36
harakatlarini ongli ravishda o‘zgartirishga qodirdir. U boshqarish
ta’siriga nihoyatda sezgirdir. Agar bunday ta’sir ko‘rsatish
qo‘pollik bilan, ya’ni personalning o‘ziga xos xususiyatlari
va istaklarini hisobga olmasdan amalga oshirilsa, u holda
mehnatning samaradorligi boshqa resurslar
turlariga nisbatan
tez va keskin pasayib ketadi.
Ayni vaqtda, aniq qarorlar, to‘g‘ri tanlangan ta’sir ko‘rsatish
usullari amalga oshirilgan qo‘yilmalarga nisbatan kutilgan
natijalarni ancha yuqori darajada, shu bilan birga,
uzoq muddat
mobaynida ta’minlashi mumkin. Bu holat boshqarishning
samarali usullarini ishlab chiqish, bunda turli kasb kishilarining
kuch-g‘ayratini muvofiqlashtirishga alohida e’tibor berishni
zarur qilib qo‘yadi. Personalni boshqarishni korxona doirasida
inson oilini faollashtirish
sohasidagi funksional, institutsional
va amaliy vazifalar jamidan iborat deb qarash kerak. Personalni
boshqarish korxonaning raqobatbardoshligini oshirishning
muhim omili sifatida
quyidagi yo‘nalishlarni o‘z ichiga oladi:
—
raqobat kurashida ilg‘or marralarni egallash maqsadida
personalda korxona faoliyatining
barcha jihatlarini yanada
shiddatliroq yangilash (mahsulot va texnologiyani yanada
jadalroq yangilash)ga qaratilgan qadriyatlar va yo‘l-yo‘riqlarni
shakllantirish;
—
mehnat potensialini rivojlantirish sohasidagi tadbirlar,
ularga ta’lim berish, tashabbusni rivojlantirish, musobaqalashish
ruhini va hokazolarni shakllantirish sohasidagi tadbirlar
majmuini nazarda tutadi va tashkiliy
tadbirlar ishlab chiqishni
talab qiladi;
—mutaxassislar va rahbarlar potensialini amalda ro‘yobga
chiqarish; u shunday tashkiliy shart-sharoitlarni yaratishni taqozo
etadiki, ular ana shunday amalga oshirishga, xodimning o‘ziga
xos xususiyatlarining ish o‘rniga aniq mos kelishini ta’minlash,
shaxsiy potensialni doimiy rivojlantirib borish va hokazolarni
amalga oshirishga undaydi;
37
— inson resurslarini boshqarish
vazifasini zarur moliyaviy
va moddiy vositalar bilan ta’minlash; unga batamom o‘zini
oqlagan bo‘lajak samara sifatida qarash kerak;
— korxona uchun qulay va maqbul bo‘lgan ijtimoiy fikr
to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilish; uning hisobiga firmaning obro‘-
e’tibori, yangi kadrlarning kelishi ta’min etiladi, ular orasidan
eng malakali va qobiliyatlilarini tanlab olish.
Inson resurslarini boshqarish vazifalarini hal qilish uchun
ularni bajarishga muntazam va shtab rahbarlarini ko‘proq jalb
qilish, bu vazifalarni shtab bo‘linmalarida jamlash, ularning
muntazam bo‘linmalar faoliyatini nazorat qilishi talab etiladi.
Personalni boshqarish
—
barcha rahbar kadrlar va
korxonalar kadrlar xizmatining boshqaruv barcha tomonlarini
muntazam rivojlantirish sohasidagi shaxs bilan bog‘langan
doimiy vazifasidir.
Kichik darajadagi mehnatni boshqarishga kompleks
yondashish quyidagilarni nazarda tutadi. Ayrim xodim bilan bir
qatorda ishchilar guruhiga va ularning qatnashchilari o‘rtasidagi
munosabatlarga tobora ko‘proq e’tibor beriladi. Boshqarish
obyektiga ta’sir ko‘rsatishni shunday amalga oshirish kerakki,
uning potensialidan har tomonlama foydalanish ta’min etilsin.
Agar asrimiz boshlarida,
Do'stlaringiz bilan baham: