44
—
foydalaniladigan xodimlarning psixosotsial xususiyatlari
va boshqa omillarni hisobga oluvchi markazlashgan
(detsentralizatsiyalashgan) tizimning zaruriy darajasini belgilash;
—
makroekonomikaning «texnika»sini
ishlab chiqish, ya’ni
boshqaruvni tashkil etishning barcha bo‘g‘inlarida personalni
jalb etishning aniq formalarini ishlab chiqish.
Personalni boshqarish tamoyillari mazmuni va tuzilmasini
shakllantirishda
quyidagilardan kelib chiqiladi:
1. Tashkilot faoliyatining asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha bosh
tamoyillarga kompleksli yondashuv.
2. Menejer va ijrochilarni iyerarxiya bo‘yicha taqsimlash.
3. Qiyinchiliklarga bog‘liq, boshqaruv vazifalarining qiymati
va qaytaruvchanligi tamoyillari differensiatsiyasi.
Ijrochi boshqaruv qarorlari qabul qilinishida qatnashmaydi.
U faqat ularning shakllanishida ishtirok etadi. Rahbarlar
esa, boshqaruv subyekti sifatida qaror amalga oshirilishida
nazorat hisobotini bajarishadi.
Jarayonlarni tashkillashtirish,
mo‘ljallashtirish va tezkor tartibga solib turish jarayoni rahbarlar,
ijrochilar va yordamchi ishchilar bilan birgalikda amalga
oshiriladi. Bunda yakuniy natija uchun mas’uliyat rahbarlar
zimmasida bo‘ladi.
Ijrochining boshqaruv obyekti sifatida ish tamoyillariga
quyidagilarni kiritish mumkin:
— ijro etuvchanlik (rejaga mos holda sifat, xarajatlar va
muddati bo‘yicha);
—
mehnatni
tashkil etish, texnologiyalarni takomillashtirish,
sifatni oshirish, xarajatlarni pasaytirish bo‘yicha tashabbuskor
bo‘lish;
—
sog‘lom turmush tarzini kechirish, halol, tartibli bo‘lish;
— xizmat lavozimlari bo‘yicha ko‘tarishga
intilish; Menej-
ment tizimida shaxs boshqaruvning obyekti va subyekti
sifatida yuzaga chiqadi.
45
Menejerlar tomonidan odamlarni boshqarish bir qator
tamoyillarga asoslanadi:
1. Bo‘ysunuvchilarda o‘zini hurmat qilish hissini qo‘llab-
quvvatlash. Bunda, avvalo, bo‘ysunuvchilarni maqtash va
so‘ngra ishni yaxshilash bo‘yicha ko‘rsatmalar berish.
2. Shaxsga emas, muammolarga e’tibor qaratish.
3. Ko‘ngildagi rejalarni
qayd etish va mustahkamlash
usullaridan faol foydalanish yoki zid harakatlarni bartaraf etish.
Odamlar xulqidagi o‘zgarishlarga darhol e’tibor qaratilmasa,
ortiqcha tushunmovchiliklar kelib chiqadi.
4. Aniq talablarni olg‘a surish, odamlar bilan doimo aloqada
bo‘lish, qayta aloqalarga e’tiborni kuchaytirish.
Yuqoridagi tamoyillarga asoslangan holda, mos ravishda
menejer ijrochilardan kerakli natijalarni talab qilishi kerak:
—
maslahat olishga doimo ehtiyoj sezuvchilarda fikr uyg‘o-
tish;
—
tashqi harakat ta’sirisiz biror qarorga kelolmaydiganlarga
maslahatlar berish;
—
to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘rsatmalarni tushunmasdan ish
yuritish mumkin
emasligini eslatib turish;
—
berilgan topshiriq va buyruqlarni so‘zsiz qat’iy talab
etish;
—
bo‘ysunishni istamagan xodimlarni boshqa chora topilma-
ganda ishdan bo‘shatish va, aksincha, rahbariyatning barcha
topshiriqlarini sidqidildan bajaruvchi xodimlarni rag‘batlantirish.
Kim bilan va qanday ishlash — ko‘proq ma’noda odam-
larning o‘ziga xos xarakteriga bog‘liq. Bu rahbarlarga ham,
ijrochilarga ham taalluqlidir. Ushbu
holatni menejerlar doimo
hisobga olishlari zarur.
Zamonaviy menejmentning rivojlanish bosqichida shaxsning
ruhiy holatini aniqlash eng qiyin va muhim masala bo‘lib, bu
46
jihat xodimlarni boshqarish samaradorligini oshirishda asosiy
vazifa hisoblanadi.
Personallarni boshqarish muammolarini yechishda shuni
hisobga olish zarurki, odamlar hayot shart —
sharoitlariga
turlicha moslashishadi. Moslashish qobiliyatiga qarab,
ularni 3
turga ajratish mumkin
:
1. Mavjud holatga mo‘ljal olishda vaziyatga yengil ko‘nikish.
2. O‘tmishga mo‘ljal olishda qat’iy taqiq, ruxsat va huquqiy
mas’uliyatlar ostida harakat qilish.
3. Kelajakka mo‘ljal olishda iyerarxik tuzilmaga yaxshi
moslasha olmaslik.
Birinchi turdagilar qaror qabul qilishayotganda samarali
ishlashadi, ikkinchilari mavjud tuzilma doirasisda qarorlar
amalga oshirilayotganda,
uchinchilari esa, g‘oyalarni
rivojlantiruvchi sifatida namuna ko‘rsatishadi.
Shaxsning xususiyatlarini baholash asosida uning
quyidagi
komponentlaridan tashkil topadigan ruhiy holatini tuzish
mumkin:
1. Temperament (fazilati).
2. Xarakteri.
3. Qobiliyati.
4. Yo‘nalishi.
5. Intellektualligi.
6. Hissiyoti.
7. Erkin sifatlari.
8. Muomalasi.
9. O‘zini baholashi.
10. O‘zini nazorat qilish darajasi.
11. Ruhiy xarakterdagi qobiliyati.