3.2-jadval
Boshqaruv tadbirlarini bajarishda ish
vaqti sarflarining tuzilishi
Tadbirlar turi
Umumiy sarflarga nisbatan ish vaqti sarflari
Rahbarlar Mutaxassislar
Boshqa xizmatchilar
Tashkiliy-ma’muriy
40
15
-
Tahliliy
15
10
20
Amaliy-konstruktiv
15
15
-
Axborot-texnikaviy
30
60
80
Ish vaqtidan foydalanishni tadqiq qilish natijalarini tahlil
etish jarayonida bir qancha savollarga javob olish mumkinki,
ular quyida keltirilgan:
Maxsus ajratilgan ishlarni bajarishga qancha vaqt sarf
etiladi?
Buning uchun ish kunlari bo‘yicha va butun kuzatishlar
davri uchun eng muhim ishlarni bajarishga sarf etiladigan vaqtni
hisoblab chiqish mumkin. Ajratib ko‘rsatilgan eng muhim
vazifalar pirovard yoki oraliq ish natijalari uchun muhim bo‘lishi
yoki rahbarning (mutaxassisning) alohida nazoratida turishi
mumkin.
Ish qayerda bajarilgan?
Bu savolga olingan javob rahbar-
ning, mutaxassisning qayerda turib ishni bajarganiga qarab vaqt-
ning miqdor jihatidan sarfl
anishini ko‘rsatadi.
Sinalayotgan kishi ishda kim bilan bog‘langan?
Mazkur
savol rahbarning asosiy faoliyat jarayonida ham, undan
181
tashqarida ham o‘zaro munosabatlarini tavsiflab beradi. Ayni bir
vaqtda o‘zaro munosabatlar qanday amalga oshirilishi: telefon
orqalimi, shaxsiy aloqalar vositasidami yoxud vositachi orqalimi
ekanligini aniqlash foydalidir;
Ish vaqti qanday shakllanadi?
Ish kuni vaqt jihatidan uzoq
davom etmaydigan bo‘laklardan tashkil topadimi yoki ilgaridan
rejalashtirilgan funksional qismlardan iborat bo‘ladimi?
Ishning bajarilishi qanday xarajatlar bilan bog‘liq?
Agar
iloji bo‘lsa, vaqt sarflarining tahlil qilinayotgan ishlarning baja-
rilishi vaqtidagi moliyaviy yoki boshqa xarajatlarga muvofiq
keli shi tahlil etiladi;
Rahbarning, mutaxassisning vaqtini kim band qiladi?
Ish
vaqti sarflari kimga bog‘liq bo‘lsa, shunga muvofiq qayd qilingan
vaqt tahlil qilinadi. Bu yerda rahbarning, mutaxassisning o‘zi
ish vaqtidan foydalanishni qay darajada aniqlashini va boshqa
kishilarning vaqtdan foydalanishdagi ulushi qandayligini
belgilash muhimdir;
Rahbar, mutaxassis haftaning qaysi kunlari va qaysi
vaqtda qo‘yilgan maqsadga erisha olmaydi?
Bu xildagi tahlilni
o‘tkazishda ish kuni tartibi, vaqt fondini taqsimlash bilan bog‘liq
ayrim muhim masalalar haqida gap boradi (to‘liq manzarani
aniqlash haqida emas).
Faoliyat turlarini yanada batafsilroq tahlil qilish va tadqiq
qilinayotgan har bir kun mobaynidagi vaqt sarflarini bilish uchun
bajarilgan ishlardan har biriga
quyidagi mezonlar bo‘yicha baho
berish zarur:
—
ishning bajarilishi zarurligi;
—
uni bajarishga sarflangan vaqt o‘zini oqladimi?
—
ishni bajarish uchun vaqt oralig‘i ongli ravishda aniqlan-
ganmi?
—
Tadqiq qilinayotgan davrdagi tegishli ish kunlaridan har
biri ana shu mezonlar bo‘yicha tahlil qilinadi. Tahlil etish vaqtida
mazkur ish mezonga to‘g‘ri kelish-kelmasligi aniqlanadi, ana
shunga qarab «ha» yoki «yo‘q» degan javob beriladi.
182
Tegishli ishlarning umumiy davom etishi, mezonlardan har
biri bo‘yicha «yo‘q» javobi olingan ishlarning davomiyligi aniq-
lanadi.
Agar
tahlil natijasida shunday bo‘lib chiqsa, ya’ni rahbar
mutaxassisning faoliyatida 10% dan ko‘prog‘i shart emas bo‘lsa,
u holda ular o‘zlarining kundalik ishlarida muhim tomon-
larni belgilashda katta muammolarga duch keladi, deb xulosa
chiqarish mumkin.
Agar
10% dan ko‘proq holatda vaqt sarfi kattaroq bo‘lsa, rah-
bar, mutaxassis mehnatni tashkil etish masalalariga (texnikaviy
usullar, ichki intizom va hokazo) e’tibor berishlari kerak bo‘ladi.
Agar
10% dan ko‘proq holatda ishlarning bajarilishi maq-
sadga muvofiq emas, deb topilsa, u holda rahbar, mutaxassisning
diqqat e’tibori ish kuni mobaynida vaqt sarflashni rejalashtirish
muammosiga qaratilishi lozim.
Agar
10% dan ko‘proq holatda ishni bajarish payti tasodifan
belgilangan bo‘lsa, u holda rahbar, mutaxassis ish kuni uchun
rejalar tuzishda qiyinchilik sezadi.
Kuzatishlarning butun davri mobaynida vaqtning umumiy
sarflarini tahlil qilishni «kuzatishlar davri uchun ish vaqti
sarflarini tahlil qilish» maxsus shaklidan foydalangan holda
o‘tkazish maqsadga muvofiqdir. Shu narsa yaqqol ma’lum
bo‘ladiki, rahbar, mutaxassis ishining samaradorligi ish vaqtidan
oqilona foydalanish va ish vaqti fondining oqilona tuzilishi bilan
belgilangan.
Mehnat va vaqt sarflarini tanqidiy tahlil qilish vaqt zaxirala-
rining borligini ko‘rsatadiki, ular tashkiliy kamchiliklar dan da-
lo lat beradi. Chunonchi, ishlarni bajarish uchun vaqt sarflari
o‘rta hisobda 15,5% qisqarishi mumkin, bu vaqtning bekor
sarf bo‘lishini qisqartirish va mavjud kamchiliklarni yo‘qotish
hisobiga bo‘ladi. Kuzatishlar davri mobaynida ish vaqtining
yashirin bekor sarf etilishi aniqlandi. Bunda muayyan ishni
bajarish uchun kerak bo‘ladigan ortiqcha vaqt sarflangan. Bunga
183
yuqori tashkilotlar tomonidan vazifalar berishdagi noaniqliklar
sabab bo‘lgan.
Ish vaqti budjetini tahlil qilganda shuni hisobga olish kerakki,
foydalanilgan ma’lumotlar hamisha ham uning sifati haqida
ishonchli xulosalar chiqarish imkonini beravermaydi. Rahbar
(mutaxassis) o‘z vaqtini sarflash tartibi va o‘z ishining sifatini
tanqidiy tahlil qilib chiqishi lozim, toki o‘ziga xos bo‘lgan
ish uslubi haqida to‘g‘ri xulosa chiqarsin. Mazkur masalada
tashkilotning o‘ziga xos xususiyati, boshqarishning muayyan
darajasi va rahbar yoki mutaxassis oldida turgan vazifalar hal
qiluvchi rol o‘ynashini nazarda tutish kerak.
Tahlil qilishning yakunlovchi bosqichida rahbar yoki muta-
xas sisning ish vaqtidan oqilona foydalanishiga xalaqit beruvchi
sabablarni aniqlash maqsadga muvofiqdir. Ishlarning mazkur
bosqichi muvaffaqiyatli bajarilishiga «xalal berish omillari»
de gan ishchi jadval yordam beradi. Bu jadvalda samarali meh-
nat qilishga xalal beradigan barcha ichki va tashqi yoki reja-
lashtirilgan mehnat jarayonini buzadigan to‘siqlar qayd etilishi
zarur. Bunday xalal berish omillariga bajariladigan ish bilan
bog‘liq bo‘lmagan telefonda so‘zlashishlar, ish vaqtidagi shaxsiy
aloqalar, kutishga sarf etilgan vaqt va shu kabilarni kiritish
mumkin.
«Xalal berish omillari» jadvalini to‘ldirishda shuni esdan
chi qar maslik kerakki, unda faqat tashqi to‘siqlarni emas, shu-
ning dek, rahbar yoki mutaxassis o‘z mehnat jarayonini buzishga
yo‘l qo‘ygandagi ichki to‘siqlarni ham qayd etish zarur. Bu
ma’lumotlar zararli odatlarni va rahbar yoki mutaxassis o‘z ishida
tatbiq etadigan va tez-tez takrorlanib turadigan kamchiliklarni
ham aniqlash imkonini beradi.
Rahbarlar va mutaxassislar ish tajribasida tez-tez uchrab
turadigan «vaqtni behuda sarflovchilar» ro‘yxati 3.3-jadvalda
keltiriladi. Bu yerda, shuningdek, ish vaqtining bekor sarf
bo‘lish sabablari va ulardan xalos bo‘lish uchun maslahatlar
184
ham beriladi. Biroq shuni esda tutish kerakki, «vaqtni behuda
sarflovchilar»ning hammasi bir xil bo‘ladi, ularga barham
berish yuzasidan qabul qilinadigan qarorlar har bir rahbarda va
mutaxassisda turlicha bo‘lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |