Pensiya ishi darslik i-qism toshkent-2020 Rustamov D. R., Tursunov J. P., Beknazarov Z. E


-BOB. PENSIYA TA’MINOTINING SHAKLLANISH VA RIVOJLANISH TARIXI



Download 2,13 Mb.
bet13/154
Sana18.02.2022
Hajmi2,13 Mb.
#451241
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   154
Bog'liq
Pensiya-ta minoti

2-BOB. PENSIYA TA’MINOTINING SHAKLLANISH VA RIVOJLANISH TARIXI
2.1. Jahon mamlakatlarida pensiya ta’minotining shakllanish tarixi. Jahondagi pensiya tizimlarining modellari.
Bugun Ona sayyoramizda har soniyada ikki kishi o‘zining oltmish yoshga to‘lganini nishonlamoqda. Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) ma’lumotlariga ko‘ra, asrimiz o‘rtalariga borib Erda 100 yoshdan oshganlar soni 3,2 million kishiga etar ekan. Vaholanki, ular 2014 yilda 300 ming kishidan oshmayotgan edi. Agar 1950 yillarda insonning o‘rtacha umr ko‘rishi 47 yil atrofida bo‘lgan bo‘lsa, 2010 yilda bu raqam 69 yoshga etdi. 2050 yilda bu ko‘rsatkich 76 yoshni, 2100 yilda 85 yoshni tashkil etishi kutilmoqda.
Dunyoda sog‘liqni saqlash sifati yaxshilangani, tibbiyotning jadal taraqqiy etayotgani, sanitar nazoratning takomillashayotgani, ta’limdan foydalanishning kengayayotgani, iqtisodiy farovonlik bois keksalar ulushi borgan sari ko‘paymoqda. Uzoq umr ko‘rish – insoniyat taraqqiyotining eng katta muvaffaqiyatlaridan biridir.
So‘nggi yillarda dunyoning ko‘plab mamlakatlarida pensiya tizimidagi islohotlar, eng avvalo, demografik omillar, jumladan, aholi soni, aholining yosh jihatdan tarkibiy tuzilishi, demografik va pensiya yuki koeffitsientlari, tug‘ilish va o‘lim darajasi, pensionerlar soni, aholining o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligi, shuningdek, mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy holatidan kelib chiqib, amalga oshirilmoqda.
Shu bilan birga, mamlakat yalpi ichki mahsuloti hajmi, tarkibi va o‘sish sur’atlari, inflyatsiya darajasi, pensiya risklari, ish haqi darajasi, sug‘urta badallari stavkasi, pensiyaning o‘rtacha miqdori, qoplash koeffitsienti, mehnat bozoridagi vaziyat, ish bilan bandlik, mehnat faoliyati davri, mehnatga layoqatli va mehnatga layoqatsiz aholining turmush darajasi, pensiyaga chiqish shartlarining normativ talablari, pensiya sxemalari va pensiya dasturlari, pensiya tizimining o‘ziga xos tarixiy tashkiliy tuzilmasi kabi omillar ham pensiya tizimini isloh qilishda muhim o‘rin tutadi.
Jahon mamlakatlarida pensiya ta’minotini isloh qilishdagi eng muhim ko‘rsatkichlardan biri pensiya yoshi hisoblanadi. O‘tkazilgan tahlillar shuni ko‘rsatadiki, dunyoda o‘rtacha pensiya yoshi erkaklar va ayollar uchun 62 yoshni, O‘zbekistonda esa bu ko‘rsatkich 57,5 yosh (ayollar 55 yosh, erkaklar 60 yosh)ni tashkil etadi.
Fuqarolarning pensiyaga chiqish yoshi AQShda o‘rtacha 67 yoshni tashkil qilsa, bu ko‘rsatkich Rossiya Federatsiyasida 57,5 yoshga teng.
O‘zbekistonda pensiyaga chiqish yoshi AQShga nisbatan 9,5 yilga, Yaponiya va Buyuk Britaniyaga nisbatan 7,5 yilga, Frantsiya, Litva va Polshaga nisbatan 5 yilga, Ozarbayjonga nisbatan 4 yilga va Qozog‘istonga nisbatan 3 yilga pastroqdir. Ta’kidlash joizki, pensiyaga chiqish yoshini belgilashda fuqarolarning o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligi eng muhim omil hisoblanadi.
O‘zbekistonda o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligi 74,6 yilni tashkil qilib, bu ko‘rsatkich bo‘yicha Rossiya Federatsiyasi, Belorus, Qozog‘iston, Ozarbayjon va Litvani ortda qoldiradi. Bunday holat, o‘z navbatida, O‘zbekistonda pensiyaga chiqish yoshini bosqichma-bosqich oshirib borish zarurligini anglatadi.
Dunyoning ko‘plab davlatlarida, shu jumladan, Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi mamlakatlarida pensiya olish uchun talab etilgan eng kam ish staji 10-15 yil darajasiga etkazilgan.
Rasm ma’lumotlardan ko‘rinadiki, Polsha, Frantsiya, Buyuk Britaniya, Yaponiya, Litva, Estoniya kabi mamlakatlarda pensiya olish uchun talab etiladigan eng kam ish staji 15 yil va undan ortiq muddatni tashkil qiladi. Bu esa Xalqaro Mehnat Tashkilotining tavsiyalariga mos keladi.


Download 2,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish