Personalni


Rahbarning ish vaqti va undan foydalanish



Download 1,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet153/230
Sana14.01.2022
Hajmi1,61 Mb.
#363067
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   230
Bog'liq
personalni boshqarish

Rahbarning ish vaqti va undan foydalanish
Vaqt tanqisligi 
— bu, har xil darajadagi rahbarlar va 
mutaxassislarni hammadan ko‘proq tashvishlantiradigan 
muammolardan biridir, chunki ular uchun vaqt omili, odatda, hal 
qiluvchi rol o‘ynaydi. Vaqt shunday bir resurs hisoblanadiki, har 
bir rahbar unga baravar miqdorda ega bo‘ladi. Shuning uchun 
ham, har bir rahbar va mutaxassis uchun asosiy muammo uning 
qancha vaqtga ega ekanligi emas, balki o‘zi ega bo‘lgan ushbu 
vaqtdan qanday foydalanishdadir.
Vaqt 
— shunday noyob resurski, uni pul singari jamg‘arib 
bo‘lmaydi. U mavjudligimizning eng moslashmaydigan 
elementidir. 
Vaqt omili 
— bu, shunday bir resurski, u rahbarga 
qanchalik qimmatga tushsa, mazkur vaqtdan u shunchalik 
samarali foydalanishga harakat qiladi. Ba’zan, rahbardan uning 
o‘zida bor bilim va qobiliyatidan ko‘prog‘i talab qilinmaydi. 


178
U faqat o‘zining ishdagi malakalarini takomillashtirib borishi, 
kamchiliklarga barham berishi va avvalo, vaqtdan samarasiz 
foydalanishga, uning bekor sarf etilishiga barham berishi talab 
qilinadi.
Rahbar mehnatining samaradorligi 
— u sarflagan shaxsiy 
mehnat natijalari bilan boshchilik qilayotgan xizmat (bo‘linma) 
xodimlari mehnati natijalarining mos kelishi o‘lchovidir. Bunda 
qo‘yilgan vazifalar, albatta, bajarilgan bo‘lishi lozim. Amalda, 
har bir rahbar o‘z bo‘linmasining ish natijalarini aniq biladi. 
Lekin, rahbarning bu natijalarga qanday qilib erishildi, o‘zining 
hissasi qanday, u qanday shaxsiy mehnat sarflagan, degan 
savollarga javob berishi qiyinroqdir.
Siz qanday ishlayapsiz? 
— qo‘yilgan vazifalarni hal qilish 
uchun siz qancha vaqt sarfladingiz? Bular shunday savollarki, 
rahbar bularga javob olishidan oldin o‘z mehnat ko‘nikmalari 
va ish usullarini yaxshilashi lozim.
Amalda barcha rahbarlar va mutaxassislar ish vaqti sarflarini 
hisobga olib borish zarurligini e’tirof qiladilar. Lekin, tajribada 
kamdan-kam rahbarlar bu masalani o‘zlari uchun hal qiladilar, 
bu esa, 
ba’zi  bir  salbiy  oqibatlarga: 
ishda shoshilishga, 
charchashga, mehnatning kam asoslanishiga, ishdagi rejasizlikka 
olib keladi. Ish vaqtini sarflashning hisobga olib borilmasligi, 
rahbarlar ishida va mutaxassislar faoliyatida keng tatbiq etilmay 
kelishiga sabab shuki, bu borada hali ko‘nikma mavjud emas. 
Mazkur masalaga doir maxsus adabiyotlarda asosiy muammo 
joriy ishlarni yozib borish texnikasidan iboratligi bayon qilingan.
Rahbar va mutaxassisning ish vaqtini oqilona tashkil etishi 
bajariladigan barcha ishlarni hisobga olib borishni, o‘zining 
ish vaqtini muntazam nazorat qilishni, ish vaqtini sarflash 
tuzilmasini o‘rganishni talab qiladi. Bu esa, ish vaqtidan 
foydalanishni, shaxsiy ishning asosli rejalarini tuzib chiqishni 
tahlil qilish imkonini beradi. Ish vaqtidan foydalanishni hisobga 
olmasdan va uni tahlil qilmasdan turib rahbar va mutaxassisning 


179
tuzib chiqqan shaxsiy ish rejalari real sharoitdan ajralib qolgan 
bo‘ladi.
Rahbarlar va mutaxassislar sarflaydigan ish vaqti tuzilishi va 
mehnat mazmunini o‘rganib chiqish uchun 
quyidagi usullardan 
foydalanish mumkin:
— 
anketa orqali va og‘zaki savol-javoblar qilish;
— 
ish vaqtini suratga olish.
Anketa orqali va og‘zaki savol-javoblar qilish mehnatni 
tashkil etish va ish vaqtidan foydalanishning mavjud holatini 
o‘rganish uchun o‘tkaziladi. Shuningdek, rahbarlar va 
mutaxassislarning mehnat samaradorligini oshirishga va ish 
sharoitini yaxshilashga imkon beradigan maxsus tadbirlar 
o‘tkazish haqidagi mulohazalarini o‘rganish uchun amalga 
oshiriladi.
Ish vaqtini suratga olish (IVS) mo‘ljallangan kuzatishlar 
davri mobaynida vaqt sarflari tuzilishini belgilash uchun tatbiq 
etiladi. IVSda ish vaqti sarflarini o‘rganish istisnosiz barcha 
vaqt sarflarini ularning haqiqiy izchilligi tartibida kuzatish va 
o‘lchash yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Ish vaqtini suratga olish ikkita asosiy belgi — kuzatiladigan 
obyektlar va kuzatishlarni o‘tkazish hamda ishlov berish usullari 
bilan ajralib turadi.
Jamoaga rahbarlik vazifalari bo‘yicha ish vaqti sarflari 
quyidagicha guruhlanishi mumkin: rejalashtirish, tashkil etish, 
muvofiqlashtirish, rag‘batlantirish 
va 
nazorat qilish

Download 1,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   230




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish