Personalni boshqarish


Kadrlar boshqaruvini hujjatlar bilan ta’minlash



Download 112,83 Kb.
bet5/11
Sana21.04.2022
Hajmi112,83 Kb.
#569198
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Документ Microsoft Word (2)

Kadrlar boshqaruvini hujjatlar bilan ta’minlash

Boshqaruvni hujjatlar bilan ta’minlash - bu boshqaruv apparatining faoliyati bo’lib, u ulaming boshqaruv vazifalami amalga oshirish jarayonida hujjatlar bilan ishlashni tashkil etish va hujjatlashtirishni qamrab oladi. Butun kadrlami boshqarish jarayonining samaradorligi bevosita hujjatlarni qayta ishlashni to’g’ri tashkil etish va eng to’liq holda mexanizastiyalash va avtomatlashtirish jarayonlari bilan bog’liq.
Kadrlar xizmati faoliyatining asosi hisobni, hisobotni va tashkiliy- topshiriqli hujjatlarni yuritish hisoblanadi, ular esa o’z navbatida 3 ta asosiy hujjatlar guruhlarini o’z ichiga oladi:

  • tashkiliy (nizomlar, yo’riqnomalar, qoidalar, ustavlar);

  • topshiriqlar (buyruqlar, farmoyishlar, qarorlar, ko’rsatmalar, tavsiyalar);

  • ma’lumot-axborot hujjatlari (xatlar, hisobotlar, dalolatnomalar, bayonnomalar, tahliliy material va ma’ruzalar, ro’yxatlar, ma’lumotnomalar va boshqalar).

Korxona (tashkilot)da kadrlar hisobini yuritish bo’yicha birlamchi hujjatlar ishga qabul qilish, ishdan bo’shatish va boshqa joyga o’tkazish to’g’risida bo’yruqlar (farmoyishlar), ta’tillar berish to’g’risida yozishmalar hisoblanadi, ular asosida hisob yuritish hujjatlarida (shaxsiy kartochkalar, mehnat daftarchalar va boshqalarda) tegishli yozuvlar qayd etiladi. Shaxsiy kartochkalar kadrlar bo’limi tomonidan ishga doimiy, vaqtinchalik va mavsumiy holda qabul qilingan barcha xodimlar bo’yicha to’ldiriladi. Shaxsiy kartochkalarda xodimning mehnat faoliyatidagi keyingi o’zgarishlari to’g’risida tegishli yozuvlar qayd etiladi, ular bilan tanishib olgandan keyin o’z imzosini qo’yadi.
Oliy ma’lumotli mutaxassislarga shaxsiy kartochkalardan tashqari hisobga olish kartochkasi ham to’ldiriladi. To’ldirilgan hisobga olish kartochkani ishga qabul qilinadigan xodim imzolaydi va uni kadrlar bo’limi boshlig’i tasdiqlaydi.
Xodimlaming shaxsiy kartochkalari korxona tarkibiy bo’linmalari bo’yicha alfavit tartibida joylashtiriladi. Ular tashkilotning shaxsiy tarkibining kartotekasini tashkil etadi. Shaxsiy kartochkalarda ishchilar va xizmatchilar soni statistikasi bo’yicha namunaviy va tarmoq yo’riqnomalariga muvofiq holda ishchilaming soni, tarkibi va o’zgarishlar to’g’risidagi ma’lumotlar hisobi yuritiladi. Yirik korxonalarda kartoteka yordamida ishlami osonlashtirish uchun har bir xodim uchun qo’shimcha alfavit kartochkasi yuritiladi. Ushbu kartochkalaming kartotekasi butun korxona (tashkilot) miqyosida yuritiladi, unda kartochkalar alfavit tartibida joylashtiriladi va quyidagi ma’lumotlami o’z ichiga oladi:

  • familiya, ismi, sharifi, stex, bo’lim;

  • egallayotgan lavozimi;

  • shaxsiy ish raqarni va tabel raqami.

Xodimlaming shaxsiy kartochkalari ular ishdan bo’shatilgandan keyin korxonada kadrlar bo’limida 2 yil, so’ng korxona arxivida yana 33 yil davomida saqlanib turiladi. Rahbar, mutaxassis hamda moddiy javobgar shaxslar uchun shaxsiy va hisobga olish kartochkalaridan tashqari kadrlar bo’limida shaxsiy ishlar yuritilib, ular ulaming biografik, mehnat va shaxsiy qobiliyatlarini tavsiflovchi turli xil hujjatlar to’plamini o’zida namoyon etadi. Ularga quyidagi hujjatlar kiradi: hujjatlaming ro’yxati, kadrlami hisobga olish bo’yieha shaxsiy varaqa, kadrlami hisobga olish bo’yieha shaxsiy varaqaga qo’shimcha, tarjimai hoi, ma’lumoti bo’yieha hujjatlaming nusxalari, ishga qabul qilish to’g’risida ariza, lavozimga tayinlash yoki tasdiqlash uchun tavsiyalar nusxalari, mutaxassislar tanlovi natijalari bo’yieha materiallar va rahbarlarni saylash hujjatlarining nusxalari, tavsifnomalar (taqrizlari), attestastion varaqlar, rag’batlantirish va jazolash to’g’risidagi bo’yruqlar nusxalari hamda xodimni tavsiflovchi boshqa hujjatlar nusxalari.

Download 112,83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish