Personalni



Download 1,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/230
Sana14.01.2022
Hajmi1,61 Mb.
#363067
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   230
Bog'liq
personalni boshqarish

quyidagi yo‘llar 
bilan erishiladi
:
— tashkiliy tuzilishni takomillashtirish, boshqarish 
darajalarini kamaytirish, boshqaruvning o‘rta bo‘g‘inini 
qisqartirish;
— 
qarorlar qabul qilish jarayonini iloji boricha quyi 
darajagacha ixchamlashtirish;
— 
vazifalarning bir qismini vositachilar, xomashyo yetkazib 
beruvchilar, maslahatchilarga topshirish;
— 
har bir ish o‘rnida mehnatning sermazmun bo‘lishini 
ta’minlash;
— 
mehnat unumdorligini oshirish maqsadida mehnat 
jarayonlarini avtomatlashtirish; ishlab chiqarishda va noishlab 
chiqarish sohasida ishchi kuchini tejash;
— 
yuqori ma’muriyat va korporatsiya tuzilmalarida ish bilan 
band bo‘lgan personalni birmuncha qisqartirish;


34
— xodimlarni tayyorlash va qayta tayyorlash, mahoratini 
oshirish programmalarini investitsiyalash va h.k.
Personalni boshqarish vazifalari u yoki bu boshqaruv 
jarayoni doirasida odamlarni boshqarish tadbirlaridan farq qilib, 
boshqarishning muayyan funksional mustaqil jarayonlaridan 
iboratdir. Ularning maqsadli yo‘nalishi ishlab chiqarish tashkiloti 
umumiy strategiyasining tarkibiy qismi bo‘lgan ijtimoiy 
strategiya bilan belgilab berilgan.
Personalni boshqarish tizimining asosiy vazifalariga 
quyidagilar kiradi:
— 
firmaga o‘z maqsadlariga erishishida yordam berish;
— 
firmani malakali va manfaatdor xodimlar bilan 
ta’minlash;
— 
personalning mahorat va qobiliyatlaridan samarali 
foydalanish;
— 
personalning asoslash tizimlarini takomillashtirish;
— 
barcha kategoriyadagi personalning mehnatdan qoniqish 
darajasini oshirish;
— 
personalning malakasini va kasbga doir ma’lumotini 
oshirish tizimini rivojlantirish va yuqori darajada saqlash;
— 
qulay axloqiy vaziyatni saqlash;
— 
martabani — xizmat sohasida ko‘tarishni rejalashtirish;
— personalning ijodiy faolligi, firmaning innovatsion 
rejalarini amalga oshirishda yordam berish;
— 
personalning faoliyatiga baho berish va boshqarish 
hamda ishlab chiqarish sohasidagi personalni attestatsiyadan 
o‘tkazish usullarini takomillashtirish, boshqarish personalining 
barcha xodimlar bilan aloqasini o‘rnatish;
— 
turmushning yuqori sifat darajasini ta’minlash; uning 
mazkur firmada ishlashni maroqli qilish darajasini ta’minlash.
Personalni boshqarish xizmatiga doir vazifalarni oddiy sanab 
o‘tishning o‘ziyoq ularning ancha murakkabligini ko‘rsatadi. Shu 
bilan birga, ulardan har birining bajarilishi personalga shaxsiy 


35
baho berish zarurligi bilan bog‘liqdir. Personalning faoliyatiga 
baho berish va attestatsiyadan o‘tkazish kabi vazifalar, xizmat 
sohasida ko‘tarilish masalalari ko‘pgina ziddiyatli vaziyatlar 
bilan bog‘liq bo‘lib, ba’zan ularni hal qilish mumkin bo‘lmay 
qoladi. Chunki, ular kishilarning hissiy muhitiga kuchli ta’sir 
ko‘rsatadi va, ko‘pincha, subyektiv ravishda idrok etiladi.
O‘z navbatida, tashkilot va korxonalarning innovatsion 
strategiyalarini amalga oshirish bilan bog‘liq yangi vazifalarni 
hal qilish tag‘in ham kattaroq muammolarga borib taqaladi. Ana 
shu vazifani amaliy ravishda hal qilish ishi tashkiliy jihatdan 
tub o‘zgarishlar qilishga olib keladi, murakkab eksperimentlar 
o‘tkazishni, personalning faoliyati natijalariga baho berishda 
ustuvor yo‘nalishlarga o‘zgartishlar kiritishni taqozo etadi. 
Bularning hammasi personalni boshqarish sohasidagi 
mutaxassislardan butun tashkilotning samarali ishlashi uchun 
oshirilgan mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishni talab qiladi. 
Shuningdek, ularning shaxsiy martabaga va kasb sohasida 
obro‘-e’tiborga erishmoq uchun ma’lum darajada tavakkalchilik 
qilishlarini ham taqozo etadi. Shuning uchun ham, personalni 
boshqarish xizmatlarida ish bilan band bo‘lgan mutaxassislar 
mehnatiga yuqori haq to‘lanadi.
Personalni boshqarish muammosining miqyosi va ahamiyati 
ancha kattadir: ishlovchilar umumiy sonidan 90% dan ko‘prog‘i 
yollanma mehnat sohasida banddir. Shu bilan birga, har turli 
korxona va tashkilotlarning ko‘pchiligi uchun xos narsa 
tashkilotning umumiy faoliyati natijalariga erishishda 

Download 1,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   230




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish