Pensiya ishi darslik i-qism toshkent-2020 Rustamov D. R., Tursunov J. P., Beknazarov Z. E


Bolalikdan nogironlarga va o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan OIV infeksiyasiga chalingan shaxslarga nafaqalar, ularni tayinlash va to‘lash tartibi



Download 2,13 Mb.
bet100/154
Sana18.02.2022
Hajmi2,13 Mb.
#451241
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   154
Bog'liq
Pensiya-ta minoti

18.2. Bolalikdan nogironlarga va o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan OIV infeksiyasiga chalingan shaxslarga nafaqalar, ularni tayinlash va to‘lash tartibi
Mamlakatimizda bolalikdan nogironlarga va o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan OIV infektsiyasiga chalingan shaxslarga nafaqalar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 7 apreldagi “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga hamda O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash haqida”gi 107-sonli qarori asosida tasdiqlangan “Bolalikdan nogironlarga va o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan OIV infektsiyasiga chalingan shaxslarga nafaqalar tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risida”gi Nizom asosida tayinlanadi va to‘lanadi.
Ushbu Nizom 16 yoshdan katta bolalikdan nogironlarga, 16 yoshgacha nogiron bolalarga va o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan OIV infektsiyasiga chalingan shaxslarga har oylik nafaqalar tayinlash va to‘lash tartibini belgilaydi.
Nafaqa O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga, shuningdek O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashaydigan xorijiy fuqarolarga va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga beriladi.
Nafaqa olish huquqiga tibbiy-mehnat ekspert komissiyalari (TMEK) tomonidan bolalikdan I guruh nogironlari, bolalikdan II guruh nogironlari deb e’tirof etilgan 16 yoshdan katta shaxslar, kasallikning bosqichidan qat’i nazar, o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan OIV infektsiyasiga chalingan shaxslar, shuningdek nafaqa olish huquqini beradigan tibbiy xulosa mavjud bo‘lgan taqdirda 16 yoshgacha nogiron bolalar egadirlar.
Nafaqa olish huquqiga ega bo‘lgan shaxslar nafaqa olish huquqi paydo bo‘lgandan so‘ng biror-bir muddat bilan cheklashsiz, istalgan vaqtda uning tayinlanishi uchun murojaat qilishlari mumkin.
Nafaqa qonun hujjatlarida belgilangan miqdorda tayinlanadi. Bunda o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan OIV infektsiyasiga chalingan shaxslarga nafaqa qonun hujjatlarida bolalikdan nogironlar uchun belgilangan miqdorda tayinlanadi.
Nafaqani tayinlash va to‘lash O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘limlari tomonidan amalga oshiriladi.
Nafaqa tayinlash to‘g‘risidagi ariza:
OIV infektsiyasiga chalingan shaxs va 16 yoshdan katta bolalikdan nogiron tomonidan;
OIV infektsiyasiga chalingan shaxsning va muomalaga layoqatsiz deb e’tirof etilgan 16 yoshdan katta bolalikdan nogironning ota-onasi, farzandlikka oluvchisi, vasiysi yoki homiysi tomonidan; nogiron bolaning, shuningdek 16 yoshga to‘lmagan OIV infektsiyasiga chalingan shaxsning ota-onasi, farzandlikka oluvchisi, vasiysi yoki homiysi tomonidan yashash joyi bo‘yicha Pensiya jamg‘armasi bo‘limiga beriladi.
Arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi: a) 16 yoshdan katta bolalikdan nogiron tomonidan – pasportining nusxasi; 16 yoshdan katta OIV infektsiyasiga chalingan shaxs tomonidan – pasportining nusxasi va sog‘liqni saqlash muassasalari tomonidan belgilangan tartibda beriladigan tibbiy xulosa; b) muomalaga layotqatsiz deb e’tirof etilgan 16 yoshdan katta bolalikdan nogironning va OIV infektsiyasiga chalingan shaxsning otaonasi, farzandlikka oluvchisi, vasiysi yoki homiysi tomonidan – muomalaga layoqatsiz deb e’tirof etilgan 16 yoshdan katta bolalikdan nogironning va 16 yoshdan katta OIV infektsiyasiga chalingan shaxsning pasporti nusxasi, ariza bergan ota-ona, farzandlikka oluvchi, vasiy yoki homiyning pasporti nusxasi; v) nogiron bolaning, shuningdek 16 yoshga to‘lmagan OIV infektsiyasiga chalingan shaxsning ota-onasi, farzandlikka oluvchisi, vasiysi yoki homiysi tomonidan – nogiron bola, shuningdek 16 yoshga to‘lmagan OIV infektsiyasiga chalingan shaxsning tug‘ilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma nusxasi, sog‘liqni saqlash muassasalari tomonidan belgilangan tartibda beriladigan tibbiy xulosa, ariza bergan ota-ona, farzandlikka oluvchi, vasiy yoki homiyning pasporti nusxasi;
Farzandlikka oluvchi, vasiy yoki homiy tomonidan ariza bilan murojaat qilinganda tuman (shahar) hokimining farzandlikka olish, vasiylik yoki homiylikni belgilash to‘g‘risidagi qarorining nusxasi ham taqdim etiladi.
Pensiya jamg‘armasi bo‘limi arizaga Pensiya jamg‘armasi bo‘limi tomonidan tibbiy-mehnat ekspert komissiyasidan olingan 16 yoshdan katta bolalikdan nogironni tibbiy tekshirish dalolatnomasidan ko‘chirmani ilova qiladi. Arizani qabul qilib olgan Pensiya jamg‘armasi bo‘limi tomonidan ariza beruvchiga ariza qabul qilib olingan sana ko‘rsatilgan holda ariza va unga ilova qilingan hujjatlar qabul qilinganligi haqida tilxat beriladi. Ariza barcha zarur hujjatlar bilan birga tushgan kundan boshlab o‘n kundan ko‘p bo‘lmagan muddatda ko‘rib chiqiladi. Ariza barcha zarur hujjatlar bilan birga Pensiya jamg‘armasi bo‘limi tomonidan qabul qilib olingan kun nafaqa tayinlash uchun murojaat qilingan kun hisoblanadi. Agar ariza pochta orqali yuborilsa va bunda barcha zarur hujjatlar taqdim etilsa, u holda ariza jo‘natilgan joyning pochta shtempelida ko‘rsatilgan sana nafaqa tayinlash to‘g‘risida murojaat qilingan kun hisoblanadi. Arizaga barcha zarur hujjatlar ilova qilinmagan hollarda ariza beruvchiga uch kun muddatda qanday hujjatlarni qo‘shimcha ravishda taqdim etish zarurligi ma’lum qilinadi. Agar bu hujjatlar qo‘shimcha hujjatlarni taqdim etish zarurligi to‘g‘risida bildirishnoma olingan kundan boshlab uch oydan kechikmay taqdim etilsa, u holda ariza qabul qilib olingan kun nafaqa tayinlash to‘g‘risida murojaat qilingan kun hisoblanadi.
Nafaqa barcha zarur hujjatlar mavjud bo‘lgan taqdirda murojaat qilingan kundan boshlab tayinlanadi. 16 yoshdan katta bolalikdan nogironga nafaqa nogironlikning butun davriga tayinlanadi. Nogiron bolaga nafaqa tibbiy xulosa berilgan muddatga tayinlanadi. OIV infektsiyasiga chalingan shaxsga nafaqa u o‘n sakkiz yoshga to‘lgungacha bo‘lgan muddatga tayinlanadi.
Nafaqa tayinlash rad etilgan taqdirda Pensiya jamg‘armasi bo‘limi o‘n kundan ko‘p bo‘lmagan muddat mobaynida rad etish sababi va qabul qilingan qaror yuzasidan shikoyat qilish tartibini ko‘rsatib, ariza beruvchi tomonidan taqdim etilgan barcha hujjatlarning asl nusxalarini ilova qilgan holda bildirishnomani ariza beruvchining qo‘liga beradi yoki pochta orqali jo‘natadi.
Nafaqa tayinlash yoki nafaqa tayinlash rad etilishi to‘g‘risidagi qaror yuzasidan ariza beruvchi tomonidan bevosita sudga yoki Pensiya jamg‘armasi bo‘limining yuqori organiga shikoyat qilinishi mumkin. Ariza taqdim etilgan barcha hujjatlar bilan birgalikda nafaqa oluvchining alohida shaxsiy hujjatlar yig‘majildida saqlanadi.
Nafaqa Pensiya jamg‘armasi bo‘limi tomonidan 16 yoshdan katta OIV infektsiyasiga chalingan shaxsning va bolalikdan nogironning, nafaqa tayinlangan 16 yoshdan katta bolalikdan nogironning, nogiron bolaning yoki o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan OIV infektsiyasiga chalingan shaxsning ota-onasi, farzandlikka oluvchisi, vasiysi yoki homiysining yashash joyi bo‘yicha to‘lanadi. Nafaqa oluvchining doimiy propiskasi bo‘lmasa va u faqat vaqtincha propiska qilingan bo‘lsa (Toshkent shahrida va Toshkent viloyatida kelgan joyi bo‘yicha hisobga olingan bo‘lsa), nafaqa vaqtinchalik propiska (Toshkent shahrida va Toshkent viloyatida kelgan joyi bo‘yicha hisobga olish)ning amal qiladigan muddati mobaynida to‘lanadi. O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashaydigan xorijiy fuqaroga yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxsga nafaqa yashash hujjati amal qiladigan muddat davomida to‘lanadi.
Vaqtinchalik propiska (Toshkent shahrida va Toshkent viloyatida kelgan joyi bo‘yicha hisobga olish)ning yoki yashash uchun ruxsatnomaning amal qilish muddatining tugashi bilan vaqtinchalik propiska (Toshkent shahrida va Toshkent viloyatida kelgan joyi bo‘yicha hisobga olish)ning yoki yashash uchun ruxsatnomaning keyingi sanasi o‘rtasida uzilish mavjud bo‘lgan taqdirda Pensiya jamg‘armasi bo‘limi tomonidan nafaqani to‘lash vaqtinchalik propiska (Toshkent shahrida va Toshkent viloyatida kelgan joyi bo‘yicha hisobga olish)ning yoki yashash uchun ruxsatnomaning yangi sanasidan boshlab davom ettiriladi. Bunda nafaqani to‘lash nafaqa to‘lash to‘xtatilgan paytdan, biroq o‘n ikki oydan ortiq bo‘lmagan paytdan boshlab davom ettiriladi.
Nafaqalarni to‘lash har oyda Pensiya jamg‘armasi bo‘limlari tomonidan belgilangan muddatlarda, biroq joriy to‘lov oyidan kechikmay amalga oshiriladi. Nafaqalar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ishonchnoma bo‘yicha to‘lanishi mumkin.
Nafaqa oluvchi O‘zbekiston Respublikasi hududi doirasida doimiy yashash uchun boshqa tuman (shahar)ga ko‘chganda nafaqani to‘lash yangi yashash joyi bo‘yicha tegishli Pensiya jamg‘armasi bo‘limi tomonidan nafaqa oluvchining shaxsiy hujjatlar yig‘majildi olingandan keyin shu tuman (shahar)da davom ettiriladi. Bunday holda nafaqa to‘lash ilgarigi yashash joyi bo‘yicha nafaqa to‘lash to‘xtatilgan vaqtdan boshlab davom ettiriladi. Nafaqa oluvchilarni hisobdan chiqarish va yangi yashash joyida hisobga olish tartibi, shuningdek ularning yig‘ma jildlarini jo‘natish tartibi Moliya vazirligi tomonidan belgilanadi.
Ta’kidlash joizki, 16 yoshdan katta bolalikdan nogiron, nogiron bola yoxud o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan OIV infektsiyasiga chalingan shaxs doimiy yashash uchun O‘zbekiston Respublikasi tashqarisiga chiqib ketganda nafaqa to‘lash to‘xtatiladi. Nafaqa to‘lashning to‘xtatilishi yoki qayta tiklanishiga olib keladigan boshqa holatlar (nafaqa tayinlangan shaxslar to‘liq davlat ta’minotiga o‘tkazilganda yoki “Mehribonlik”, “Saxovat”, “Muruvvat” uylariga va shu kabilarga yuborilganligi yoki undan qaytib kelganligi sababli to‘liq davlat ta’minotidan chiqarilganda) paydo bo‘lganda nafaqa to‘lash tegishli holatlar paydo bo‘lgan oydan keyingi oyning birinchi kunidan boshlab to‘xtatiladi yoki tiklanadi.
16 yoshdan katta bolalikdan nogiron, nogiron bola yoki o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan OIV infektsiyasiga chalingan shaxs ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan taqdirda tayinlangan nafaqani to‘lash to‘xtatiladi va jazoni o‘tashdan ozod etilgandan keyin tiklanadi. Oluvchi tomonidan o‘z vaqtida talab qilib olinmagan hisoblangan nafaqa summasi uni olish uchun murojaat qilingandan oldingi o‘n ikki oydan ortiq bo‘lmagan muddat uchun bir yo‘la to‘lanadi.
Pensiya jamg‘armasi bo‘limining aybi bilan o‘z vaqtida olinmagan nafaqa summasi biror-bir muddat bilan cheklashsiz bir yo‘la to‘lanadi.
OIV infektsiyasiga chalingan shaxsga va 16 yoshdan katta bolalikdan nogironga tayinlangan nafaqa, unga uning haq to‘lanadigan ishni bajarishidan yoki boshqa turdagi daromadlar (stipendiyalar, alimentlar va shu kabilar) olishidan qat’i nazar, to‘lanadi. Nogiron bolaga, shuningdek 16 yoshga to‘lmagan OIV infektsiyasiga chalingan shaxsga tayinlangan nafaqa unga boshqa pensiyalar va nafaqalar, shu jumladan boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi yoki nafaqasi olishidan qat’i nazar, to‘lanadi.
Har xil nafaqalarning turlarini olish huquqiga ega bo‘lgan 16 yoshdan katta OIV infektsiyasiga chalingan shaxsga va bolalikdan nogironga uning tanlashi bo‘yicha nafaqaning bir turi tayinlanadi.
Nafaqaga yoki “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq davlat pensiyasining turlaridan biriga huquqi bo‘lgan OIV infektsiyasiga chalingan va 16 yoshdan katta bolalikdan nogironga uning o‘zi tanlagan nafaqa yoki davlat pensiyasining turlaridan biri tayinlanadi.
Tayinlangan nafaqa 16 yoshdan katta bolalikdan nogiron, nogiron bola yoxud o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan OIV infektsiyasiga chalingan shaxs to‘liq davlat ta’minotida bo‘lgan davr uchun to‘lanmaydi. Nafaqa miqdori o‘zgarishiga yoki uni to‘lash to‘xtatilishiga olib keladigan holatlar paydo bo‘lgan taqdirda nafaqa oluvchi o‘n kun muddatda bu haqda unga nafaqa to‘laydigan Pensiya jamg‘armasi bo‘limiga xabar qilishi kerak.
Nafaqa miqdori o‘zgargan taqdirda nafaqa qonun hujjatlariga muvofiq qayta hisoblab chiqiladi. OIV infektsiyasiga chalingan shaxsga yoki 16 yoshdan katta bolalikdan nogironga “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq davlat pensiyasining turlaridan biri tayinlanganda nafaqa to‘lash to‘xtatiladi, pensiya esa nafaqa oxirgi marta to‘langan oydan keyingi oyning birinchi kunidan boshlab to‘lanadi.
Nafaqalarni to‘lash, etkazib berish va qayta yuborish bo‘yicha xarajatlarni moliyalashtirish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasining respublika byudjeti mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi.
18.3. Pensiya tayinlash uchun zarur bo‘lgan ish stajiga ega bo‘lmagan qariyalarga va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga nafaqalar, ularni tayinlash va to‘lash tartibi. Yoshga doir, nogironlik va boquvchisini yo‘qotganlik nafaqalari.
Pensiya tayinlash uchun zarur bo‘lgan ish stajiga ega bo‘lmagan qariyalarga va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga nafaqalar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 7 apreldagi 107-sonli qarori asosida tasdiqlangan “Pensiya tayinlash uchun zarur bo‘lgan ish stajiga ega bo‘lmagan qariyalarga va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga nafaqalar tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risida”gi Nizom asosida amalga oshiriladi.
Nafaqa O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga, shuningdek O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashaydigan xorijiy fuqarolarga va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga beriladi. Nafaqa olish huquqiga ega bo‘lgan shaxslar nafaqa olish huquqi paydo bo‘lgandan so‘ng biror-bir muddat bilan cheklashsiz, istalgan vaqtda uning tayinlanishi uchun murojaat qilishlari mumkin.
“Pensiya tayinlash uchun zarur bo‘lgan ish stajiga ega bo‘lmagan qariyalarga va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga nafaqalar tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risida”gi Nizomga ko‘ra, ijtimoiy nafaqalarning quyidagi turlari mavjud:

Nafaqa qonun hujjatlarida belgilangan miqdorda tayinlanadi. Nafaqalarni tayinlash va to‘lash Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘limlari tomonidan amalga oshiriladi.
1. Yoshga doir nafaqa ish stajiga ega bo‘lmagan, “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 37-moddasida nazarda tutilgan 7 yildan kam ish staji mavjud bo‘lib, yoshga doir pensiya tayinlash uchun etarli ish stajiga ega bo‘lmagan shaxslarga tayinlanadi.
Yoshga doir nafaqa erkaklarga – 65 yoshga etganlarida va ayollarga – 60 yoshga etganlarida tayinlanadi.
Haq to‘lanadigan ish bajarayotgan yoki boshqa daromad manbaiga ega bo‘lgan (alimentlar yoki stipendiyalar olish bundan mustasno) shaxslarga yoshga doir nafaqa tayinlanmaydi.
Ish stajiga ega bo‘lmagan shaxsga yoshga doir nafaqa mehnatga layoqatli voyaga etgan farzandlari, qarindoshlari yoki O‘zbekiston Respublikasining Oila kodeksiga muvofiq ularni ta’minlashga majbur bo‘lgan boshqa shaxslar bo‘lmagan taqdirda tayinlanadi.
Pensiya jamg‘armasi bo‘limi tomonidan fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari bilan birgalikda o‘tkazilgan tekshirishda ish stajiga ega bo‘lmagan va yoshga doir nafaqa so‘rab murojaat etgan shaxsni ta’minlashga majbur bo‘lgan qarindoshlarining yoki boshqa shaxslarning moddiy nochorligi aniqlangan hollarda yoshga doir nafaqa yoshga doir nafaqa so‘rab murojaat qilgan shaxsga moddiy yordam bera olmaydigan qarindoshlar yoki boshqa shaxslar bor bo‘lgan taqdirda ham yoshga doir nafaqa tayinlanishi mumkin.

  1. Nogironlik nafaqalari nogironlik sodir bo‘lgan hollarda, yoshidan qat’i nazar, ish stajiga ega bo‘lmagan I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga tayinlanadi va to‘lanadi. Mehnat faoliyatiga layoqati cheklanganligi darajasini aniqlash uchun tibbiy tekshirish (mehnatga layoqati doimiy yoki uzoq muddat yo‘qotilganda) Pensiya jamg‘armasi bo‘limlari yo‘llanmalari bo‘yicha tibbiy-mehnat ekspert komissiyalari (TMEK) tomonidan amalga oshiriladi. Qabul qilingan xulosa asosida TMEK etti kun muddatda tibbiy tekshirish dalolatnomasidan ko‘chirmani Pensiya jamg‘armasi bo‘limiga yuboradi. Ishlayotgan yoki hayot kechirishning boshqa manbalariga (alimentlar yoki stipendiyalar olish bundan mustasno) ega bo‘lgan I guruh nogironlarga va II guruh nogironlarga nafaqa tayinlanmaydi.

Nogironlik nafaqasi mehnatga layoqat yo‘qotilishining butun davri uchun tayinlanadi.

  1. Boquvchisini yo‘qotganlik nafaqasi. “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunibo‘yicha davlat pensiyasi olish huquqiga ega bo‘lmagan shaxsning qaramog‘ida bo‘lgan oilaning mehnatga layoqatli bo‘lmagan a’zolari boquvchisini yo‘qotganlik nafaqasi olish huquqiga egadirlar.

“Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida2gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 19-moddasida aytib o‘tilgan shaxslar oilaning mehnatga layoqatsiz a’zolari jumlasiga kiritiladilar.
Boquvchisini yo‘qotganlik nafaqasi vafot etganning oila a’zolariga vafot etgan fuqaro olgan yoki olish huquqiga ega bo‘lgan nafaqaga foiz nisbatida quyidagi miqdorlarda belgilanadi:

  • oilaning uch va undan ortiq mehnatga layoqatsiz a’zosiga – nafaqaning 100 foizi;

  • oilaning mehnatga layoqatsiz ikki a’zosiga – nafaqaning 75 foizi; – oilaning mehnatga layoqatsiz bir a’zosiga – nafaqaning 50 foizi.

Nafaqa olish huquqiga ega bo‘lmagan shaxs vafot etgan taqdirda vafot etganning oila a’zolariga nafaqa tegishli tartibda belgilanadi. Bunda boquvchisini yo‘qotganlik nafaqasi miqdori pensiya tayinlash uchun zarur bo‘lgan ish stajiga ega bo‘lmagan qariyalar va mehnatga layoqatsiz fuqarolarning nafaqasi miqdoridan kelib chiqqan holda belgilanadi.
Boquvchisini yo‘qotganlik nafaqasini olish huquqiga ega bo‘lgan oila a’zolarining barchasiga ushbu Nizomda belgilangan miqdorda bitta umumiy nafaqa tayinlanadi. Oila a’zosining talabiga ko‘ra uning nafaqadagi ulushi ajratiladi va unga alohida to‘lanadi. Bunda tayinlangan nafaqaning umumiy miqdori oluvchilarning umumiy soniga bo‘linadi. Boshqa tumanda (shaharda) yashaydigan oila a’zosi o‘ziga nafaqa ulushini tayinlash yoki ajratish to‘g‘risidagi ariza bilan murojaat qilganda, murojaat qilganning yashash joyi bo‘yicha Pensiya jamg‘armasi bo‘limi oilaning barcha a’zolariga hujjatlarni rasmiylashtiradigan yoki ushbu oilaning amaldagi hujjatlar yig‘majildi turgan Pensiya jamg‘armasi bo‘limiga tegishli xabarnomani yuboradi. Xabarnomaga ariza va yangidan murojaat qilgan oila a’zosining nafaqa olish huquqini tasdiqlaydigan hujjatlar ilova qilinadi. Ushbu holatda nafaqa boquvchisini yo‘qotganlik nafaqasidan ulush ajratib berish to‘g‘risida murojaat qilingan oydan keyingi oyning birinchi kunidan boshlab tayinlanadi. Yig‘majildni rasmiylashtirishda barcha hollarda unga oila har bir a’zosining nafaqaga bo‘lgan huquqini tasdiqlaydigan barcha hujjatlar tikib qo‘yiladi.
Nafaqa tayinlash to‘g‘risidagi ariza ariza beruvchining yashash joyi bo‘yicha Pensiya jamg‘armasi bo‘limiga beriladi. Arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilingan bo‘lishi kerak:

  • ariza beruvchining yoshini tasdiqlaydigan hujjat (pasport yoki tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma nusxasi);

  • ish stajiga ega bo‘lmagan shaxsga yoshga doir nafaqa tayinlashda – ariza beruvchining yashash joyidagi fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organidan berilgan ma’lumotnoma, unda ariza beruvchining barcha oila a’zolarining, shu jumladan alohida yashaydigan voyaga etgan mehnatga layoqatli a’zolari (yoki ularning yo‘qligi), ularning familiyasi, ismi va otasining ismi, tug‘ilgan yillari, qarindoshlik darajasi, ariza beruvchi oilasi har bir a’zosining turmush kechirish manbalari ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak;

  • yoshga doir nafaqa tayinlash uchun etarli ish stajiga ega bo‘lmagan shaxslar uchun yoshga doir nafaqa tayinlashda, “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida2gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 37moddasi birinchi qismining “a”, “b”, “v” va “g” bandlarida nazarda tutilgan

7 yildan kam ish stajiga ega bo‘lganda – mehnat daftarchasi;
– boquvchisini yo‘qotganlik nafaqasi tayinlashda — boquvchining vafot etganligi to‘g‘risidagi guvohnoma va boquvchisini yo‘qotgan taqdirda nafaqa olish huquqiga ega bo‘lgan oila a’zolarining tug‘ilganligi to‘g‘risidagi hujjatlar (pasport va/yoki tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma) nusxalari.
Pensiya jamg‘armasi bo‘limi arizaga: nogironlik nafaqasi tayinlashda yoshidan qat’i nazar, ish stajiga ega bo‘lmagan I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarni, boquvchisini yo‘qotganlik nafaqasini tayinlashda – yoshidan qat’i nazar, ish stajiga ega bo‘lmagan I va II guruh nogironligi bo‘lgan vafot etgan shaxsni Pensiya jamg‘armasi bo‘limi tomonidan tibbiymehnat ekspert komissiyasidan olingan tibbiy tekshirish dalolatnomasidan ko‘chirmani ilova qiladi.
Ish stajiga ega bo‘lmagan shaxsga yoshga doir nafaqa tayinlash to‘g‘risidagi arizada mehnatga layoqatli farzandlarining, qarindoshlarining yoki O‘zbekiston Respublikasining Oila kodeksigamuvofiq ularni ta’minlashi shart bo‘lgan boshqa shaxslarning borligi va ariza beruvchining jami daromadi to‘g‘risidagi ma’lumotlar majburiy tartibda ko‘rsatilishi zarur. Arizani qabul qilgan Pensiya jamg‘armasi bo‘limi tomonidan ariza beruvchiga ariza qabul qilingan sana ko‘rsatilgan holda ariza va unga ilova qilingan hujjatlar qabul qilinganligi to‘g‘risida tilxat beriladi. Ariza barcha zarur hujjatlar bilan tushgan kundan boshlab o‘n kundan ortiq bo‘lmagan muddatda ko‘rib chiqiladi.
Pensiya jamg‘armasi bo‘limi tomonidan ariza barcha zarur hujjatlar bilan birga qabul qilingan kun nafaqa tayinlash uchun murojaat qilingan kun hisoblanadi.
Nafaqa barcha zarur hujjatlar mavjud bo‘lgan taqdirda murojaat qilingan kundan boshlab tayinlanadi. Nafaqa tayinlash rad etilgan taqdirda Pensiya jamg‘armasi bo‘limi o‘n kundan ortiq bo‘lmagan muddatda rad etish sababi va qabul qilingan qaror yuzasidan shikoyat qilish tartibini ko‘rsatib, ariza beruvchi tomonidan taqdim etilgan barcha hujjatlarning asl nusxalarini ilova qilgan holda bildirishnomani ariza beruvchining qo‘liga beradi yoki pochta orqali jo‘natadi.
Nafaqa tayinlash yoki nafaqa tayinlashni rad etish to‘g‘risidagi qaror yuzasidan ariza beruvchi tomonidan bevosita sudga yoki Pensiya jamg‘armasi bo‘limining yuqori organiga shikoyat qilinishi mumkin. Ariza taqdim etilgan barcha hujjatlar bilan birga va nafaqa tayinlash to‘g‘risidagi qaror nafaqa oluvchining alohida shaxsiy hujjatlar yig‘majildida saqlanadi.
Nafaqalarni to‘lash har oyda, Pensiya jamg‘armasi bo‘limlari tomonidan belgilangan muddatlarda, biroq joriy to‘lov oyidan kechikmay amalga oshiriladi. Nafaqalar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ishonchnoma bo‘yicha to‘lanishi mumkin.
Agar nafaqa oluvchi ozodlikdan mahrum etishga hukm etilgan taqdirda tayinlangan nafaqani to‘lash to‘xtatiladi va jazodan ozod etilgandan keyin tiklanadi.
Qayd etish joizki, nafaqa oluvchi tomonidan o‘z vaqtida talab qilinmagan hisoblangan nafaqa summasi uni olish uchun murojaat qilishdan oldingi o‘n ikki oydan ortiq bo‘lmagan muddat uchun bir yo‘la to‘lanadi.
Pensiya jamg‘armasi bo‘limining aybi bilan o‘z vaqtida olinmagan nafaqa summasi biror-bir muddat bilan cheklashsiz bir yo‘la to‘lanadi.
Pensiya tayinlash uchun zarur bo‘lgan ish stajiga ega bo‘lmagan, nafaqalarning har xil turlarini olish huquqiga ega bo‘lgan qariyalarga va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga ularning tanlovi bo‘yicha nafaqalarning bir turi tayinlanadi.
To‘lanayotgan nafaqalar miqdorini o‘zgartirishga yoki nafaqa to‘lash to‘xtatilishiga sabab bo‘luvchi holatlar paydo bo‘lgan taqdirda, nafaqa oluvchi bu haqda o‘n kun muddatda unga nafaqa to‘laydigan Pensiya jamg‘armasi bo‘limiga xabar qilishi shart.
Shuni alohida ta’kidlash kerakki, I guruh nogironlarga va II guruh nogironlarga, yoshga doir yoki boquvchisini yo‘qotganlik nafaqasi tayinlangan nafaqa oluvchilarga, agar ular haq to‘lanadigan ishni bajarishi yoki daromadning boshqa manbaiga ega ekanliklari (alimentlar yoki stipendiyalar olish bundan mustasno) aniqlansa, nafaqa to‘lash to‘xtatiladi.
Nafaqalar oilaning boquvchisini yo‘qotganlik nafaqasi tayinlashda hisobga olinadigan son tarkibi o‘zgarganda, qonun hujjatlariga muvofiq nafaqa miqdori o‘zgarganda qayta hisoblab chiqiladi.
Boquvchisini yo‘qotganlik nafaqasini tayinlashda oilaning hisobga olinadigan son tarkibi o‘zgarganda, tayinlangan nafaqani qayta hisoblab chiqish ushbu holatlar boshlangan oydan keyingi oyning birinchi kunidan boshlab amalga oshiriladi.
Nafaqa oluvchiga “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunigamuvofiq davlat pensiyasi turlaridan biri tayinlanganda nafaqa to‘lash to‘xtatiladi, pensiya esa nafaqa oxirgi marta to‘langan oydan keyingi oyning birinchi kunidan boshlab to‘lanadi. Nafaqalarni to‘lash, etkazib berish va qayta yuborish bo‘yicha xarajatlar 2019 yil 1 yanvarga qadar byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi mablag‘lari hisobiga amalga oshirilar edi. 2019 yil 1 yanvardan boshlab, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 26 dekabrdagi “O‘zbekiston
Respublikasining 2019 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat byudjeti parametrlari hamda 2020-2021 yillarga byudjet mo‘ljallari to‘g‘risida”gi PQ-4086-sonli Qarori asosida ushbu xarajatlar Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshirilmoqda.

Download 2,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish