B
Bandlik – aholini ish bilan ta’minlash, mehnatga layoqatli aholining ijtimoiy foydali mehnat bilan mashg’ul bo’lishi;
Boquvchisini yo’qotganlik pensiyasi – Pensiya jamg’armasi mablag’i hisobidan har oyda beriladigan to’lovlardan iborat bo’lib, uning miqdori vafot etgan boquvchining ish haqiga, uning qaramog’ida bo’lib kelgan mehnatga qobiliyatsiz oila a’zolari soniga bog’liq. Vafot etgan boquvchining qaramog’ida bo’lgan mehnatga qobiliyatsiz oila a’zolari boquvchisini yo’qotganlik pensiyasi olish huquqiga ega bo’ladi. Bunda farzandlarga va qonunda belgilangan shaxslarga pensiya ular boquvchining qaramog’ida turgan-turmaganidan qat’iy nazar tayinlanadi;
Do'stlaringiz bilan baham: |