1-rasm. Ijtimoiy nafaqa oluvchilar soni
Rasm ma’lumotlaridan ko‘rinadiki, 2017 yilda ijtimoiy nafaqa oluvchilar soni 289132 nafarni tashkil qilib, 2010 yilga nisbatan 1,3 martaga oshgan. 2017 yilda ijtimoiy nafaqalarning asosiy ulushini (49%) 16 yoshdan katta 1-2-guruh nogironlari hamda (32%) 16 yoshgacha bo‘lgan nogiron bollar tashkil qilgan. Bunday holat aholi daromadlari va turmush darajasini oshirish, aholining ijtimoiy zaif qatlamlarini davlat tomonidan qo‘llabquvvatlanishini kuchaytirish, shuningdek, mehnatiga kam haq to‘lanadigan xodimlar ish haqi miqdorini jadal ravishda oshirishni ta’minlashga yo‘naltirilganligini ko‘rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |