Personalni


Rahbarlar ish vaqtini rejalashtirish



Download 1,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet157/230
Sana14.01.2022
Hajmi1,61 Mb.
#363067
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   230
Bog'liq
personalni boshqarish

Rahbarlar ish vaqtini rejalashtirish
Rahbarlar ish vaqti rejalashtirilishida iloji boricha yaxshiroq 
natijalarga erishilmog‘i uchun u «rejalashtirish davrlari»: «kun», 
«hafta», «oy», «yil» degan tushunchalardan foydalanish zarur. 
Rejalashtirishning har bir davri alohida qarab chiqilishi kerak. 
Shuning uchun ham, har bir davr uchun alohida rejaga ega 
bo‘lish ma’qul hisoblanadi.
Rahbar har bir davrning rejasini ishlab chiqishda quyidagi 
savollarga 
javob berishi zarur: 
mazkur davrning asosiy maqsadi 
nimadan iborat? U o‘z ixtiyorida qancha vaqtga ega? Davrning 
asosiy vazifalari qanday navbat bilan bajarilishi lozim? Qanday 
tayyorgarlik tadbirlari bajarilishi zarur?


186
Rejalashtirish davrlari ichida rahbar uchun eng muhimi ish 
kuni hisoblanadi. Ish kunini rejalashtirish o‘ziga berilgan vaqt 
mobaynidagi muayyan harakatlarni belgilab olishni o‘z ichiga 
oladi va faqat maqsadni, istakni yoki muddaolarni aniqlash bilan 
chegaralanmaydi. Rejalashtirishning boshqa davrlariga tatbiqan 
esa bunday bo‘lmaydi. Kunlik rejalashtirish bugungi kun bilan 
yashash uchun shart-sharoit yaratadi. Kunlik reja shu bugun 
amalga oshirilishi lozim bo‘lgan barcha ishlarning jamidan 
iborat bo‘ladi va rahbarga ish vaqtidan samarali foydalanish 
uchun imkon yaratadi. Kunlik reja ishning pirovard maqsadlarini 
ularning ahamiyatiga qarab belgilab beradi. Bunda reja asosan 
avvalgi ish kuni oxirida yoki rejalashtirilayotgan ish kuni 
boshida shakllanadi.
Haftalik rejani ishlab chiqishda mazkur haftaning pirovard 
maqsadlarini aniqlash va ularning ahamiyatiga qarab zarur 
ishlarni belgilab chiqish tavsiya etiladi. Rejalashtirilayotgan 
haftaning butun xilma-xil ishlarini shartli ravishda quyidagi 
uchta guruh bilan taqdim etish mumkin:
— 
pirovard maqsadga erishish nuqtai nazaridan zarur 
(muhim va shoshilinch) ishlar;
— 
muhim ishlar, lekin ular shoshilinch emas, ularni baja-
rishga shu haftada vaqt qolsa, shunda kirishiladi;
— 
unchalik murakkab va shoshilinch bo‘lmagan ishlar, agar 
shu haftada vaqt qolsa, bu ishlar bajariladi.
Haftalik rejalashtirish jarayonida ilgari belgilangan aloqa-
larni aniqlash va ularni amalga oshirish usullarini tartiblab 
chiqish tavsiya etiladi.
Ish haftasi tamom bo‘lgandan keyin haftalik vaqtdan foyda-
lanish rejasiga va erishilgan pirovard natijalarga baho berish 
zarur bo‘ladi.
Yillik rejalashtirishning muhim bo‘g‘ini faoliyatning zarur 
yo‘nalishlarini belgilab chiqishdir. Ana shu muhim natijalar 
asosida rahbar shaxsiy faoliyat rejasini va shu yil uchun mo‘ljal-


187
langan budjetni ishlab chiqishi lozim. So‘ngra, rahbarning 
ixtiyorida bo‘lgan vaqt kalendar ish rejasida alohidalashtiriladi 
va u iloji boricha aniq bo‘lishi zarur.

Download 1,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   230




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish