rta bo‘g‘in mutaxassislarini
saqlab turolmaydi. Bu mutaxassislar ancha katta ish haqi oladi
va ishlab chiqarishda bevosita ishtirok etmaydi»,
— deyiladi
92
yollanma mehnat kishilari, texnik xodimlar va mutaxassislar
Xalqaro Federatsiyasi ma’ruzasida. Bundan shunday xulo-
sa kelib chiqadiki, yaqin vaqtlar ichida bevosita ishlab chiqa-
ruvchilar va yuqori daraja boshqaruvchilari umuman o‘rta
bo‘g‘in mutaxassislarisiz kun kechirishlari mumkin.
Bunday
sharoitda mazkur kategoriyadagi mutaxassislar faqat bilim va
tajribalaridan ajralib qolmasdan, shu bilan birga, firmaning
raqobatbardoshligi bilan unda hamkorlik qilish ruhini saqlab
qolish zarurligi o‘rtasida sezilarli ixtilof kelib chiqadi.
Shunday qilib, butun
boshqaruv tizimining asosiy elementi
personaldir
, u ayni bir vaqtda boshqaruvning ham obyekti, ham
subyekti bo‘lib maydonga chiqishi mumkin. Korxona xodimlari
obyekt sifatida faoliyat ko‘rsatishiga sabab shuki, ular ishlab
chiqaruvchi kuch, har qanday ishlab chiqarish jarayonining
asosiy tashkil etuvchisidir. Shu boisdan ishlab chiqarishdagi
inson
resurslarini rejalashtirish, shakllantirish, qayta taqsimlash
va oqilona foydalanish personalni boshqarishning asosiy
mazmunidir. Ishlab chiqarishning moddiy buyum elementlarini
boshqarish ham xuddi shu nuqtai nazardan qarab chiqiladi.
Shu bilan birga,
personal — avvalo, odamlardan iborat
bo‘lib, ular o‘ziga xos sifat va xossalarning murakkab
majmui bilan ajralib turadi.
Ular orasida ijtimoiy-psixologik
xususiyatlar asosiy rol o‘ynaydi. Personalning bir vaqtning
o‘zida boshqaruvning ham obyekti,
ham subyekti sifatida
namoyon bo‘lishi ishlab chiqarishda personalni boshqarishning
o‘ziga xos tomonini tashkil etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: