Pensiya ishi darslik i-qism toshkent-2020 Rustamov D. R., Tursunov J. P., Beknazarov Z. E


-rasm. Ichki ishlar organlari xodimlari yoki ularning oila a’zolari uchun pensiya va nafaqaning turlari



Download 2,13 Mb.
bet102/154
Sana18.02.2022
Hajmi2,13 Mb.
#451241
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   154
Bog'liq
Pensiya-ta minoti

18.1-rasm. Ichki ishlar organlari xodimlari yoki ularning oila a’zolari uchun pensiya va nafaqaning turlari
Xizmatdan pensiyaga chiqish munosabati bilan bo‘shatilayotgan xodimlarga va ichki ishlar organi pensioneri vafot etganligi munosabati bilan dafn etish marosimi uchun uning oila a’zolariga beriladigan nafaqalar bir marta tayinlanadi.
Ichki ishlar organlari xodimlariga pensiya va nafaqa to‘lovlari O‘zbekiston Respublikasi respublika byudjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
Xizmatdan pensiyaga chiqish munosabati bilan bo‘shatilgan xodimga pensiya tayinlash uchun zarur bo‘lgan hujjatlar ichki ishlar organlarining kadrlar (bosh) boshqarmalari tomonidan qabul qilinadi.
Pensiya tayinlash uchun quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:

  1. pensiya olish huquqini beradigan xizmat muddatini o‘taganligi bo‘yicha pensiya tayinlash uchun maxsus shakldagi ariza, fuqarolik pasportining, nikoh tuzilganligi yoki bekor qilinganligi to‘g‘risidagi va voyaga etmagan farzandlarining tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomalarning nusxalari, xizmat yili hisobi, pul ta’minoti varaqasi, yashash joyi bo‘yicha Pensiya jamg‘armasi tuman (shahar) bo‘limlari tomonidan davlat pensiyalari tayinlanmaganligi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma;

  2. nogironlik pensiyasi tayinlash uchun mazkur bandning «a» kichik bandida nazarda tutilgan hujjatlar bilan birga kasallik tarixidan ko‘chirma va O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Tibbiy-mehnat ekspertiza komissiyasi (bundan buyon matnda TMEK deb yuritiladi) tomonidan nogironlikni belgilash to‘g‘risidagi ma’lumotnoma;

v) boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi tayinlash uchun maxsus
shakldagi ariza, boquvchisining vafot etganligi to‘g‘risida o‘lim guvohnomasi nusxasi, boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi tayinlanayotgan shaxsning fuqarolik pasporti, nikoh tuzilganligi yoki bekor qilinganligi to‘g‘risidagi va voyaga etmagan farzandlarining tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomalarining nusxalari, yashash joyi bo‘yicha Pensiya jamg‘armasi tuman (shahar) bo‘limlari tomonidan davlat pensiyalari yoki nafaqalari tayinlanmaganligi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma, xizmat vazifalarini bajarish paytida yaralanish, kontuziya olish, mayib bo‘lish va kasallanish tufayli o‘lim to‘g‘risida xulosa va xodimning vafot etganligi munosabati bilan ichki ishlar organlaridagi shaxsiy tarkib ro‘yxatidan chiqarilganligi to‘g‘risida buyruqdan ko‘chirma (zarur bo‘lganda), farzandlari nogironligini tasdiqlovchi TMEK ma’lumotnomasi (zarur bo‘lganda), chin etimlarga pensiya tayinlangan holatlarda mahalliy davlat hokimiyati organlarining vasiylik yoki homiylikni tayinlash to‘g‘risidagi qarori nusxasi, TMEK tomonidan nogironlik belgilanganligi to‘g‘risida ma’lumotnoma (turmush o‘rtog‘i, ota-onasiga pensiya tayinlanganda), pul ta’minoti varaqasi.
Ichki ishlar organi pensioneri vafot etganligi munosabati bilan dafn etish marosimi uchun uning oila a’zolariga nafaqa tayinlash uchun quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:

  • nafaqa tayinlash to‘g‘risida ariza (ixtiyoriy shaklda);

  • murojaat etgan shaxsning fuqarolik pasporti nusxasi;

  • boquvchisining vafot etganligi to‘g‘risida o‘lim guvohnomasi nusxasi;

  • nafaqa uchun oila a’zosi murojaat etmagan holatlarda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi tomonidan dafn marosimini o‘tkazgan shaxs to‘g‘risidagi ma’lumotnoma.

Ichki ishlar organlarining kadrlar (bosh) boshqarmasi mas’ul xodimi tomonidan xodimning xizmatni o‘taganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar pensiya tayinlash uchun arizachi tomonidan taqdim etilgan hujjatlar asosida tekshiriladi hamda kalendar va imtiyozli hisobga olinadigan davrlari, umumiy xizmat yili hisoblab chiqiladi va belgilangan tartibda tasdiqlanadi, shuningdek hisoblangan xizmat yillari ichki ishlar organlarining moliyaviy ta’minot xizmatlari bilan kelishiladi.
Ichki ishlar organlarining kadrlar (bosh) boshqarmasi tomonidan pensiya yoki nafaqa tayinlash bo‘yicha to‘plangan hujjatlar ichki ishlar organlarining moliyaviy ta’minot xizmatlariga taqdim etiladi. Taqdim etilgan hujjatlar asosida ichki ishlar organlarining moliyaviy ta’minot xizmatlari tomonidan pensiya tayinlash to‘g‘risida mazkur Yo‘riqnomaning 2-ilovasiga muvofiq shaklda xulosa tayyorlanadi.
Pensiya tayinlash to‘g‘risidagi xulosa ichki ishlar organi rahbari, uning o‘rinbosari yoki vakolat berilgan mas’ul xodim tomonidan tasdiqlanadi. Xulosa xizmat muddatini o‘taganligi, nogironlik hamda boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasini tayinlash uchun asos bo‘ladi.
Pensionerning doimiy yashash joyi o‘zgarganda, uning arizasiga muvofiq, pensiyaga oid hujjatlar yig‘majildi yangi yashash joyi bo‘yicha tegishli ichki ishlar organlarining moliyaviy ta’minot xizmatlariga yuboriladi.
Ichki ishlar organlarining moliyaviy ta’minot xizmatlaridan kelib tushgan pensiyaga oid hujjatlar yig‘majildlari, pensiya to‘g‘ri tayinlanganligi tekshirilgandan so‘ng, Pensiyaga oid hujjatlar yig‘majildini qayd etish kitobiga yozib qo‘yiladi.
Ilgari to‘xtatilgan pensiya to‘lovlari tiklangan taqdirda pensiyaga oid hujjatlar yig‘majildlari unga yangi tartib raqam berish orqali Pensiyaga oid hujjatlar yig‘majildini qayd etish kitobiga tegishli yozuv kiritiladi.
Pensiyalar quyidagi muddatlarda tayinlanadi:

  • xizmat muddatini o‘taganligi bo‘yicha pensiya – xizmatdan bo‘shatilgan kundan e’tiboran, ammo pul ta’minoti to‘langan kundan ortiq bo‘lmagan muddatga qadar;

  • nogironlik pensiyasi – TMEK tomonidan nogironlik belgilangan kundan boshlab, agar nogironlik xizmatni o‘tash davrida yoki xizmatdan bo‘shatilgan kundan boshlab uch oy ichida belgilangan bo‘lsa yoki nogironlik ushbu muddatdan so‘ng belgilangan bo‘lsada, u xizmat vazifalarini bajarish paytida yaralanish, kontuziya, mayib bo‘lish va kasallanish tufayli kelib chiqqan bo‘lsa;

  • boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi – mehnatga layoqatsiz oila a’zolariga boquvchisi vafot etgan kundan boshlab, ammo pul ta’minoti yoki pensiya to‘langan kundan ortiq bo‘lmagan muddatga qadar, ota-onasi yoki turmush o‘rtog‘iga, boquvchisini yo‘qotganlik oqibatida pensiya olishga huquqi paydo bo‘lganda, pensiya tayinlash uchun murojaat etgan kundan boshlab.

Maxsus va harbiy unvonlardan mahrum qilingan shaxslar hamda ularning oila a’zolariga pensiyalar Pensiya jamg‘armasi tuman (shahar) bo‘limlari tomonidan belgilangan tartibda tayinlanadi.
Pensioner hisoblab chiqilgan umumiy xizmat yili va pensiya miqdoridan norozi bo‘lgan taqdirda, uning arizasiga asosan, uning umumiy xizmat yili va pensiya miqdori qayta hisoblab berilishi mumkin.
Dafn marosimi uchun nafaqa tayinlashda arizachi tomonidan taqdim etilgan hujjatlar ichki ishlar organlarining moliyaviy ta’minot xizmatlari pensiya ta’minoti bo‘limi xodimi tomonidan belgilangan tartibda o‘rganib chiqiladi va nafaqa to‘lovi amalga oshiriladi. Pensioner vafot etgan taqdirda uning oila a’zolariga yoki pensionerning dafn marosimini o‘tkazgan shaxsga vafot etgan kundagi ikki oylik pensiyasi miqdorida dafn marosimi uchun nafaqa tayinlanadi.
Pensiya va nafaqa doimiy yashash joyi bo‘yicha ichki ishlar organlari moliyaviy ta’minot xizmatlarining pensiya ta’minoti bo‘limlari tomonidan to‘lanadi. Pensiya va nafaqa bank plastik kartochkalari yoki omonat hisob raqamlariga o‘tkazilgan holatlarda, pensioner pensiya olish joyi bo‘yicha ichki ishlar organlarining moliyaviy ta’minot xizmatlariga ariza bilan murojaat etadi va unga bank plastik kartochkasi yoki omonat hisob raqamining ochilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma, tijorat banklari va mijoz o‘rtasida tuzilgan shartnoma nusxalari ilova qilinadi.
Ichki ishlar organlari xodimlarining pensiya va nafaqa to‘lovlari uchun naqd pul mablag‘lari Markaziy bankning hududiy Bosh boshqarmalari va tijorat banklari tomonidan ta’minlanadi.
Dafn marosimi uchun nafaqa to‘lovi pensioner vafot etgan kunidan boshlab olti oy muddat ichida tegishli hujjatlarni taqdim qilgan shaxsga to‘lanadi.
Xizmatdan pensiyaga chiqish munosabati bilan bo‘shatilayotgan xodimlarga bir marta to‘lanadigan nafaqa puli tegishli xulosa asosida xodimning oxirgi ish joyidan to‘lanadi. Tugallanmagan oy uchun to‘lanishi lozim bo‘lgan pensiya miqdori jami pensiya miqdorini shu oyning kalendar kunlar soniga bo‘lish hamda hosil bo‘lgan summani o‘tgan kunlar soniga ko‘paytirish orqali aniqlanadi.

Download 2,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish