180
Har bir rahbar yoki mutaxassis ish vaqtini sarflashni alohida
tasniflashni tahlil qilish jarayonida o‘zining kundalik ishida
zahiralarni qidirib topish uchun
har tomonlama axborot olish
imkoniga ega bo‘ladi. Masalan, turli tasniflash belgilaridan
foydalanib, vaqtning haqiqiy sarfini tasniflovchi jadvallarni
shakllantirish tavsiya etiladi. Formulalardan
foydalangan holda,
har bir ish turiga qancha foiz vaqt ketishini va uning umumiy
natijalarga nisbatan salmog‘ini belgilab chiqish mumkin.
Boshqarishga doir turli tadbirlarni
bajarish vaqtida sarf
etiladigan ish vaqti 3.2-jadvalda keltirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: