Pensiya ishi darslik i-qism toshkent-2020 Rustamov D. R., Tursunov J. P., Beknazarov Z. E


Fanning oldida turgan dolzarb muammolar



Download 2,13 Mb.
bet10/154
Sana18.02.2022
Hajmi2,13 Mb.
#451241
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   154
Bog'liq
Pensiya-ta minoti

1.4. Fanning oldida turgan dolzarb muammolar
Istiqlolning dastlabki yillaridan boshlab davlat pensiya ta’minoti tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida bir qancha ijobiy o‘zgarishlarga erishildi. Jumladan:

    • pensiya ta’minoti tizimini tartibga solishning normativ-huquqiy bazasi shakllantirildi va takomillashtirilib borilmoqda;

    • byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining tashkiliy tuzilmasi

takomillashtirildi;

    • pensiya ta’minotida majburiy (avlodlar birdamligi va jamg‘arib boriladigan pensiyalar) va ixtiyoriy tizimni qamrab oluvchi ko‘p darajali tizim yaratildi va faoliyat yuritmoqda;

    • omonatchilarning jamg‘arilgan pensiya mablag‘lari saqlanishini davlat tomonidan kafolatlash joriy qilindi;

    • pensiya ta’minoti tizimida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari joriy qilindi va shu asosda turli muassasalar bilan axborot almashinuvi yo‘lga qo‘yildi;

    • ayrim toifadagi fuqarolarni manzilli ijtimoiy himoya qilish va moddiy qo‘llab-quvvatlash tizimi kuchaytirildi;

    • mehnat sharoitlari og‘ir va zararli ishlarda band bo‘lgan xodimlar uchun imtiyozli shartlaridagi pensiyalar joriy qilindi;

    • iste’mol tovarlari va xizmatlar narxining o‘sib borishiga muvofiq davlat tomonidan fuqarolarning pensiya va ijtimoiy nafaqa miqdorlari oshirib borildi, shu orqali ularning mablag‘lari inflyatsiyadan himoya qilinib, xarid qobiliyati va o‘rtacha real daromadi saqlab qolindi;

    • O‘zbekiston Respublikasining soliq siyosatini takomillashtirish kontseptsiyasi asosida fuqarolarning mehnatga haq to‘lash turidagi daromadlari optimallashtirildi;

    • mamlakatda o‘rtacha pensiya miqdorining o‘rtacha ish haqiga nisbati 42,9 foizni tashkil etishiga erishildi. Xalqaro mehnat tashkilotining tavsiyasiga ko‘ra, bu ko‘rsatkich 40 foizdan kam bo‘lmasligi zarur.

Biroq, statistik tahlillar natijasi, xalqaro tashkilotlar va ekspertlar, etakchi olimlarining fikr-mulohazalari, fuqarolarning murojaatlari, pensiya ta’minoti tizimidagi asosiy tendentsiyalar va tajribalar hamda milliy pensiya tizimining xorijiy va Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi mamlakatlari pensiya tizimi va islohotlari bilan qiyosiy tahlili shuni ko‘rsatadiki, davlat pensiya ta’minoti tizimida hal etilishi zarur bo‘lgan muammolar mavjud.
Yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan nomuvofiqliklarni bartaraf etish va mavjud muammolarni ijobiy hal etish, pensiya ta’minoti tizimini zamon talablariga moslashtirishni ta’minlash 2019-2030 yillarda O‘zbekiston Respublikasi pensiya tizimini isloh qilish Kontseptsiyasini ishlab chiqishni taqozo qiladi. Ushbu Kontseptsiyani ishlab chiqishning zarurligi quyidagi omillar bilan izohlanadi:

    • o‘tgan davr mobaynida pensiyaga chiqish yoshini belgilashda demografik o‘zgarishlarning e’tibordan chetda qolganligi;

    • aholining pensiya ta’minoti tizimidagi ishtirokining nisbatan past darajada ekanligi;

    • pensiya miqdori va xodimning mehnat davri davomiyligi o‘rtasidagi bog‘liqlikning kuchsizligi;

    • pensiya tayinlash mexanizmi va talablarining eskirganligi hamda pensiya tizimi islohotlarining demografik o‘zgarishlardan ortda qolayotganligi;

    • pensiyalarni hisoblab chiqarishda hanuzgacha samarasiz

imtiyozlarning amal qilayotganligi;

    • pensiya ta’minoti uchun davlat, ish beruvchilar va ishlovchilarning mas’uliyatini yanada kuchaytirishning zarurligi;

    • ishlovchilarning pensiya ta’minoti tizimidagi uzoq muddatli va uzluksiz ishtirokini rag‘batlantirish mexanizmlarining zaifligi;

    • pensiya to‘lovlarini moliyalashtirish manbalarini yanada diversifikatsiyalash hamda byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining moliyaviy mablag‘laridan foydalanishning samaradorligini oshirishning zarurligi;

    • va shu kabi boshqa omillar.

Yuqorida sanab o‘tilgan omillar aholini ijtimoiy himoya qilish tizimining pensiya ta’minoti sohasidagi asosiy yondashuvlarni qayta ko‘rib chiqishni, zamon talablariga moslashtirishni, xalqaro mezonlarga asosan takomillashtirishni taqozo etadi.
Shu munosabat bilan ishlab chiqilayotgan “2019-2030 yillarda
O‘zbekiston Respublikasi pensiya tizimini isloh qilish Kontseptsiya”si O‘zbekiston Respublikasida pensiya ta’minoti tizimidagi tarkibiy o‘zgarishlarga, asosiy tendentsiyalarga hamda pensiya tizimi taraqqiyotining jahon tajribalariga asoslangan bo‘lib, ushbu davrlarda pensiya ta’minoti bo‘yicha davlat siyosatini amalga oshirish mexanizmlarini, shuningdek, uning ustuvor yo‘nalishlarini belgilab beradi.
Davlat pensiya ta’minoti tizimida amalga oshirilgan ijobiy o‘zgarishlar bilan bir qatorda o‘z echimni kutayotgan muammolar ham mavjud.
1. Demografik omillarning pensiya ta’minoti tizimiga ta’siri:

  • O‘zbekiston aholisining 2018-2025 yillari uchun demografik prognozlariga ko‘ra, pensiya yoshidagi aholining ulushi (1,2 mln. kishiga) ko‘payishi kutilmoqda;

  • 2025 yilga borib, O‘zbekistonda aholining o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligi 75,5 yoshga etadi (2018-yilda 73 yosh), yoshga doir pensiyaga chiqish uchun murojaat qiluvchilarning yillik soni jami 300 ming nafarga ko‘payishi kutilmoqda (2017 yilda 206,2 ming nafar), jami aholi tarkibida pensiya yoshidagilarning ulushi 11 foizdan ortadi (2018 yilda 7,4 foiz).

Mazkur omillar pensiya ta’minoti tizimida xarajatlarning ortishiga olib keladi.
2. Ijtimoiy sug‘urta tizimini moliyalashtirishda aholining mutanosib ishtirokini ta’minlash zarurligi:

  • fuqarolarning ijtimoiy sug‘urta tizimida uzluksiz va uzoq muddatli ishtirokini rag‘batlantirish mexanizmlarining murakkabligi va shaffof emasligi;

  • mehnatga layoqatli aholining deyarli 60 foizi (tahminan 10,2 mln. kishi) pensiya ta’minoti tizimiga qamrab olinmaganligi, ularning aksariyatini norasmiy sektorda band bo‘lganlar va mehnat migrantlari tashkil etishi;

  • 2009-2017 yillar oralig‘ida pensionerlar sonining ishlovchi aholiga nisbati 61 foizdan 66 foizga o‘sganligi.

Ushbu omillar kelgusida o‘rta va uzoq muddatli istiqbolda pensiya ta’minoti tizimiga badal to‘lamagan fuqarolarning aksariyati pensiya olish huquqiga ega bo‘lmasligi holatini yuzaga keltiradi. Buning natijasida, birinchidan, byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining moliyaviy mablag‘larining kamayishiga, ikkinchidan, fuqarolarning keksayganda turmush farovonligining yomonlashuviga olib kelishi mumkin.
3. Moliyaviy mablag‘larni taqsimlashdagi samarasiz vositalar va ijtimoiy sug‘urtadagi rag‘batlantiruvchi mexanizmlarning zaifligi:

  • byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi mablag‘larining sezilarli qismi imtiyozli pensiyalarni moliyalashtirishga sarflanmoqda. 2017 yilda imtiyozli shartlarda tayinlangan pensiyalar ulushi 592,4 ming kishini yoki jami tayinlangan pensiyalarning 19,5 foizni tashkil etib, shundan, yoshga doir pensiyalar 23,7 foizni tashkil etgan. Yiliga o‘rta hisobda 39,8 mingta imtiyozli shartlardagi pensiyalar tayinlan-moqda. Shu bilan birga imtiyozli pensiyalarning o‘rtacha miqdori yoshga doir pensiyaning o‘rtacha miqdoridan yuqoridir;

  • pensiya miqdori va xodimning mehnat davomiyligi ulushi o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik ham sezilarsiz. Amaldagi pensiya ta’minoti tizimi, 7 yildan kam bo‘lmagan stajga ega bo‘lgan shaxslarga pensiya tayinlanishini nazarda tutadi. Ish stajiga nisbatan 7 yil davomiylikdagi minimal talabning mavjudligi fuqarolarning davlat ijtimoiy sug‘urta-sidagi ishtirokida salbiy ta’sir o‘tkazmoqda. Masalan, hozirgi vaqtda ish haqining o‘rtacha darajasida 30 yil ish stajiga (talab etilgan – 25 yil) ega bo‘lgan erkak kishining pensiya miqdori bilan 10 yillik ish stajiga ega bo‘lgan (minimal talab etilgan – 7 yil) erkak kishining pensiya miqdori o‘rtasidagi farq taxminan 200 ming so‘mni tashkil etadi;

  • ishlovchilarning ijtimoiy sug‘urtadagi uzoq muddat va uzluksiz ishtirokini rag‘batlantirishdagi zaif mexanizmlar, ularni, sug‘urta badallarini to‘lamaslikning yangi usullarini qidirishga majbur etadi.

Yuqoridagi holatlar O‘zbekiston Respublikasi pensiya tizimini isloh qilish Kontseptsiyasining ishlab chiqilishini taqozo etadi.

Download 2,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish