Personalni


Kadrlar bilan ishlashning psixologik



Download 1,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet158/230
Sana14.01.2022
Hajmi1,61 Mb.
#363067
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   230
Bog'liq
personalni boshqarish

3.2. Kadrlar bilan ishlashning psixologik
 
pedagogik va sotsiologik asoslari
Personalni boshqarishning zarur obyekti 
— korxona va 
tashkilotning ijtimoiy muhitini rivojlantirishdir. Bu muhitni turli 
demografik va kasb-malaka belgilariga ega bo‘lgan personalning 
o‘zi, korxona va tashkilotning 
ijtimoiy infratuzilmasi va xodimlar 
mehnat faoliyati sifatini 
ma’lum darajada belgilab beradigan 
jihatlarning hammasi, ya’ni ularning shaxsiy ehtiyojlarini 
mazkur korxona va tashkilotdagi mehnat vositasi orqali qondirish 
darajasi hosil qiladi.
Ijtimoiy muhit korxona va tashkilot faoliyati va iqtisodiy 
tomonlari bilan uzviy ravishda bog‘liq bo‘lib, ular bilan 
birgalikda bir butunlikni tashkil etadi. Ma’lumki, har qanday 
korxona va tashkilotning muvaffaqiyatli ishlashi hamisha jamiyat 
taraqqiyotining hozirgi bosqichida bu korxona va tashkilotda 
ishlayotganlarning birgalikdagi faoliyati yuqori darajada 
samarali bo‘lishiga, ularning malakasiga, kasb tayyorgarligi va 
ma’lumot darajasiga, kishilarning mehnat va turmush sharoitiga, 
moddiy va ma’naviy ehtiyojlarni qondirishga qanchalik qulaylik 
tug‘dirayotganiga bog‘liq bo‘ladi.
Korxona va tashkilotning ijtimoiy rivojlanishi uning ijtimoiy 
muhitidagi ijobiy tomonga bo‘lgan o‘zgarishlarni anglatadi. 
Bu muhitga korxona va tashkilot xodimlari mehnat qiladigan
oila a’zolari bilan birgalikda yashaydigan moddiy, ijtimoiy va 
ma’naviy-axloqiy shart-sharoitlar kiradi. Bu muhitda jamoa 
tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar taqsimlanadi va 
iste’mol qilinadi, kishilar o‘rtasida obyektiv aloqalar vujudga 
keladi, ular o‘rtasida o‘zbek xalqiga mos bo‘lgan ma’naviy-
axloqiy qadriyatlar namoyon bo‘ladi. Shunga muvofiq korxona 


188
va tashkilotlarda ijtimoiy rivojlanish, birinchi navbatda, 
quyid
agilarga qaratilishi kerak:
— 
personalning ijtimoiy tuzilishini takomillashtirish, uning 
demografik va kasb-malaka tarkibini yaxshilash, jumladan, 
xodimlar sonini tartibga solish, ularning umumta’lim va 
madaniy-texnik saviyasini oshirish;ishlab chiqarish jarayonida 
ergonomik, sanitariya gigiyena va boshqa shart-sharoitlarni, 
xodimlar mehnatini muhofaza qilish va ularning xavfsizligini 
ta’minlash;
— 
samarali mehnatni, ishga bo‘lgan tashabbuskorlik — 
ijodiy munosabatni, hamkorlikdagi guruhiy va yakka tartibdagi 
mehnat natijalari uchun bo‘lgan javobgarlikni moddiy va 
ma’naviy rag‘batlantirishni tashkil etish;
— 
jamoada sog‘lom ijtimoiy-psixologik vaziyatni, shaxslar-
aro va guruhlararo eng maqbul aloqalarni vujudga keltirish va 
qo‘llab quvvatlash;
— 
xodimlarning batartib va do‘stona ishlashiga, har bir 
shaxsning aqliy va axloqiy potensialini (salohiyatini) ochib 
berishga, birgalikda amalga oshiriladigan mehnatda qoniqish 
hosil qilish muhitini yaratish;
— xodimlarning ijtimoiy sug‘urtalanishini, ularning ijtimoiy 
kafolatlari va fuqarolik huquqlariga rioya qilinishini ta’minlash;
— har bir xodim va ularning oilalarida turmush darajasini 
ta’minlash, uy-joy va maishiy shinamlikka, oziq-ovqat mahsu-
lot lariga, sanoat mollari va xilma-xil xizmatlarga bo‘lgan ehti-
yoj larini qondirish, dam olish vaqtidan unumli foydalanish im-
ko nini yaratish va hokazolar.

Download 1,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   230




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish