42
miqdorga keltirishdir. Unga ta’lim
jarayonida potensial tarzda
shakllantiriladigan mehnatga bo‘lgan qobiliyatlar va shaxsiy
fazilatlarning ulardan foydalanish imkoniyatlariga mos
kelmasligi sabab bo‘ladi.
Personalni ilmiy asoslangan tarzda shakllantirishga diqqat-
e’tiborning ortishiga sabab shuki, har qanday korxonaning
rivojlanish jarayoni uning «hayoti» sikli tuzilishi bilan bog‘liqdir.
U tashkil etish, o‘zlashtirish,
foydalanish, yangilash, takror
foydalanish va tugatish bosqichlariga ega bo‘ladi.
Ma’lumki, korxona hayot sikli ayrim bosqichlarining
o‘rtacha davom etishi quyidagichadir: o‘zlashtirish bosqichi
— 2-3 yil; qayta tashkil etish 3–4 yil; ishlab chiqarishni
takomillashtirishdan iborat vaqti-vaqti bilan takrorlanib
turadigan bosqich — umuman, 20 yil davom etishi mumkin.
Personalni shakllantirishni boshqarish
quyidagi vazifalarni
hal etish yo‘li bilan bu mos kelmaslikni eng kam miqdorga
keltirishdir:
—
ish tuzilmalari, ish o‘rinlari va personal o‘rtasidagi eng
ko‘p muvofiqlikka erishmoq uchun turli kasb-malaka va ijtimoiy
— demografik tavsiflarga ega bo‘lgan xodimlar soni nisbatini
o‘rnatish;
—
xodimlar potensialidan to‘liq foydalanish va ular
mehnatining samaradorligini oshirish maqsadida xodimlarning
ish bilan maksimal darajada band bo‘lishini ta’minlash;
—
turli funksional mehnat mazmuniga ega bo‘lgan xodimlar
tuzilishini optimallashtirish.
Bu vazifalarni hal qilishga korxonada personaldan
foydalanishning quyidagi asosiy prinsiplari asos qilib olinishi
mumkin: xodimlar sonining bajariladigan
ishlar hajmiga
va xodimning malakasiga, uning mehnat funksiyalarining
murakkablik darajasiga mos kelishi; personal tuzilishi ishlab
43
chiqarishning obyektiv omillari bilan bog‘liqligi; ish vaqtidan
foydalanishning eng ko‘p samaradorligi; xodimlarning
malakasini doimiy ravishda oshirib
borish va ishlab chiqarish
ixtisosligini kengaytirish uchun shart-sharoitlar yaratilishi.
Yuqorida aytilganlardan shunday xulosaga kelish mumkin.
Korxonalar personalini shakllantirish shunday ta’minot tizimini
ishlab chiqishni talab qiladiki,
ushbu tizim ayni bir vaqtda
kechadigan qator bosqichlarni qamrab olishi kerak:
—
tayyorgarlik bosqichi kasbga yo‘naltirish, kasb tanlash,
dastlabki kasb tayyorgarligi;
—
taqsimlash bosqichi kadrlarni qabul qilish va joy-joyiga
qo‘yish;
—
moslashish bosqichi ijtimoiy-psixologik tuzilishni
shakllantirish — shaxslararo aloqalarni yo‘lga qo‘yish;
—
ijtimoiy-psixologik moslashish, ijtimoiy-iqtisodiy
tuzilishni shakllantirish —
kasbiy jihatdan moslashish;
Ijtimoiy tizimni boshqarish yoki personalni rejalashtirish, o‘z
navbatida, ko‘proq
quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha rivojlanadi:
Do'stlaringiz bilan baham: